Sabzavot ko’chatlarini yetishtirish uchun biologik yoqilg’i, tuproq aralashmasiga bo’lgan talabni aniqlash




Download 16,04 Mb.
bet130/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

9.1- Amaliy mashg’ulot mavzusi


Sabzavot ko’chatlarini yetishtirish uchun biologik yoqilg’i, tuproq aralashmasiga bo’lgan talabni aniqlash


TOPSHIRIQ



Issiqxonalarni isitish uchun yoqilg’iga bo’lgan talabni hisoblash


Topshiriqdan maqsad. O’quvchilarga angar va blokli issiqxonalarni isitish uchun talab qilinadigan yoqilg’ini hisoblash o’rgatiladi.


TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR:


Ishni bajarish tartibi.

Himoyalangan yer inshootlarning issiqlik balansi sarflanadigan issiqlikdan (bunga inshootning to’liq konstruktsiyasi orqali, binoni shamollatish, tirqishlar orqali yo’qotadigan issiqlik ham kiradi) qo’shimcha keladigan quyosh radiatsiyasidan, isitish tizimining issiqlik ajratishdan va tuproq gruntidan issiqlikni to’plash hisobiga ajratilgan issiqliklardan iboratdir. SHunday qilib, inshootning issiqlik balansi issiqlik Sabzavot ko’chatlarini yetishtirish uchun biologik yoqilg’i, tuproq aralashmasiga bo’lgan talabni aniqlash balansi sarfi, isitish va shamollatish sistemalari quvvatini belgilaydi. Hozirgi vaqtda-yil davomida foydalaniladigan issiqxonalardagi asosiy isitish tizimi tuproqni, havoni quvurlar orqali keladigan issiqlik vositasida isitishdan; bahor-yoz va kuz davrida foydalaniladigan issiqxonalarda havo orqali va ayrim hollarda tuproqni quvurlar orqali issiq suv va elektr energiyasi vositasida isitishdan, shuningdek, parniklar va uncha katta bo’lmagan issiqxonalarni biologik yoqilg’i bilan isitishdan iborat.


Suv bilan isitish tizimi suv isitadigan 2-4 qozon, magistral isitish quvurlar, bu quvurlar orqali issiqxonaga issiq suv kelib turadi va yana qozonlarga qaytib boradi. SHuningdek, isitish asboblari (metall va asbest-tsement quvurlar, registorlar) ham kiradi. Bular devorlar yoniga o’rnatiladi yoki stellajlar tagiga va shiftga osib qo’yiladi. Tuproq isitish uchun sirti silliq qilib ishlangaan (korroziyadan himoyalangan) metal quvurlardan foydalaniladi. Bu quvurlar ichida suv tabiiy ravishda oqib keladigan va majburiy ravishda aylanib turadigan bo’lishi mumkin. Tabiiy ravishda aylanib turish issiq suv bilan sovigan suvning solishtirma og’irligi o’rtasidagi tafovut hisobiga vujudga keladi va bu usul kichik issiqxonalarda qo’llaniladi. Yirik issiqxonalarda nasos qurilmasi yordamida suvni majburiy ravishda harakatlantirish tizimi orqali bajariladi. Issiqxonalar uchun issiqlik berish harorati 95°S, 110°S, 130°S va 150°S ni tashkil qilishi, tuproq ostida isitishda esa 40°S dan oshib ketmasligi kerak. Issiqxonaning har 1 m2 inventar maydoni hisobiga 0,3-0,4 m2 sathli silliq metall quvurlardan iborat isitish tizimi quriladi. Ushbu usuldagi isitish tizimining ishlatishda ko’mir, mazut, tabiiy gaz va solyar moyidan foydalaniladi. Ularning issiqlik berish qobiliyatidan 70-80% ga foydalaniladi. Havo orqali isitish esa kaloriferlar, issiqlik generatorlari va isitadigan ventilatsion agregatlar orqali amalga oshiriladi.
Isitiladigan davr sifatida o’rtacha harorati +12°S dan kam bo’lmagan oylar olinadi. Ekin o’stiriladigan issiqxonalardagi inshootlarda o’rtacha kunlik yoki o’rtacha oylik harorat sabzavot yetishtirishda +18°S, issiqxona uchun ko’chat yetishtirishda +25°S va ochiq yerga o’tqazish uchun ko’chat yetishtirishda +15°S bo’lishi kerak.
Issiqlik sarfi hali yonilg’iga bo’lgan ehtiyojni belgilay olmaydi. Uni belgilash uchun foydalaniladigan yonilg’ining issiqlik berish qobiliyati va isitish tizimidan foydalanish koeffitsentini bilish kerak bo’ladi. CHunonchi isitish tizimining issiqlik ajratish qobiliyati Mdj/kg bilan o’lchanadi. 1 kg yoqilg’ini issiqlik berish qobiliyati Angrendan chiqadigan ko’mirda – 16,1, solyar moyi uchun – 42,3, mazut – 39-40, tabiiy gaz uchun – 33-36 Mdj ni tashkil etadi. Issiqlikdan foydalanish koeffitsenti (isitish asboblari tomonidan ajratiladigan issiqlik miqdori foydalanishda bo’lgan yonilg’ining issiqlik ajratish qobiliyatiga bo’lgan nisbati) suv bilan isitadigan tizimida 0,65-0,7 va koliferlarda esa 0,8 dan ko’proq bo’ladi. Hisob issiqli berish qobiliyati va issiqlikdan foydalanish koeffitsentiga bo’lish bilan issiqlikka bo’lgan ehtiyojni belgilanadi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sabzavot ko’chatlarini yetishtirish uchun biologik yoqilg’i, tuproq aralashmasiga bo’lgan talabni aniqlash

Download 16,04 Mb.