Topshiriqni bajarish tartibi. O‘quvchilar yangi uzilgan yoki gerbariy qilingan o‘simliklardan, yangi yoki konservalangan mevalardan, shuningdek ularni mulyajlaridan foydalanib qalampirni morfologik belgilari bilan tanishadilar va 4-5 navlarni ta’riflaydilar.
Topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar 3-4 kishidan iborat zvenolarga bo‘linadilar. Navlarni ta’riflash laboratoriya topshirig‘iga berilgan uslubiy ko‘rsatmalarda bayon etilgan va 1-jadvalda ko‘zda tutilgan ketma-ketlikda olib boriladi.
Ta’riflash shaklidagi bo‘sh ustunlarda ta’riflanadigan navlar ko‘rsatiladi. Har bir navni tagidan ko‘rsatilgan navning nav belgilari tavsifi yoziladi. To‘ldirilgan, ta’riflab to‘ldirilgan shakl topshiriqni bajarilganligi haqidagi hisobot bo‘lib xizmat qiladi.
Tupning bo‘yi ildiz bo‘g‘zidan to poyaning uchigacha o‘lchanadi va sm da ifodalanadi. Barglarning katta-kichikligini asosidan uchigacha o‘lchanib topiladi. Jadvalda sonli ko‘rsatkichlar va katta-kichikligi bo‘yicha guruhlanishlar: mayda, o‘rtacha, yirik, juda yirik deb ko‘rsatiladi.
Barglarini rangi mevalarni texnik va uruhlik bo‘lib yetilganligidagi ranglari ko‘z bilan chamalab aniqlanadi.
1-jadval. Qalampir navlarini ta’riflash shakli.
№
|
Nav belgilari
|
Navlar
|
|
|
|
1.
|
Tupni balandligi, sm
|
|
|
|
2.
|
Bargi:
|
|
|
|
|
katta-kichikligi, sm
|
|
|
|
|
rangi
|
|
|
|
3.
|
Mevasi:
|
|
|
|
|
tupdagi xolati
|
|
|
|
|
shakli
|
|
|
|
|
katta-kichikligi, sm
|
|
|
|
|
egilganligi
|
|
|
|
|
qobirg‘aligi
|
|
|
|
|
uchining shakli
|
|
|
|
|
meva bandining botiqligi
|
|
|
|
|
texnik yetilgan mevaning rangi
|
|
|
|
|
urug‘lik mevaning rangi
|
|
|
|
|
etining qalinligi, mm
|
|
|
|
4.
|
O‘suv davri, kun
|
|
|
|
Tupda mevani xolati, ularni shakli, egilganligi, qobirg‘aligi, uchini shakli, meva bandining botiqligi ko‘z bilan chamalab aniqlanadi. Bu nav belgilarini xususiyati mazkur topshiriq uchun berilgan uslubiy ko‘rsatmaga binoan ta’riflanadi.
Mevaning katta-kichikligini bo‘yi va enini o‘lchab topiladi. Jadvalda olib borilgan o‘lchov natijalari va ta’riflanadigan navlar qaysi guruhlarga (yirik, o‘rtacha, mayda) kirishi ko‘rsatiladi. O‘lchash uchun o‘rta pog‘onadagi mevalar olinadi. Etining qalinligi (meva devorlarini qalinligi) ko‘ndalang kesimidan o‘lchanadi.
O‘suv davri qancha davom etishi haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchilar o‘qtuvchidan oladilar yoki ma’lumotli (spravochnik) adabiyotlardan topadilar.
Material va jihozlar. 1. Qalampirni 3-4 navi yangi o‘simliklari va mevalari. 2. Qalampirni 3-4 navini gerbariylashtirilgan o‘simliklari, konservalangan va mulyaj mevalari. 3. Qalampir mevasi shaklining shkalalari. 4. Qalampirning tumanlashtirilgan navlarini rasmi. 5. Shtangensirkul, pichoq, chizg‘ichlari. 6. Sabzavot ekinlarini tumanlashtirilgan navlari katalogi.
Nazorat savollari:
1. O‘zbekistonda ko‘kat sabzavot ekinlardan qaysilari tarqalgan? 2. Ukrop va kashnich issiqxonalarda qanday yetishtiriladi? 3. Petrushka qanday tezlashtirib o‘stiriladi? 4. Issiqxonalarda barg salat va pekin karamni qanday yetishtiriladi? 5. Rediskani issiqxonalarda yetishtirish texnologiyasi qanaqa? 6. Piyoz barrasi qanday qilib tezlashtirib olinadi? 7. Gulkaramni issiqlikka, yorug‘likka, tuproq va havo namligiga talabi qanaqa? 8. Gulkaramni qishki va bahorgi issiqxonalarda yetishtirish texnologiyasi qanaqa? 9. Chuchuk qalampirni issiqlik, yorug‘lik, tuproq va hvo namligiga talabi qanaqa? 10. O‘tuvchan aylanishdagi qalampirni yetishtirish texnologiyasi qanaqa? 11. Isitilmaydigan bahorgi issiqxonalarda qalampirni yetishtirish texnologiyasi qanaqa? 12. Istiladigan va isitilmaydigan issiqxonalarda poliz ekinlarini yetishtirish texnologiyasi qanaqa?
