|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 134/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaIshni bajarish tartibi: MDH mamlakatlarida ko’chat yetishtirish uchun oziqali kubik va tuvakchalar tayyorlashda quyidagi tarkibdagi tuproq aralashmasi tavsiya etiladi
Ko’chat yetishtirish uchun oziqali kubik va tuvakchalar tayyorlash uchun tuproq aralashmasi tarkibi (SHuvalov YU. bo’yicha, 2001)
Tuproq arashmasini tarkibi
|
Tuproq aralashmasini turli variantlar uchun qo’shiladigan aralashmalar nisbati, hajmiga bo’lish hisobida
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Torf (pastki)
|
6
|
5
|
5
|
6
|
6
|
7,5
|
7,5
|
5
|
–
|
–
|
CHirindi
|
2
|
–
|
–
|
–
|
2
|
–
|
–
|
3
|
4,5
|
–
|
CHim tuproq
|
1
|
–
|
–
|
–
|
1,5
|
–
|
2
|
1
|
5
|
5
|
Mol go’ngi
|
1
|
1
|
3
|
1
|
0,5
|
0,5
|
0,5
|
1
|
0,5
|
0,5
|
Ot go’ngi
|
–
|
–
|
–
|
–
|
–
|
2
|
–
|
–
|
–
|
4,5
|
Daraxt qirindisi
|
–
|
1
|
–
|
2
|
–
|
–
|
–
|
–
|
–
|
–
|
Ochiq yerga ko’chatlarni yetishtirishda urug’larni ekish muddatlari uni dalaga o’tkazish muddatlari, yetirishtirish davomiyligi va foydalaniladigan inshootlarning turlariga ko’ra aniqlanadi. Plyonkali issiqxonalarda yetishtirish davomiyligi qisqaroq bo’lganligi tufayli urug’ ekishni oynavand issiqxona va parnikga nisbatan 10-12 kun kechroq boshlaydilar. Urug’ni ekish me’yorlari ularni yirikligi, o’simliklarni oziqlanish maydoni va ko’chatlarni yetishtirish usullariga bog’liq
Ochiq yer uchun ko’chatlarni yetishtirish
Ekinlar
|
Urug’larni ekish me’yorlari, g/m2
|
Oziqlanish maydoni, sm
|
Ko’chatlarni urug’ ekilgandan boshlab yetishtirish davomiyligi, kun
|
Foydali maydondan chiqadigan yaroqli ko’chat dona/m2
|
1 ga ochiq yerga ko’chat yetishtirish uchun ximoyalangan yerga talab, m2
|
pikirovkali
|
pikirovkasiz
|
Karam:
|
|
|
|
|
|
|
gul
|
12-15
|
3-5
|
66, 77
|
45-60
|
200-250
|
200-280
|
oqboshli:
|
|
|
|
|
|
|
ertagi
|
12-15
|
3-5
|
66, 77
|
45-60
|
200-250
|
200-280
|
o’rtagi
|
-
|
1,5-2
|
55, 66
|
35-45
|
250-320
|
130-180
|
kechki
|
12-15
|
4-5
|
66
|
40-45
|
250-280
|
120-170
|
Pomidor
|
8-10
|
1-1,5
|
88
|
50-60
|
100-125
|
330-400
|
Qalampir
|
10-12
|
4-5
|
55, 66
|
55-60
|
170-320
|
300-400
|
Baqlajon
|
8-10
|
3-4
|
55, 66
|
50-55
|
170-320
|
300-400
|
Bodring
|
-
|
4-5
|
55, 66
|
15-20
|
200-300
|
250-350
|
Pikirovka ochiq yerga ko’chat o’stirish texnologiyasini asosiy elementlaridan bo’lib, tuvakcha, kubik va kassetalarga maysalarni ko’chirib o’tkazishdir, qolgan maysalarni tuproq aralashmasida yetishtirish davom ettiriladi. Uni maysalar unib chiqqandan 2-3 hafta keyin, chinbarg hosil bo’lganida o’tkaziladi
Berilgan ko’rsatmalar, adabiyotlar hamda boshqa manbalardan foydalanib, berilgan topshiriqni bajaring va o’z xulosalaringizni keltiring.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Ko’chat va ko’chatlarni yetishtirish usullari deganda nima tushiniladi?
