Himoyalangan yerlarda asosiy sabzavotlarni yetishtirish texnologik xaritasinining agratexnik qismini to‘zish




Download 16,04 Mb.
bet144/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Himoyalangan yerlarda asosiy sabzavotlarni yetishtirish texnologik xaritasinining agratexnik qismini to‘zish.


Mahsulotni yetishtirish va hosilni yig‘ishtirish texnologik xaritasini tuzishda, avval buyurtma asosida ekinni yetishtirishni boshlash va tugatish muddatlari, issiqxona turi, ekinlarni aylanishidagi o‘rni va ko‘chat yetishtirish uchun urug‘ni ekish muddati aniqlanadi. Shuningdek tuproq aralashmasi va uning tarkibiga kiradigan komponentlar hamda o‘nga talab ham aniqlanadi.
Mahsulot olish uchun ekinni yetishtirish va hosilni yig‘ishtirish texnologik xaritasi agrotexnik va iqtisodiy qismlardan iborat bo‘ladi.
Agrotexnik qismida bajariladigan ish turlari, ularni bajarilish muddatlari, agregat turlari (tortish kuchi, qishloq xo‘jalik mashinalari, mexanizm va boshqa jihozlari, ishchilar soni va agregatga xizmat qiladigan xizmatchilar soni) aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Texnologik xaritaning iqtisodiy bo‘limida bir kunda qo‘lda va mexanizmlar yordamida bajaradigan ish me’yori, har bir ish turini bajarishga talab etiladigan ishchilar soni, haq to‘lash tariflari, har bir ishni bajarish va materiallar sotib olishga sarflanadigan xarajatlar ko‘rsatiladi.
O‘quvchilar texnologik xaritaning faqat agrotexnik qismini tuzadilar. Ular tomonidan o‘simlik biologiyasi va uni yetishtirish texnologiyasini yaxshiroq o‘zlashtirilishi uchun xaritaning agrotexnika qismini «Bajarlgan ishlarning sifatli ko‘rsatkichlari» va «Materiallarga talab» usutnlari kiritilib to‘ldiriladi.
Texnologik xaritaning agrotexnika qismi barcha texnologik jarayonlarni, inshootni va foydalanishga tayyorlashdan boshlab o‘simlik qoldiqlarini yig‘ishtirib tashlashgacha bajariladigan barcha ishlarni o‘z ichiga olshi kerak. Unda quyidagi asosiy masalalar: issiqxonani foydalanishga tayyorlash; ekin ekilgo‘ncha bajariladigan profilaktik ishlar; tuproqni tayyorlash, uni tarkibi va aralashmalar nisbati; yetishtirladigan nav yoki duragay nomi; ko‘chat yetishtiriladigan joy, muddati va tayyorlash usullari; domiy joyga ko‘chatni ekish texnikasi; o‘simlikni joylashtirish va o‘nga hamda urug‘ga talab; shakl berish uslubi va tik bag‘azga bog‘lash; ekin o‘stirilayotganda, mo‘ntazam saqlanib turiladigan mikroiqlim; oziqlantirish tarkibi, o‘g‘itlar, zaharli moddalarni berish texnikasi va ularga talab; sug‘orish tartiboti va uni o‘tkazish texnikasi; hosilni yig‘ish va o‘nga birlamchi ishlov berish va o‘simlikni yig‘ishtirish chora-tadbirlari o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak.
Texnologik xaritaning agrotexnik qismida bajariladigan ishlarning barcha turlari, shu jumladan qo‘shimcha va tayyorgarlik ishlari kiritilishi kerak. Masalan, ko‘chat ekish uchun yerga marker yordamida belgi qo‘yish, jo‘yak olish va chuqur tayyorlash, ko‘chatni olib kelish, chuqurchaga tashlash va ekish. Unda ishni bajarish qulay muddati, ishni bajarishda qurol va vositalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi, bajariladigan ishlarga agrotexnik talablar, materialga talablar ko‘rsatiladi.
Ishni bajarish tartibi. O‘quvuchilar topshiriq vazifasini 2-3 kishilik zvenolarga bo‘linib bajariladilar. Har bir o‘quvchi ish daftariga yozishlarni mustaqil olib boradi. Har bir zveno pomidorni yetishtirish va hosilini yig‘ishtirish bo‘yicha texnologik xaritaning agrotexnik qismini tuzish uchun o‘qituvchidan issiqxona turining nomi va aylanishi (mavsumi) bo‘yicha topshiriq oladi.
Topshiriq, 1 ga maydonda pomidor yetishtirish va hosilni yig‘ishtirish bo‘yicha texnologik xaritaning agrotexnik qismini tuzish yo‘li bilan quyidagi shaklga muvofiq bajariladi (41-jadval).

Download 16,04 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Himoyalangan yerlarda asosiy sabzavotlarni yetishtirish texnologik xaritasinining agratexnik qismini to‘zish

Download 16,04 Mb.