|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 147/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaPoliz ekinlari. Vaqtinchali plyonkali tonnellar ostida poliz ekinlarini yetishtirish jahon polizchiligida keng miqiyosda tarqalmoqda. Poliz ekinlarini tonnel ostida yetishtirish uchun yer tanlash, asosiy va ekish oldidan tuproqqa ishlov berish xuddi pomidor va bodring uchun tayyorlashga o‘xshashdir.
57-расм. Плёнкали тоннеллар остига қўшқаторли лентасимон усулда экилган
полиз экинлари
Odatda plyonkali tonnellar ostida kalta palakli tezpishar navlar yetishtiriladi. Shu sababli tonnellarni qurishda plyonkani iqtisod qilish maqsadida, o‘sim-liklarni qo‘shqatorli lentasimon shaklda joylashtirish maqbulroq-dir, bu lentadagi ikki qatorni bir chodir plyonka bilan yopish imkoni-ni beradi (72-rasm).
Qovo‘n o‘simliklarini sm sxemada, lentadagi qatorlar orasidagi masofa 70 sm, lentalar orasini 210 sm va qatordagi o‘simliklar orasini 50 sm qilib joylashtiradilar. Tarvuz o‘simliklarini sm sxemada joylashtiriladi, bunda qatorlar orasidagi masofa 90 sm, lentalar orasi 270 sm va qatordagi o‘simliklar orasi 60 sm qilib olinadi.
Plyonkali tonnellar ostiga poliz ekinlari ko‘chatini yuqoridagi sxemada joylashtirish uchun dala markerlanadi. Avval, bo‘lajak sug‘orish egatlariga nis-batan qo‘ltivator yordamida qovo‘n uchun har 50 sm va tarvuz uchun esa 60 sm keng-likda perpendiqo‘lyar yo‘lkalar olinadi. So‘ng ariq ochgich yordamida chuqurligi 18-20 sm li, qovo‘n uchun har 280 sm, tarvuz uchun esa 360 sm masofada sug‘orish egat-lari olinadi.
1 gektarda poliz ekinlari yetishtirish uchun tonnel qurishga 800-1000 kg plyonka, 1200-1300 kg po‘lat sim, 120-150 dona qoziq va 20-30 kg kanop sarflanadi.
15.2-amaliy mashg‘ulot
Issiqxona sharoitiga mos achchiq qalampir nav va duragaylari bilan tanishish. Nav va duragaylarning taxlili.
Achchiq qalampirni nav belgilarini o‘zlashtirish, issiqxonalarda o‘stiriladigan navlarni ta’rifini berish va ularni aniqlashni o‘rganish. Achchiq qalampir navlari ta’m sifatlariga ko‘ra achchiqn xillarga bo‘linadi. Achchiq navlar yaxshiroq o‘sgan, yo‘g‘on poyali tupdan iborat, mevalari tupda ko‘pincha pastga yo‘nalgan, barglari tuxumsimon, yirik, kosacha barglari meva asosini o‘rab turmaydi, mevasi navlarga xos yumaloq, uzunchoq shakl.
Achchiq qalampir o‘zininng tabiatiga ko‘ra ko‘p yillik o‘simlik, lekin madaniy ekin sifatida uni bir yillik ekin sifatida yetishtiriladi.
Qalampirni vatani – janubiy tropik Amerika, shuning uchun u issiqlikga, yorug‘likga va namlikga yuqori talabchang ekindir. Pomidor va baqlajonga nisbatan issiqlikka talabchan va bodringga nisbatan esa kamroq talabchan.
O‘simliklarni o‘sishi uchun – 20-25ºS, urug‘ unib chiqishi uchun – 15-18ºS eng qulay harorat hisoblanadi. Urug‘lari 13ºS dan past haroratda unib chiqmaydi, o‘simliklar esa o‘sishdan to‘xtaydi. Harorat 0,3-0,5ºS da bo‘lganda o‘simlik halok bo‘ladi.
Qalampir maysalanishda o‘suv davri oxrigacha, ayniqsa, rivojlanish davrini boshlarida jadal yorug‘likka talabchan. Qalampir uchun eng yuqori yorug‘lik 20 ming lk, eng kam yorug‘lik esa 8-10 ming lk. Yorug‘lik 4-5 ming lk bo‘lganda qalampir o‘smaydi. Ko‘chat yetishtirish davridagi yorug‘likni yetishmasligi uning sifatiga, keyinchalik esa o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qalampir 14 soatli yorug‘lik kunida yaxshi o‘sib rivojlanadi.