12.4-amaliy mashg‘ulot
Ko‘kat sabzavot ekinlarini morfologik belgilari bilan tanishtirish
Topshiriq. O‘quvchilarni himoyalangan yerlarda o‘stiriladigan ko‘kat sabzavot ekinlarini aniqlay olishga va ularni asosiy morfologik belgilarini ta’rifini berishga o‘rgatish
Uslubiy ko‘rsatma. O‘zbekistonda himoyalangan yerlarda ziravor ko‘katlar bilan birga bargli ko‘kat ekinlar yetishtiriladi. Ular nisbatan sovuqqa chidamli va tezpishar, bu ularni isitilmaydigan inshootlarda erta muddatlarda yetishtirish imkonini beradi. Ko‘kat ekinlar vitaminlarga, mineral tuzlarga, efir moylarga va boshqa biologik faol moddalarga boy. Himoyalangan yerlarda yetishtirilgan ko‘kat sabzavotlar yangiligida oziq-ovqatga ishlatiladi.
Turli botanik oilarlarga mansub bo‘lishiga qaramasdan ko‘kat ekinlar bir qator morfologik belgilariga ko‘ra o‘zaro juda ajarilib turadi. Ularda barg bandini tuzilishi turlicha, barglari oddiy va murakkab. Turli darajada qirqilgan va barg plastinkasi cheti ham turlicha, urug‘lari turli shaklda, rangda, yuzasi va kattaligi ham har xil.
Ularni morfologik belgilarini qunt bilan ko‘rib va tarifini kelirish, o‘quvchilarga ko‘kat ekinlarini aniqlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga imkoniyat beradi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun o‘quvchilar mashg‘ulotlarni olib borish jarayonida yangi o‘simliklar, gerbariylar, rasmlardan foydalanib ko‘kat sabzavot ekinlarini asosiy morfologik, biologik – xo‘jalik belgilari bilan tanishadilar va bu o‘simliklarni ta’rifini keltiradilar.
Ko‘kat ekinlarni hosili yig‘iladigan davrida (texnik yetilganda) ta’riflash qulaydir, chunki bu davrga kelib ular muayyan tur uchun xos ko‘rinishda bo‘ladi. Ko‘kat ekinlarni urug‘i quruq xoldaligida ta’riflanadi.
Ta’riflanadigan ko‘kat ekinlari turlarining biologik – xo‘jalik belgilarini o‘quvchilar ma’lumotli (spravochnik) adabiyotlardan va mazkur o‘quv qo‘llanmani 9.1. bo‘limidan oladilar yoki o‘qituvchidan so‘rab bilib oladilar. Morfologik belgilari tavsifini “Botanika” fanini o‘tishda o‘zlashtirilgan bilimlarga asoslanib yoki mazkur uslubiy ko‘rsatmaga amal qilinib ta’riflanadi.
O‘quvchilar faqat O‘zbekiston himoyalangan yerlarida keng tarqalgan oltita ekin: ziravor ko‘katlardan – ukrop, kashnich, petrushka va bargli ko‘katlardan – salat, pekin karami va kress-salatlarni ta’riflaydilar.
Nomi keltirilgan ekinlardan faqat ukrop va kashnich texnik yetilganda kichikroq poya hosil qiladi, qolganlari faqat barg to‘plamidan iborat bo‘ladi. Barg bandlari yotiqroq, biroz ko‘tarilgan, yuqoriga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin.
Soyabonguldoshlar oilasiga mansub (ukrop, kashnich, petrushka) ko‘kat ekinlarni barglari – toq patsimon, chetlari qirqilgan, salat, pekin karami va kress-salatda – oddiy.
Petrushkani barglari patsimon, qirqilgan, uzunligi 30-40 sm uchta bo‘lakli, chetlari kesilgan yoki buramalidir.
Ukropda uch karra patsimon qirqilgan, ingichka ipsimon, pastki barglari kalta bandli, asosida plyonkasimon keng g‘ilofi bor, yuqoridagi barglari bandsiz g‘ilofi ichida joylashgan. Kashnich barglari och-yashil, ildiz yonidagilari yaxlit, uzun bandli, yuqoridagilari juda ko‘p mayda ingichka bo‘lmalarga bo‘lingan, bandsiz.
Salat bargini shkali yumaloq, teskari tuxumsimon, buyraksimon va keng ovalsimon, yelpigichsimon bo‘lishi mumkin (34-rasm).
34-rasm. Salat bargini shakli.
1, 2 – teskari tuxumsimon; 3,5 – ko‘ndalang ovalsimon; 4- buyraksimon;
6 – yelpig‘ichsimon; 7 – yumaloq
Salat bargini yuzasi silliq, mayda uyali – shishgan, puffak bo‘lib shishgan, mayda va yirik buklangan, buramali bo‘lishi mumkin. Plastinkani cheti tekis, uyali, burmali, jingalak, kungurali, tishsimon bo‘ladi.
Pekin karami va kress-salatda oddiy barg bo‘lganligi uchun barg plastinkasini shakli, uni yuzasi va chetlari taxminan salat va uni boshqa variantlariga o‘xshashdir.
Ko‘kat ekinlari urug‘ini kattaligi, shakli, yuzasini xarakteri, rangi va alohida belgilariga ko‘ra farqlanadi. Salat va petrushka urug‘i mayda, kashnich va ukropniki esa yirikroq bo‘ladi. Kashnich, pekin karami va kress-salat urug‘larini shakli – yumaloq ovalsimon, ukrop – yassi, salatda – uchqira-parrakli, petrushkada – yassi-burishgan, pekin karamida va kress-salatda – uyali. Ekinlarni urug‘larida ayrim alohida belgilari bo‘ladi: petrushkada – buruncha yoki ilmoq, ukrop – parrakli.
|