|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 137/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaMaterial va jihozlar. 1. Jonli o‘simliklar va issiqxona bodringlarini 4-5 ta nav va duragaylarning natural mevalari. 2. Tumanlashtirilgan sabzavot ekinlari navlarini katalogi. Bodring navlarini xususiyatlari ifodalangan plakatlar. 3. Pallali va siferblatli tarozilar. 4. Shtangensirkullar, chizg‘ichlar, oshxona pichoqlari.
12.2-amaliy mashg’ulot
Himoyalangan yerlarda yetishtirish uchun tumanlashtirilgan va ekishga tavsiya etilgan poliz ekinlari nav va duragaylarini xususiyatlarini o’rganish
TOPSHIRIQ
Issiqxonalarda poliz ekinlarini yetishtirish xususiyatlari o’rganish.
Issiqxona yetishtirish uchun mos navlarni tanlash.
Poliz ekinlarini yetishtirish uchun agrotexnik tadbirlari bilan tanishish.
TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR:
Ishni bajarish tartibi.
Issiqxonalarda qovun va tarvuz yetishtirish dunyoda ko‘p tarqalmoqda. Plyonkali issiqxonalarda qovun yetishtirish Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Vengriya va AQSh da keng tarqalgan. Niderlandiyada oynavand issiqxonalarda qovun 150 gektardan ortiq maydonda yetishtiriladi. Issiqxonalarda tarvuz yetishtirish juda kam tarqalgan.
Qovun va tarvuz yoritishni jadalligiga o‘ta talabchan va qisqa yorug‘ kunni yoqtiradi. Ular issiqsevar o‘simliklardir. Me’yorida hosil berishi uchun ularga tiniq kunlarda 27-32°S harorat kerak. Harorat 15°S dan past bo‘lganda urug‘larni unib chiqishi va o‘simliklarni o‘sishi keskin susayadi, gullashi esa to‘xtaydi. Shu bois issiqxonalarda poliz ekinlarini yetishtirish uchun maqbul sharoitlar faqat bahorda quyosh radiatsiyasi kuchayganda yaratiladi.
Qovun va tarvuz – bir yillik ayrim jinsli o‘simlik. Shu bilan birga qovunda urg‘ochi gullari ikkinchi va uchinchi tartib poyalarni barg qo‘ltig‘larida, ko‘proq bir donadan paydo bo‘ladi. Shu bois qovun uchun chilpishni qo‘llash samaralidir. Tarvuzda urg‘ochi gullar asosan bosh (asosiy) poyada paydo bo‘ladi, shu bois uni chilpish kerak emas. Poliz ekinlari chetdan changlanuvchan, partenokrpiklik ularda kuzatilmaydi.
Issiqxonalarda yetishtirish uchun tezpishar navlardan foydalaniladi. Qovun va tarvuz navlari juda xilma-xil. O‘zbekistonda xandalak guruhiga kiruvchi va yozgi eti yumshoq qovunlardan foydalaniladi. Ularga tumanlashtirilganlaridan Roxat, Xandalak Ko‘kcha-14, Assati-3806, tumanlashtirilmaganlardan – mahalliy Davlatboy navi, qozog‘istonni Iliyskaya navi, gollandiyani Ogen va Zinger navlari kiradi. Tarvuzning gollandiya duragaylari Krisbi, Trofi, amerika duragayi Krimson Svit, mahalliy O‘rinboy va Surxon tongi navlaridan foydalaniladi.
O‘zbekistonda ochiq yerda qovun va tarvuzni mevalari aperl oyigacha saqlanadigan navlari yetishtiriladi. Shu bois himoyalangan yerlardan may-iyun oylarida, ochiq yerdan xali yangi hosil chiqmagan davrlarda mahsulot chiqarish talab qilinadi.
Poliz ekinlarini isitiladigan issiqxonalarda yetishtirish tabiiy yoritilganlik yaxshilanganda, ya’ni fevral oxiri, favquloti (avariyali) isitish vositalari bo‘lgan bahorgi issiqxonalarda mart o‘rtalarida, isitilmaydigan issiqxonalarda martni oxirigi besh kunligida boshlanadi. Issiqxonalarda qovun va tarvuz yetishtirishda 101010 sm li torf-chirindili kubiklarda yetishtirilgan 25-30 kunlik ko‘chatlar o‘tqaziladi.
|
| |