|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 131/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaIshni bajarish tartibi: O’quvchi ushbu topshiriq yuzasidan yakka ravishda olgan topshiriqni mustaqil ravishda bajaradi. Bunda issiqxonalarning maydoni, joylashgan o’rni hamda qo’llaniladigan yoqilg’i turi ko’rsatiladi. Vazifa kerakli hisoblarni bajarib quyidagi 8-jadvalni to’ldirish yo’li bilan olib boradi.
8-jadval. ____________ viloyat _____________ tumanida joylashgan
oynavand ____________________ uchun mo’ljallangan ______ m2 maydondagi
(sabzavot yoki ko’chat)
_____________ issiqxonani isitish uchun talab qilinidigan ______hisoblash
(blokli yoki angar) (yoqilg’i turi)
T.r.
|
Isitiladigan oylar
|
Soatlar miqdori
|
Oylik o’rtacha harorat, °S
|
Yoqilg’i sarfi, Kdj
|
Yoqilg’ining issiqlik berish qobiliyati, Mdj
|
Yoqilg’iga bo’lgan talab, kg
|
issiqxona maydoniga
|
issiqxona va yordamchi xonalarga
|
1m2 issiqxona maydoniga
|
1.
|
2.
|
3.
|
4.
|
5.
|
6.
|
7.
|
8.
|
9.
|
1.
|
Oktabr
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
Noyabr
|
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
Dekabr
|
|
|
|
|
|
|
|
4.
|
Yanvar
|
|
|
|
|
|
|
|
5.
|
Fevral
|
|
|
|
|
|
|
|
6.
|
Mart
|
|
|
|
|
|
|
|
7.
|
Aprel
|
|
|
|
|
|
|
|
Mavsum bo’yicha
|
|
|
|
|
|
|
|
Issiqxonalarni isitish uchun o’rtacha kunlik harorat +12°S dan pasayib ketgan davrlarda oshiriladi oylar bo’yicha soatlar miqdori (3-ustun) kunning soniga qarab aniqlanadi: chunonchi dekabr, yanvar, martda 744 ga, fevralda 698 ga, aprelda 720 ga teng keladi.
Havo haroratining o’rtacha oylik miqdori (4-ustun) vazifada ko’rsatilgan issiqxonaga yaqin joylashgan agrometerologiya bo’limidan belgilangan quyidagi 9-jadvaldan olinadi.
9-jadval.O’rtacha oylik havo harorati, °S
T.r.
|
Agrometerologiya stantsiyalari joylashgan o’rni
|
Oylar
|
Oktabr
|
Noyabr
|
Dekabr
|
Yanvar
|
Fevral
|
Mart
|
Aprel
|
|
Nukus
|
10,4
|
2,1
|
3,0
|
-6,9
|
-4,0
|
4,1
|
13,1
|
|
Xiva
|
11,1
|
4,0
|
-1,5
|
-4,5
|
-4,5
|
5,6
|
14,5
|
|
Kogon
|
14,2
|
7,4
|
1,8
|
-0,6
|
3,0
|
8,8
|
16,2
|
|
SHerobod
|
17,6
|
11,4
|
6,8
|
3,6
|
6,3
|
11,6
|
18,1
|
|
Toshkent
|
12,6
|
6,6
|
1,8
|
-1,1
|
1,4
|
7,8
|
14,7
|
|
Andijon
|
12,7
|
5,6
|
0,2
|
-3,5
|
0,3
|
8,1
|
16,8
|
|
Mirzacho’l
|
12,6
|
5,8
|
1,0
|
-2,3
|
1,0
|
8,1
|
15,3
|
|
Samarqand
|
13,1
|
7,2
|
3,0
|
-0,2
|
2,6
|
7,9
|
14,4
|
|
Qarshi
|
13,6
|
7,5
|
3,2
|
-0,2
|
3,6
|
9,4
|
15,7
|
|
CHimyon
|
8,4
|
3,3
|
-1,9
|
-3,4
|
-2,0
|
1,9
|
6,7
|
|
Amanxutun
|
10,9
|
6,5
|
1,8
|
-3,3
|
-1,0
|
6,3
|
10,7
|
|
Angren
|
4,3
|
-2,4
|
7,3
|
-9,3
|
-3,0
|
2,9
|
4,0
|
Issiqxonada oy davomida sarflanadigan issiqlik miqdorini aniqlash uchun (5-ustun), birinchi navbatda 1 soatga sarflangan yonilg’i aniqlanadi. Uni aniqlash quyidagi formula orqali bajariladi:
Bunda:
R – 1 soatga sarflanadigan issiqlik, Kdj;
1,1 – devorlar, tsokol va boshqalar uchun sarflanadigan issiqlik koeffitsenti;
Kto’siq – to’siq koeffitsenti (issiqxonaning angar tipida – 1,8-1,9, blokli ipida – 1,5-1,7);
P – issiqxonaning inventar maydoni, m2
23 – oynavand yuzalarni issiqlik o’tqazish koeffitsenti (har 1m2 maydonga soatiga 23Kdj deb qabul qilingan);
Kinf – infiltratsiya koeffitsenti (qaysiki issiqxona ichidagi harorat 18°S, tashqi harorat 0°S bo’lganda – 1,08 ga teng; 5°S bo’lganda 1,10 ga, ichki harorat 6°S bo’lganda – 1,11 va 1,13 ga teng bo’ladi).
