|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
| bet | 151/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaHavo va tuproq namligi. Plyonkali qurilmalarda o‘ziga xos havoning nis-biy namligi yuzaga keladi. Polimer plyonka materiallarining yuqori germetik-ligi (zichligi) hisobiga havoning nisbiy namligi plyonkali qurilmalarda ochiq maydondagiga nisbatan 10-30%, oynavand inshootlardagiga nisbatan esa yana ham yuqori bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda u 100% ga yetadi, kunduz kunlari esa 45-60% gacha tushadi.
Toshkent DAU izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston sharoitida fevral-mart oylarida havoning nisbiy namligi ochiq yerdagiga nisbatan 14-24% ga yuqori bo‘lar ekan.
Sabzavotkorlar, kichik hajmli plyonkali qurilmalarda sabzavot yetishtir-ayotganlarida havoning ortiqcha nisbiy namligini kamaytirish bilan band bo‘ladilar. Havoning nisbiy namligini kamaytirishning asosiy vositasi shamollatishdir. Shamollatishning davomiyligi quyosh radiatsiyasining jadalligiga ko‘ra aniqlanadi. Issiq kunlarda plyonkani ko‘proq ochib shamollatiladi. Havo salqin kunlarda, harorat sharoitlari shamollatishni talab qilmaganda, plyonkali qurilmalarni faqat nisbiy namligini kamaytirish uchun shamollatish kerak emas.
Plyonkali tonnellar ostida hosil berish davrini uzayishi va o‘simliklarni qalinroq joylashtirish tufayli hosldorlik, ochiq daladagidan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun bu yerlarda organik va mineral o‘g‘itlar ko‘proq me’yorda qo‘llanila-di. Kuzgi shudgorlash qilinishidan oldin gektariga 25-30 t chirigan go‘ng yoki chirindi, 700-800 kg superfosfat yoki 250-300 kg ammofos, 450 kg gacha ammoniy sulfat va 120-150 kg kaliy tuzi yoki kaliy xlor solish zarurdir.
Arkasimon plyonkali tonnellarni yorug‘lik bilan yaxshi ta’minlash uchun ular-ni shimoldan janubga yo‘naltirgan holda joylashtirish, tonnellarni daraxtlar bilan soyalanishiga, o‘simliklarni me’yoridan ortiq zichlantir-maslikka yo‘l qo‘y-maslik va o‘simliklar qo‘shni qatordagiga nisbatan shaxmat tartibida joylash-tirilishi kerak.
Ikki qabatli yopqichlarni qo‘llab hisobiga issiqlik yo‘qolishini kamay-tirish mumkin. Qattiq sovuq davrlarda va sovuq boshlanishi davrida plyonkali tonnellar ustiga qo‘shimcha ikkinchi qavat plyonka yoki biron-bir nur o‘tkazmaydi-gan materiallar: chipta bordon, qalin qog‘oz, qalin material yoki boshqalarni yopish mumkin.
|
| |