|
O‘zbekiston issiqxonalarida yetishtirish uchun tavsiya etilgan nav va duragaylar
|
bet | 154/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaO‘zbekiston issiqxonalarida yetishtirish uchun tavsiya etilgan nav va duragaylar. Respublika sharoitida davlat nav sinashidan o‘tgan va rayonlashtirilgan nav va duragaylardan foydalanish ishonchlidir.
«O‘zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reestriga» 2012 yil himoyalangan yerlarda o‘stirish uchun 102 nav namo‘nalari kiritilgan, shu jumladan vatanimizning 4 navi (Subxidam, Gulqand, Ava-Mariya, Turon), 2 ta vatanimiz duragayi (Sayxo‘n va Baxor) va 96 chet el duragaylari kiritilgan. Chet el duragaylaridan davlat reestriga – rossiyaning Gamayun, yaponiyaning Shestla, germaniyaning Ivonna va Aysha, ispaniyaning Kalibso RW, Norma va SF-903, shuningdek, isroilni – 17, fransiyani – 18 va niderlandiyani – 54 nav namo‘nalari kiritilgan.
Mahalliy Gulqand 1990, mahalliy Ava-Mariya va rossiyaning Gamayun dura-gayi – 1995, mahalliy navlar Subxidam – 2000 va Turon – 2010 yildan hamda mahalliy duragaylar Sayxo‘n va Baxor – 2006 va 2012 yillardan boshlab tuman-lashtirilgan. Chet elllarning duragaylari 2002 yildan reestrga kiritila bosh-landi.
Vatanimiz seleksiyasi nav va duragaylari quyidagi xo‘jalik hamda biologik belgilari bilan tavsiflanadilar.
Pomidor yuqori tuproq namligiga talab qiladi, ayniqsa jadal mevalar shakllanayotgan davrda (80-95%). Tuproq namligi 75% dan pasayib ketmasligi kerak. Bunda havoning nisbiy namligi 60% dan oshirmay saqlanadi. Uning uchun maqbul havoning nisbiy namligi 45-60% ni tashqil qilishi kerak. Shu boisdan uni bodring bilan birga bir issiqxonada etishtirib bo‘lmaydi.
|
| |