|
Sovuqbardosh ekinlarni yetishtirish texnologiyasi
|
bet | 152/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaSovuqbardosh ekinlarni yetishtirish texnologiyasi
Gulkaram. Plyonkali tonnellarda yuzaga keladigan o‘ziga xos mikroiqlim sharoiti yetishtiriladigan navlarga ma’lum talablarni qo‘yadi: haroratni keskin o‘zgaruvchanligiga va past haroratga, yuqori namlik va kasalliklarga chidamli, tezpishar va boshlang‘ich davrda qiyg‘os hosil beradigan; yuqori hosil va karamboshlarni sifati yaxshi bo‘lishi kerak.
ToshDAU izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, plyonkali tonnellar ostida yetishtirishda gollandiyaning Gudman F1 va yaponiyaning Kashmer F1 tezpishar duragaylari boshqalarga nisbatan yaxshi natija berar ekan.
Plyonkali tonnellarda gulkaramni yetishtirishda ko‘chatini sifati va yoshiga alohida e’tibor beriladi.
Gulkaram ko‘chati odatda tuproqqa pikirovka qilib yoki 6×6×6 sm, yoki 4,5×4,5×4,5 sm o‘lchamli 40% chirindi, 40% chim tuproq va g‘ovaklashtiruvchi mater-iallardan tayyorlangan oziqali kubik va tuvakchalarda yetishtiriladi. 1 m2 yuzaga 10-12 g urug‘ 1 sm chuqurlikka ekilib 2000-2500 dona maysa olinadi, ular unib chiqqanidan 12-15 kun o‘tgach pikirovka qilinadi. Ko‘chat pikirovkasiz usulda yetishtirilsa, 1 m2 ga 3 g urug‘ sepiladi.
Gulkaram plyonkali tonnellar ostida kichik maydonlarda yetishtiriladi. Shuning uchun uning ko‘chatlari ko‘zda tayyorlab qo‘yilgan egatlarga qo‘lda eqiladi. Erta muddatda ko‘chat ekishda tuproq namligi odatda yuqori bo‘ladi, shuning uchun ekish oldidan va ko‘chat o‘tkazilgandan keyin sug‘orishlarga zaruriyat bo‘lmaydi.
Egatlar 70 sm oraliqda ko‘zda olib qo‘yiladi. Ko‘chatlar qo‘shqatorli lentasimon usulda 90+50 sm shaklda eqiladi, buning uchun har egatning ichki yon tomonida chuqurligi 12 sm va diametri 8-10 sm li chuqurchalar kavlanadi. Bo‘lajak bir lentaning ikki qatori bir-biridan 50 sm oraliqda joylashadi. Lentalar orasidagi masofa (qo‘shni lentalar orasidagi qatorlar) – 90 sm bo‘ladi.
Mart oxiri – aprel boshlarida turg‘o‘n iliq ob-havo o‘rnatilishi bilan gulkaram ustidan tonnellar to‘liq ular olinib, issiqsevar ekinlar eqilgan egatlar ko‘chirib qo‘yiladi, 5-7 kundan so‘ng esa ikkinchi marta kompleks ishlov beriladi. Birinchi ishlovdan uni farqi, barcha qator oralarga mexanizatsiya yordamida ishlov va oziqa beriladi, so‘ngra bir yo‘lla traktorli okuchnik bilan egatlar olinadi. Oziqlantirilganidan so‘ng lentaning har ikki egati bo‘ylab sug‘oriladi.
Ko‘chatlarni tuvakchasiz yetishtirish va ekish eng erta mahsulot olishga kafolat bermaydi va iqtisodiy jihatdan ham kam samarali. 60-65 kunlik ko‘chatlar eng yaxshi hisoblanadi. Ekish muddati va usullari gulkaramnikiga o‘xshash.
Ko‘chat sm shaklda, qo‘shqatorli lentasimon usulda ekilib, gektarga 50 ming tup o‘simlik joylashtiriladi. Ko‘chatni ekishda uni tutib ketishini yaxshilashga e’tibor berish zarur. Ko‘chat eqilganidan so‘ng, gulkaramni yetishtirishdagi kabi plyonkali tonnellar o‘rnatiladi, ya’ni bir tonnel bir lentaning ikki qatori ustiga o‘rnatiladi.
Havo namligini ko‘tarish, tuproqni qizishini tezlatish va ko‘chatlarni yaxshi tutib olishini ta’minlash uchun tonnel o‘rnatilganidan so‘ng birinchi 3-4 kun mobaynida ular shamollatilmay yopiq holda saqlanadi. Shundan so‘ng oftobli kunlarda ko‘chatlarni qizib ketishidan saqlash uchun shamollatish boshlanadi. Shamollatish jadalligi quyosh radiatsiyasiga bog‘liqdir.
Keyinchalik, lentaning tor oraliqli egatlariga ishlov berilmaydi, Chunki bu yerda o‘simliklar bir-biriga tutashib ketadi. Keng qatorli oraliqlarga qo‘shimcha 1-2 marta ishlov beriladi, so‘ng esa faqat sug‘orishlar o‘tkaziladi. Karamboshning yetilishiga ko‘ra hosili 3-4 marta teriladi. Karamboshlarni birinchi terimi may oyini birinichi kunlari o‘tkaziladi.
Oqbosh karam kuzgi ekin sifatida yetishtirilganda, uni ko‘chati, eqiladigan maydon yaqinida joylashtirilgan ochiq ko‘chatxonada yetishtiriladi.
|
| |