Issiqxonachilar issiqxonalarda achchiq qalampirni ham yetishtiradilar. Buning uchun Janubiy Koreya navlaridan foydalaniladi. Bu navlar ancha past bo‘yli va ular kichikroq oziqlanish maydonida 6015-20 sm yetishtiriladi.
Achchiq qalampir. Bu ekin ildiz tizimi ko‘chirib o‘tkazilishga moyil emas. Shuning uchun ularning ko‘chatlarinii oziq kubiklarda urug‘ini bevosita unga ekib yetishtirish ma’qul. Ammo o‘stirishning boshqa usullari ham qo‘llaniladi.
Achchiq qalampir ko‘chatlari yanvar-fevral oylarida ekiladi. Urug‘larning sust unishini nazarda tutib Achchiq qalampir urug‘lari ommaviy ekish muddatlarga rejalashtirilgan pomidor urug‘laridan bir xafta oldin ekiladi. Urug‘ning ko‘chat bo‘lgunicha 50-60 kun o‘tadi. 1 ga ochiq yerga ko‘chat olish uchun 800-1000 g shirin va achchiq qalampir urug‘ talab qilinadi. Pikirovka qilib yetishtirishda urug‘ni ekish me’yori achchiq qalampir-6-25 g.
Ko‘chat pikirovkasiz o‘stirilganda urug‘ qatorlab ekiladi, ularni oralari 6-10 sm bo‘ladi. Qatordagi masofa 1 m2 joyga 500 dona qalampir va 350 dona achchiq qalampir ko‘chati ketadigan qilib ekiladi. Pikirovkali ko‘chatlar yetishtiriladigan bo‘linsa achchiq qalampir uchun 55 sm, achchiq qalampir ko‘chatlari uchun harorat pomidorga qaraganda biroz yuqoriroq (2-3°S ga) bo‘lishligini talab qiladi. Havoning nisbiy namligi 60-75%. Ko‘chatlarni chiniqtirish davrida harorat tashqaridagiga yaqin bo‘lishi kerak.
Achchiq qalampir ko‘chatlari pomidorga qaraganda namga talabchanroq, ammo uni ortib ketishini ham yoqtirmaydi. Nihollar paydo bo‘lishidan to chiniqtirishgacha sug‘orish oldi namlikni 65-70% NV da saqlash kerak. Hammasi bo‘lib 5-6 marta sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori 12-13 l/m2. Chiniqtirish va ko‘chatni tanlab olishdan oldin ko‘chat yana bir marta sug‘orilib, namlik har bir sug‘orishda to‘liq dala nam sigimigacha yetkaziladi. O‘simliklarning noqulay sharoitlarga chidamliligini oshirish uchun sug‘orish suvlariga (10 g suvga 2-3 g) kaliy qo‘shiladi.
Ko‘chirib o‘tkazishga tayyor achchiq qalampir ko‘chatining balandligi 18-20 sm, 8-9 barg, yer ustki qismini vazni 6-7 g, ildiz vazni 0,6-1 g.
Kubiklarni tayyorlashda oziq aralashmasi organik qismining tarkibi boshqa sabzavot ekinlari ko‘chatlarini yetishtirishga o‘xshaydi. Mineral o‘g‘itlar aralashmaga quyidagi miqdorda qo‘shiladi (1m3 aralashmaga, kg): ammiakli selitra – 0,5-1,3, superfosfat – 1-6 va kaliy sulfat – 0,5-1,5. Oziq kubiklarining kattaligi 666 yoki 888 sm. Undirilgan urug‘lar tegishli tayyorgarlikdan so‘ng 1-2 tadan kubiklarga ekiladi.
Zaif rivojlangan ko‘chat to‘liq mineral o‘g‘itlar bilan 2-3 marta oziqlantiriladi. Qo‘shimcha oziqlantirishda foydalaniladigan oziq eritmasining aralashmasi 0,5% dan oshmasligi kerak. 1 m2 joyga mineral o‘g‘itlar quyidagi hisobda: 10 g ammiakli selitra, 30 g superfosfat va 10-15 g kaliy xloridni 10 l suvda eritib beriladi. So‘nggi marta oziqlantirish ekishga 5-6 kun qolganda o‘tkaziladi. Har bir oziqlantirishdan so‘ng o‘simlik toza suv bilan sug‘oriladi.
Agarda achchiq qalampir ko‘chati ochiq yerga ekishga tayyorlansa, uni ekishdan 5-7 kun oldin chiniqtirish boshlanadi. Plyonka ostiga ko‘chat 3-4 barg chiqargan bosqichda, ochiq yerga esa 2-3 barg chiqarganda ekiladi.
|
| |