2. Ko’chat usulini avzalliklari nimada?
3. Ko’chatchilikda «ilgarilash» nimadir?
4. Pikirovka deganda nima tushiniladi va pikirovkali usulda ko’chatlarni yetishtirish qanday avzalliklarga ega?
5. Oziq kubiklar va tuvakchalarni farqi nimada?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ASOSIY
1.Zuyev V., Abdullaev A. «Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi», T., «O’zbekiston», 1997.
2.Zuyev V.I., Abdullaev A.G. «Ovoщevodstvo zaщiщennogo grunta». T., «O’qituvchi», 1982.
3.Ataxodjaev A. «Himoyalangan joy sabzavotchiligi» magistratura talabalari uchun ma’ruza matnlari. T.2003
QO’SHIMCHA
1.Buriyev X.CH., Zuyev V.I., Fulomov B.G. «Ovoщevodstvo, baxchevodstvo, plodovodstvo i vinogradarstvo Uzbekistana». T., 2000.
2.Bakuras N.S., Lutsenkova K.K. «Teplichnoye ovoщevodstvo Uzbekistana». T., «Mehnat», 1985..
INTERNET RESURSLAR
www.opb.ru/ogorod_ov.html Ovoщevodstvo, kalendari rabot na uchastke, obmen opitom, soveti.
QUYIDAGI SAVOLLARGA BERILGAN TO’G’RI
JAVOBNI TOPING!!!
№
|
Savol
|
Javob
|
1.
|
Ochiq yerning har gektari bo’yicha qilingan hisobda necha gr miqdorda pomidor urug’i sarflanadi,
|
55 sxema
|
2.
|
Pikirovka qilishda karamni oziqlanish maydoni .
|
300-400 gR urug’
|
3.
|
Ochiq yerning har gektari bo’yicha qilingan hisobda necha gr miqdorda baqlajon urug’i sarflanadi,
|
500-600 gr urug’
|
4.
|
Pikirovka qilishda pomidorni oziqlanish maydoni
|
66 sxema
|
5
|
Ochiq yerning har gektari bo’yicha qilingan hisobga ko’ra necha gr miqdorda baqlajon urug’ sarflanadi
|
500-600 gr
|
11-amaliy mashg’ulot:
Bodring va pomidor ko‘chatlarini qishki-baxorgi aylanish uchun yetishtirish
Qishki-bahorgi aylanish. O‘zbekistonda kuz-qishda bodring yetishtirilgandan keyin qish-bahorgi davr boshlanib pomidor ekiladi. Bunda navlarni tanlash masalasi boshqa aylanishlarga ko‘ra oson yechiladi, shuning uchun boshqa davrlarda ekiladigan barcha navlar to‘g‘ri keladi. Qish-bahorgi davrda o‘simliklar tabiiy yorug‘lik ortib, harorat ko‘tarilayotgan sharoitda o‘sadi. Bunday sharoitda o‘simlik-larni parvarish qilish oson. Ammo, bu davr o‘zini vazifasini oqlashi uchun birinchi mevalar iloji boricha barvaqt yetilishini ta’minlashi zarur. Bu davrda kuz-qishdagiga qaraganda hosildorlik 2 marta yuqori bo‘ladi. Shu bois iloji boricha katta yoshdagi ko‘chatlarni o‘z vaqtida ekish maqsadga muvofiq bo‘lib, u hosil berish muddatini uzaytiradi. O‘zbekistonda 50-60 kunlik ko‘chatlar issiqxonaga dekabrning oxiri va yanvarning birinchi yarmida ekiladi. Ekishni ko‘chat bilan ta’minlash uchun urug‘ 10-15 noyabrda sepilishi kerak. Urug‘dan chiqqan maysalarni o‘lchami 888 sm dan 141414 sm gacha bo‘lgan go‘ng chirindili kubiklarga pikirovka qilinadi yoki bevosita shu kubiklarga urug‘ ekiladi.
Pomidor o‘simligi yuqori harorat va yorug‘lik yetarli bo‘lgan sharoitda uzoq muddat o‘sib, baquvvat assimilyatsion aparat shakllantiradi. Shu sababli ular katta oziqlanish maydonida sm sxemada o‘stirilishi kerak. Ko‘chatlar oziqali kubigini 3/4 qismi tuproqqa tik ko‘milib ekiladi. O‘sib ketgan bo‘lsa, qiyaroq joylashtiriladi. Ekilgandan so‘ng harorat 23-25°S bo‘lgan suv bilan sug‘oriladi. 5-6 kundan so‘ng ko‘chatlar tik kanopga bog‘lanib, har haftada kanopga chirmashtirib boriladi.