Tichki – inshootlarning ichki harorati (sabzavotlar ekiladigan issiqxonalar uchun – 18°S, issiqxonalarga ko’chat yetishtirish uchun – 20°S, ochiq yerga ko’chat yetishtiradigan issiqxonalar uchun – 15°S).
Ttashqi – o’rtacha oylik tashqi harorat.
Ana shu formula bo’yicha issiqlik sarfi hisobi qilinganda, uning har biri uchun qilinadigan sarfi butun oy davomida isitiladigan soat hisobidagi davrga ko’paytiriladi va shu yo’l bilan oy davomida sarflanadigan issiqlik sarfi aniqlanadi. Bu ma’lumot shaklning 5-ustuniga qayd qilinadi.
Yoqilg’iining turi yakka topshiriqda belgilanadi. Uning issiqlik berish qobiliyati (6-ustun) mazkur topshiriqning “Umumiy ko’rsatma”sidan olinadi.
Yoqilg’iga bo’lgan talabdagi issiqxona maydoniga kerak bo’ladigan yoqilg’i miqdori (7-ustun) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Bunda:
X – issiqxona maydoning yoqilg’iga bo’lgan talabi, kg;
R – issiqlik sarfi, Kdj
1,13 – isitish tarmoqlari va suv isitiladigan xonalarda (qozonxonada) yo’qoladigan issiqlik koeffitsenti;
S – 1 kg yoqilg’ini issiqlik berish qobiliyati, Mdj;
M – isitish tizimining foydali ta’sir etish koeffitsenti, qaysiki suv bilan isitilganda 0,65-0,7 ga teng.
SHuni ham aytish kerakki, issiqlik sarfi va issiqxona uchun kerak bo’ladigan yoqilg’i miqdori belgilandi. Lekin haqiqatda esa issiqxonaning qo’shimcha binolari, imoratlari va xizmat qilayotganlarning turar joylarini ham isitish hisobga olinganda issiqlik sarfi va unga ketadigan yoqilg’i 1,2-1,3 barabar yuqori bo’ladi. Har 1m2 issiqxona (9-ustun) kerak bo’ladigan yoqilg’i belgilash uchun yoqilg’ining umumiy sarfi issiqxonaning inventar maydoniga bo’linadi.
Issiqlik sarfi va kerak bo’ladigan yoqilg’i miqdori isitish davrining oylari bo’yicha aniqlangandan keyin uning-yillik ko’rsatkichlari hisoblab chiqariladi. Buning uchun har qaysi ustun (5;7;8) qo’shib jamlanadi. Yoqilg’i sarfining-yillik miqdori, ya’ni umuman issiqxona bo’yicha va har 1m2 maydon hisobiga sarflanadigan yoqilg’i miqdori aniqlangandan keyin yoqilg’i sotib olishga qilinadigan xarajatni belgilash mumkin, buning uchun kerak bo’ladigan yoqilg’i miqdori har bir tonna yoqilg’i bahosiga ko’paytiriladi. Bu bahoning qancha turishi ma’lumotnomalardan olinadi.
