|
Tuproqlarni zararsizlantirish
|
bet | 159/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaTuproqlarni zararsizlantirish. Organik o‘g‘itlar va g‘ovaklashtiruvchi materiallar tuproq yuzasiga bir xil qalinlikda sochiladi. Keyin mineral o‘g‘itlar ham shundek solinadi, ularni berish miqdori, tuproq dezinfeksiya qilinganidan so‘ng o‘tkazilgan kimyoviy taxlil natijalariga muvofiq belgilanadi.
O‘zbekiston issiqxonalarida yer ustidan isitiladigan registrlar odatda devorga qotiriladi. Shuning uchun tuproqgrunt frezerlanganidan so‘ng egatlar olinadi. Ular sarrov (konki) yo‘nalishi bo‘yicha olinishi kerak.
Urug‘larni zararsizlantirish va ekishga tayyorlash. Qishki issiqxonalarda tayyorgarlik ishlari bag‘azlarni (shpalerani) o‘simliklarni ekish sxemasiga mo‘ljallab surish, yetishtiriladigan o‘simlik turiga ko‘ra tuproq haroratini 16-20ºS va havonikini esa -18-22ºS gacha qizdirish; egatlar yoki chuqurchalar o‘rnini yengil markeri bilan qo‘lda belgilash; tuproqgrunt yuza qismini kimyoviy preparatlar bilan ishlash; ekishga 1-2 kun qolganda tuproq namligini 80-85% NV ga yetkazish uchun har m2 ga 10-20 l suv quyish bilan tugallanadi.
O‘zbekiston issiqxonalarida sabzavotlarni yetishtirish iyun oxirida yakunlanadi. Barcha tayyorgarlik ishlari avgust boshigacha, issiqxonalarga urug‘larni va sabzavot ekinlarini yangi aylanish davriga ekishgacha tugatilishi kerak. Issiqxonalarni foydalanishga tushirishdan oldin ularga organik va mineral o‘g‘itlar solinadi, yerlar 25-28 sm chuqurlikda xaydaladi yoki qayta chopiladi, shundan so‘ng tekislanadi va egatlar olinadi.
18.2-amaliy mashg‘ulot
Issiqxonalarda bodringning keng tarqalgan nav va duragaylari bilan tanishish hamda nav belgilarini o’rganish
Nav va duragaylarga talablar. Issiqxona va ochiq yerlarda bodring yetishtirish texnologiyasi va sharoitlari bir-biridan sezilarli farqlanadi. Bu muayan sharoit va talablarga javob beradigan yaroqli nav va duragaylardan foydalani zaruriyatini beradi. Shuning uchun bodring ochiq va Issiqxona yerlarda yetishtiriladigan nav va duragaylarga bo‘linadi.
Issiqxona yerlar uchun bodring navlari sim bag‘azlarda (shpaler) o‘stirishga, yuqori havo namligi, kunduzi va tungi haroratlarni keskin o‘zgarishiga, sust yorug‘liklarga moslashgan, bilan hosildorlikka va uzoq muddat hosil berishga ega. Bo‘g‘imda ular bir nechta mevalar tugadi. Bunday nav va duragaylar, odatda salatbop yoki achchiq maza xususiyatdari bo‘lmagan, yangligicha iste’mol qilishga mo‘lljallangandir.
|
| |