Pomidor o‘simligi issiqxonalarda bir poyali qilib o‘stiriladi, bachki poyalari muntazam olib tashlanadi. Ularni uzunligi 5-7 sm dan uzayib ketmasligi kerak. Indeterminant navlar gorizontal yuqoridagi (2-2,1 m balandlikdagi) bag‘azgacha 8-9 ta gul shingillini shakllantirgandan so‘ng, asosiy poyani bag‘azdan oshirib pastga qaratib o‘stiriladi. Bunda o‘simlik o‘suv oxirigacha yana 8-9 ta meva shingillarini hosil qiladi. O‘simliklarni o‘suv nuqtasi ekin tamom bo‘lishiga 1,5 oy qolganda, oxirgi gul shingilidan keyin bir-ikki barg hosil bo‘lganida chilpiladi. Sarg‘ayib qolgan pastki barglari haftada bir marta yulib turiladi.
Pomidordan yuqori va bir me’yorda hosil olish uchun havo va tuproq haroratini maqbul tartibda ushlab turish katta ahamiyatga ega.
Yorug‘lik kam sharoitda pomidor hosil tukkuncha haroratni quyidagi me’yorda: kunduzgi quyoshli kunlarda – 22-24°S; bulutli kunlari – 18-20°S; kechasi – 16-17°S, mevalari yetilaboshlab, yorug‘lik ko‘payganda yuqoridagi tartibda kunduzgi oftobli kunlarda – 24-26°S, bulutlida – 20-22°S gacha, kechalari – 17-18°S gacha saqlab turish tavsiya etiladi. Bahor-yoz davrida issiqxona harorati 32°S dan ko‘payib ketishi o‘simliklarga salbiy ta’sir qiladi. Bunday hollarda darchalarni ochib uni yaxshilab shamollatish va salqinlatuvchi sug‘orish kerak, lekin tuproq harorati 18°S, havoning nisbiy namligi esa 60-70% dan pasayishi kerak emas. Issiqxona havo namligini ko‘paytirish yoki o‘simliklarni xo‘llashga doir barcha ishlarni, qishda darchalar ochilmaydigan vaqtda ertalab bajarish tavsiya etiladi, chunki o‘simliklar qurib ulgurishi kerak.
Pomidor tuproq namligiga juda talabchan ekin. Uning maqbul namligi 75-80% NV bo‘lishi kerak. Qishda 6-8 kunda bir marta 5-7 l/m2 me’yorda sug‘oriladi. Kunlar ilishi bilan tez-tez sug‘oriladi. May-iyun oylarida har 2-3 kunda bir marta 10-12 l/m2 me’yorda sug‘oriladi. Har gal sug‘orilgandan keyin issiqxona shamollatiladi. Agar namlik bir xil tekis bo‘lmasa yoki yetishmasa, gul va tugunchalar to‘kilib, pomidor mevalari yorilib ketadi va yuqoridan chiriy boshlaydi.
Issiqxonalarni kuniga ikki marta: ertalab quyosh chiqquncha va soat 16 dan keyin gazlash tavsiya etiladi. Bunda issiqxona havosidagi SO2 miqdorini – 0,10-0,15% gacha yetkazish tavsiya etiladi.
Qish-bahorgi davrda pomidor avj olib o‘sadi va rivojlanadi. Shuning uchun yer oziq elementlariga boy bo‘lishi kerak. Xususan mart-may oylarida serob bo‘lishi kerak. O‘suv davri boshlanishida 1:3,5:4 nisbatda azot va kaliy beriladi, keyinchalik yorug‘lik ko‘payishi va o‘simliklar o‘saborishi bilan bu nisbat 1:2 yoki 1:1 to‘g‘ri keladi. Ko‘chat ekilgandan keyin ildizdan oziqlantiriladigan (yerga solinadigan) eritmaning konsentratsiyasi 0,7%, hosil shakllanayotganda 0,8% va hosil berish davrida esa – 1% bo‘lishi kerak. Ildizdan oziqlantirish har 10-12 kunda, 25-30 kunda bargi orqali bir marta oziqlantiriladi.
Bundan tashqari, qish-bahorgi davrda o‘simliklar guli yaxshi changlanishi uchun shingillari silkitiladi, qator orasi yumshitiladi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlari o‘tkaziladi. Ko‘chatlar dastlab butun oziq maydonini egallamagani uchun bo‘sh qator oralariga rediska va boshqa ertapishar ko‘kat sabzavotlarni ekish maqsadga muvrfiq bo‘ladi.