Materiallar va jihozlar: 1. Himoyalangan yer bo’yicha plakatlar va albomlar; 2. Sabzavotchilik ma’lumotnomasi; 3. Hisoblash texnikasi, chizg’ichlar.
Berilgan ko’rsatmalar, adabiyotlar hamda boshqa manbalardan foydalanib, berilgan topshiriqni bajaring va o’z xulosalaringizni keltiring.
Nazorat savollari
1.Mikroiqlim va agrofitoiqlim nima?
2.Issiqxona sabzavot ekinlari yorug’likka talabchanligiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
3.YOrug’lik tartibotini yaxshilashning qanday usullarini bilasiz?
ASOSIY
1.Zuyev V., Abdullaev A. «Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi», T., «O’zbekiston», 1997.
2.Zuyev V.I., Abdullaev A.G. «Ovoщevodstvo zaщiщennogo grunta». T., «O’qituvchi», 1982.
3.Ataxodjaev A. «Himoyalangan joy sabzavotchiligi» magistratura talabalari uchun ma’ruza matnlari. T.2003
QO’SHIMCHA
1.Buriyev X.CH., Zuyev V.I., Fulomov B.G. «Ovoщevodstvo, baxchevodstvo, plodovodstvo i vinogradarstvo Uzbekistana». T., 2000.
2.Bakuras N.S., Lutsenkova K.K. «Teplichnoye ovoщevodstvo Uzbekistana». T., «Mehnat», 1985..
INTERNET RESURSLAR
www.opb.ru/ogorod_ov.html Ovoщevodstvo, kalendari rabot na uchastke, obmen opitom, soveti.
QUYIDAGI SAVOLLARGA BERILGAN TO’G’RI
JAVOBNI TOPING!!!
№
|
Savol
|
Javob
|
1.
|
Ochiq yerning har gektari bo’yicha qilingan hisobda necha gr miqdorda pomidor urug’i sarflanadi,
|
55 sxema
|
2.
|
Pikirovka qilishda karamni oziqlanish maydoni .
|
300-400 gr urug’
|
3.
|
Ochiq yerning har gektari bo’yicha qilingan hisobda necha gr miqdorda baqlajon urug’i sarflanadi,
|
500-600 gr urug’
|
4.
|
Pikirovka qilishda pomidorni oziqlanish maydoni
|
66 sxema
|
9.2-Amaliy mashg’ulot mavzusi:
Sabzavot ko’chatini yetishtirish uchun o’g’itlarga bo’lgan talabni aniqlash.
TOPSHIRIQ
1. Sabzavot yetishtirishda o’g’itga bo’lgan talabni hisoblash.
TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR:
Ishni bajarish tartibi.
Sabzavot yetishtirishda o’g’itga bo’lgan talabni hisoblash. Unumdor tuproq aralashmaga qo’shimcha qilib beriladigan o’g’itlar miqdori tuproqning oziq elementlar bilan qanchalik ta’minlanganligiga va o’simlikning turiga qarab belgilanadi.
Asosiy o’g’itlashda mineral o’g’itlarning to’liq miqdori ekishgacha berilib, ekishdan keyin 4-5 xafta davomida oziqlantirish o’tkazilmaydi. O’suv davri mobaynida tuproq tarkibidagi oziq elementlari miqdori har oyda bir martadan kuzatib boriladi. O’g’itlarning tavsiya etilgan miqdorlari 3-4 qismga bo’lib beriladi. CHunki ular tuproqqa bir yo’la berilsa tuproq eritmasi kontsentratsiyasini oshirib yuborish mumkin. Oziqlantirish soni o’stiriladigan ekinning o’suv davrining davomiyligiga qarab belgilanadi. Odatda oziqlantirish asosiy o’g’itlashdan bir oy keyin boshlanib, keyingilari 10 kun oralatib, oxir-gisi hosil yig’ib olinishidan 2 xafta oldin to’xtatiladi. Hosil to’plash davriga qadar o’simlik 2-3 marta oziqlantiriladi. Mineral o’g’itlarga bo’lgan talabni hisob qilish kaliyli o’g’itlardan boshlanib keyinchalik azotning miqdori kaliyli o’g’itlar bilan birga tushadigan miqdori ham hisobga olinadi.
|
| |