|
ISSIQXONA UChUN POMIDOR NAVLARI
|
bet | 155/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaISSIQXONA UChUN POMIDOR NAVLARI
|
|
58-rasm. TURON
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 122-125 kun. Asosiy poyasining uzunligi 2,5-3,0 m, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha, bargi oddiy, to‘q yashil, o‘rtacha burmali. Birinchi to‘pguli 8-9 bug‘inlarda joylashgan. Mevasi yassi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qizil, vazni 100-120 g, meva asosi kichik chuqurchali, degustatsion bahosi 4,9 ball, urug‘xonasi 4-5 ta. Tarkibida quruq modda mikdori 4,8%. Hosildorligi 13-15 kg/m2.
|
59-rasm. SUBXIDAM
Ertapishar nav, o‘suv davri 100-105 kun. Asosiy poyasining balandligi 0,8-1,0 m. Mevasi dumaloqsimon, yuzasi tekis, vazni 100-120 g. Hosildorligi 8-10 kg/m2. Kuzgi-qishki, qishki-bahorgi ekish masumida oynavand, isitiladigan hamda isitilmay-digan plenkali issiqxonalarda va ochiq maydonda plyonka ostida yetishtirishga yaroqli.
|
|
|
60-rasm. SAYXO‘N G‘1
Erta-o‘rtapishar duragay, o‘suv davri 120-125 kun. Tupi indeterminant tipida, asosiy poya uzunligi 1,8-2,0 m, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha. Mevasi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qizil, vazni 110-130 g, degustatsion bahosi 4,4 ball. Tarkibida quruq modda miqdori 6,4%. Hosildorligi 15- 18 kg/m2. Oynavand va plyonkali issiqxonalarda qishki va bahorgi mavsumda ekishga yaroqli. Kasallik va zararkunandalarga chidamli.
|
61-rasm. GULQAND
Erta-o‘rtapishar nav, o‘suv davri 128-132 kun. Asosiy poyasining uzunligi 1,5-2,0 m, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha, bargi oddiy, yirik, rangi och yashil. Mevasi yumaloq, yuzasi silliq, rangi qizil, ypyg‘ miqdori kam. Meva vazni 120- 150 g, degustatsion bahosi 4,5 ball. Tarkibida quruq modda miqdori 4,4%. Hosildorligi 8-10 kg/m2. Kuzgi-qishki va qishki-bahorgi mavsumda ekishga yaroqli.
|
|
|
62-rasm. BAHOR G‘1
O‘rtapishar duragay, o‘suv davri 122-125 kun. Tupi indeterminant tipida, bargi oddiy o‘rtacha, to‘q yashil. Gulshodasi 6-8 ta meva hosil etadi. Mevasi yumaloqsimon, yuzasi tekis, vazni 110-125 g. Hosildorligi 15-17 kg/m2. Tamaki mozaikasi virusi, qo‘ng‘ir dog‘lanish hamda mevaning yuqoridan chirish kasalliklariga chidamli.
|
63-rasm. AVE-MARIYa
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 120-122 kun. Asosiy poyasining uzunligi 2,5-3,0 m, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha. Bargi oddiy, to‘q yashil, o‘rtacha burmali. Birinchi to‘pguli 8-9 bug‘inlarda joylashgan. Mevasi yassi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qizil, vazni 100-120 g, meva asosi kichik chuqurchali, degustatsion bahosi 4,9 ball, urug‘xonasi 4-5 ta. Tarkibida quruq, modda miqdori 4,8%. Hosildorligi 12-15 kg/m2.
|
|
|
64-rasm. ASTONA F1
– ochiq va himoyalangan yerlarning barcha mavsumlari uchun indeterminant ertapishar duragay. Mevalari uzoq muddat saqlanishga yaroq-li, yassidumaloq shakli, bir xil, ichki va tashqi rangi chiroyli, yorilishga chidamli, vazni 170-190 g, O‘simligi baland bo‘yli, baquvvat, orasidan havo yaxshi o‘tadi, yuqori hosilli. Past haroratga chidamli, sovuq sharoitda mevalarini yaxshi tugadi
|
65-rasm. VIDETTA F1
– niderlandiyannig «Yenza Zaden» firmasi yaratgan, O‘zbekistonda 2005 yildan tumanlashtir-ilgan. Uzo‘n bo‘g‘inli issiq sharoitga a’lo darajada moslashadigan ochiq baquvvat o‘simlik. Mevalari juda tig‘iz, yassi-dumaloq shaklda, o‘rtacha vazni 180-200 g, to‘q qizil. Pomidor bronza dog‘lan-ishi virusiga (TSWV) chidamligi bilan ajralib turadi
|
|
|
66-rasm. ShARLOTTA FA-1402 F1
isroilning «Xazera» firmasi yaratgan, O‘zbekiston-da 2005 yildan tumanlashtirilgan. O‘suv davri 120 kun. O‘simligi o‘rtacha baquv-vat. Mevalari dumaloq tekis, qattiq, ravshan qizil rangli, vazni 160-220 g, mazali, yangiligicha iste’mol qilishga mo‘ljallangan. Yuqori hosilli, uzoq masofaga olib borishga yaroqli, kasalliklar va yuqori haroratga chidamli
|
67-rasm. ABIGAL FA-870 F1
isroilning «Xazera» firmasi yaratgan, 2005 yildan boshlab O‘zbekiston-da tumanlash-tirilgan. Duragayning o‘suv davri 115-120 kun. O‘simliklari baquvvatligi o‘rtacha. Mevalari tekis dumaloq, zich, qipqizil rangli, o‘rta-cha vazni 160-220 g, ta’mi yaxshi, yangiligicha iste’mol qilishga mo‘ljallangan. Yuqori hosilli, uzoq masofaga tashishga yaroqli, kasalliklar va yuqori haroratga chidamli
|
35- jadval
|
|
| |