Qishki-bahorgi mavsumda pomidorni meva tugishi ko‘chat ekilgandan taxminan ikki oy o‘tgach boshlanadi. Mevalar nimrangligida teriladi. Bu tupda qolgan mevalarini yetilishiga imkon beradi. Bahor davrida hosil har 2-3 kunda, yozda esa har kuni teriladi. Hosilni terishda mevalari bir yo‘la saralanadi.
Qishki-bahorgi muddatda yetishtirilganda o‘simliklar, qishdagiga qaraganda kuchliroq o‘sadi va shoxlaydi, shu sababli ularga shakl berishda harajatlar oshib boradi. Shu bois bu davrda yetishtiriladigan navlar bachkilanishni o‘zlari bosh-qarishlari muhimdir. Bachkilanishni o‘zi boshqarishi uch xil bo‘ladi:
1. Shoxlanishni tormozlanishi (sekinlashishi) – uchki kurtaklarni ustun turishi hisobiga. Shoxlar asosan asosiy palakni o‘suv nuqtasini chilpilganda paydo bo‘ladi.
2. Shoxlanishni sekinlanishi asosiy palakda bir necha meva tugunchalarni bir vatqda shakllanishini natijasidir. Shoxlanish asosiy palakdan hosil terib olingandan so‘ng boshlanadi.
3. Shoxlanish bevosita paydo bo‘lgan shoxlarda 2-3 bo‘g‘in hosil qilib o‘sishdan to‘xtashi (determinant tip) hisobiga o‘z-o‘zidan qisqara boradi. Bu turdagi navlarda asosiy palakni erta o‘sishdan to‘xtashi kuzatiladi.
Ochiq dala uchun navlari yetilish muddatiga ko‘ra uch guruhga: ertapisharlar durgay va navlar urug‘ unib chiqqandan meva tugishigacha kamida 45 kun, o‘rta-pisharlar – 45 dan 50 kungacha, kechpisharlar – 50 va undan ko‘p kunga bo‘lina-di. Hosilga unib chiqqandan so‘ng 36-38 kunda kiradigan ulratezpishar duragaylar ham mavjud. Himoyalangan yerlarda o‘suv davri sezilarli uzundir. Past harorat-lar, tuproqni quritib qo‘yish, o‘g‘itni me’yordan ko‘p yoki kam berilishi o‘sishni sekinlashishiga va naychalarni erta terishga olib keladi.
Zamonaviy bodring duragaylari kasalliklarning barchasiga chidamli bo‘lishi lozim. Urug‘lar qadoqlangan idishlarida saqlanib kasalliklarga chidamliligi quyidagi belgilar bilan ko‘rasatiladi: Ccu – dog‘lanish; Cmv – bodringni chiporlanish virusi; Pm – un shudring kasalligi; Dm – soxta un shudring kasalligi; Foc – ildiz chirish.
Barra mevalarini sifati alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularni ta’mi yaxshi, tashqi ko‘rinishi chiroyli va achchiq bo‘lmasligi kerak. Barraning to‘q-yashil rangda bo‘lishi ma’qul. Ularni o‘lchami va yuzasi katta ahamiyat kasb etmaydi. Rossiyada nisbatan kalta sirti g‘adir-budur, O‘zbekistonda esa kalta, yuzasi silliq barralarni yaxshi ko‘radilar. Ta’mining sifati, saqlashga va tashishga moyilligi juda muhim ahamiyatga ega. Uzun mevali partenokarpik navlar va duragaylar serhosil bo‘lib, ularni oson uziladi hamda ari yordamida changlatishni talab qilmaydi. Nisbatan kalta mevali (15-25 sm) partenokarpik duragaylar ham yaratilgan.
Ishlab chiqarishda salat-konservaga, tuzlamaga va turli maqsadlar (universal) uchun ishlatiladigan duragaylar mavjud. Tuzlanadiganlarini sifati po‘stini qalinligiga, tarkibidagi pektin moddalari va qandning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Rossiyaning Vernыe Druzya F1, Fermer F1, Lord F1 va boshqa duragaylari yuqori tuzlamaga yaroqlik xususiyatiga ega.
Bir bo‘g‘imda bir necha tugunchalar joylashadigan bodringlar juda ommabopdir. Bunday duragaylar yuqori hosildorlik va barralarining sifati a’lodir.
Urug‘ochi gulni shakllantirish qobilyatiga ko‘ra nav va duragaylar 4 guruhga bo‘linadi:
gullash turi aralash, ularda urg‘ochi hamda erkak gullar shakllanadi;
urg‘ochi gullar turi ustun, bunda kam sondagi erkak gullarni shakllanadi, asosan poyaning pastki qismida;
to‘liq urg‘ochi gullar turi, ularda erkak gullari shakllanmaydi. Bunday duragaylar eng hosildor bo‘lib, ularni erkak gullari bo‘lmaganligi sababli changlatish uchun ari qo‘yib o‘stirish mumkin.
to‘liq erkak gulli turi, asosan faqat erkak gullari shakllanadi.
Urg‘ochi genotiplari, erkak genotiplariga qaraganda ertapisharroq va hosildor bo‘ladi.
Ari yordamida changlanadigan duragaylarga va qisman partenokarpiyani namoyon etuvchi yoki to‘liq urug‘ochi gullarni shakllantiradigan duragaylarga 10% changlatuvchi qo‘shilishi zarur.
Kunning uzunligi, kunduzi va tungi havo haroratini yuqoriligi, havo va tuproq namligini pastligi, kaliyni me’yorida ortiqligi jinsni erkak tomonga o‘zgartiradi.
Hozirgi vaqtda issiqxona sabzavotchiligida nav va geterozis duragaylarni bir nechta turkumlari ishlatiladi:
mayda mevali (barani uzunligi 20-22 sm), ari yordamida changlanadigan, urug‘ochi gullar turi ustun bo‘lgan o‘simliklar. Changlanishni ta’minlash maqsadida (10-15%) changlatuvchi nav va duragaylar bilan ekiladi;
uzun mevali (barrani uzunligi 25 sm va undan ortiq), partenokarpik, urug‘ochi va urg‘ochi gullash turi ustun bo‘lgan o‘simliklar. Ushbu nav va duragaylarni o‘simliklarining o‘lchami, barglari va mevalarini yirikligi, ari yordamida changlanadiganlarga nisbatan yuqori hosildorligi, faqat yuqori agrotexnika sharoitida o‘stirish kabi alohida xususiyatlarga ega;
insbatan kalta mevali (barrani uzunligi 20-25 sm), partenokarpik, urug‘ochi va urug‘ochi gullash turi ustun bo‘lgan o‘simliklar. Ularda yorug‘lik yetishmaganda partenokarpik kam namoyon bo‘ladi. Shuning uchun qishki-bahorgi ekinda ularni uzunmevalilarga qaraganda ko‘chatlarini kechiktirib ekish maqsadga muvofiqdir. Meva tugishi va keyinchalik partenokarpik mevalar hosil qlishi uchun birinchi gullarni ari yordamida changlatib ularni quvvatlab turiladi. Mayda mevali partenokarpik durgaylar, uzun mevalilarga qaraganda zichroq joylashtiriladi.
Bir issiqxonada bir vaqtda partenokarpik va ari yordamida changlanadigan nav va duragaylarni ekish tavsiya etilmaydi, chunki arilarni darchalardan partenokarpik bodringli issiqxonalarga uchib o‘tib, ularni changlatishi natijasida sifatsiz mevalarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi, mevalarni uida bo‘rtmalar shakllanib qoladi.
Bodring duragaylarini tanlashda ularni ko‘pgina xususiyatlarini va sifatini hisobga olish lozim. Eng avvalo u ari yordamida chanlanadiganmi yoki partenokarpikligiga alohida e’tibor berilishi kerak. Himoyalangan yerlar uchun hosilni shakllanishi hasharotlarga bog‘liq bo‘lmagan partenokarpik shakllari mos keladi.
Arilar yordamida changlanadigan bodringlar orasida gullash turi aralash bo‘lgan shakllarga nisbatan urug‘ochi gullash turi ustun bo‘lganlar serhosil bo‘lib, sifatli changlanishi uchun 10% changlatuvchi qo‘shib sepish lozim.
Agar qisqa muddatda yuqori hosil olish lozim bo‘lsa, hosilini ko‘p qismini hosil tugish davrining birinchi oyida beradigan ertapishar – spinter duragaylari yetishtiriladi. Barralari uzoq vaqt terib turish uchun meva shakllanish davri uzun bo‘lgan duragaylar ishlatiladi
|
| |