• Issiqxonalarda ko’chat va sabzavotlarni yetishtirish uchun tuproq aralashmasiga talabni aniqlash.
  • 2.O’g’itlarning turlari va ularni berish usullari.
  • Talabalarni xo’jalikdagi himoyalangan yerlar uchun tuproq aralashmalariga talabni hisoblashni bajarishga o’rgatish




    Download 16,04 Mb.
    bet126/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    1.Talabalarni xo’jalikdagi himoyalangan yerlar uchun tuproq aralashmalariga talabni hisoblashni bajarishga o’rgatish
    Bu topshiriqni har bir o’quvchi mustaqil bajaradi. Tuproq aralashmalariga talabni aniqlashda solinadigan qatlam qalinligi hisobga olinadi. U maysalarni yetishtirishda u 10-12 sm, pikirovkadan (maysalar siyraklab o’tkazilgandan) so’ng karam va qalampir uchun – 12-15 sm, pomidor va baqlajon uchun – 15-20 sm bo’ladi. Issiqxonalarda hidli ko’katlarni mahsulot uchun yetishtirishda tuproq aralashmasini qatlam qalinligi 15-20 sm ni, bodring va pomidorni yetishtirishda esa 25-30 sm ni tashkil qilishi kerak. Tuproq aralashmani tarkibi uni qanday maqsadlarda foydalanishga bog’liq va ushbu o’quv qo’llanmani 4.2. bo’limida bayon etilgan.
    Tuproq aralashmasini komponentlari (tarkibiy qismi) hajmiy massaga ko’ra farqlanadi. 1 m3 chim tuproqni vazni 1,2-1,3 t ni, chirindiniki – 0,8 t, qumniki – 1,4-1,5 t ni, parnik yoki issiqxona tuprog’iniki – 1,0-1,1 t ni tashkil qiladi.
    Har bir o’quvchi dars boshida mustaqil topshiriq oladi, bunda yetishtiriladigan karam, pomidor, qalampir va baqlajon ko’chatlarini maydoni va mahsulot olish uchun yetishtiriladigan ko’kat ekinlar, pomidor va bodring maydonlari ko’rsatiladi.


    Issiqxonalarda ko’chat va sabzavotlarni yetishtirish uchun tuproq aralashmasiga talabni aniqlash.

    t/t


    Ekinlar

    Etishtiriladigan maydon, m2

    Solinadigan qatlam qalinligi, m

    O’stirish uchun solinadagan qatlam hajmi, m3

    Komponentlarga talab

    m3

    t

    chim tuproq

    chirindi

    qum

    chim tuproq

    chirindi

    qum

    Ko’chat yetishtirish


    Karam





























    Pomidor





























    Qalampir





























    Baqlajon




























    Sabzavotlarni yetishtirish


    Ko’kat ekinlar





























    Pomidor





























    Bodring




























    Tuproq aralashmasiga umumiy talab (5 ustun) m3 da aniqlangandan so’ng, o’quvchilar tuproq aralashmasi komponentlarini hajmiga talabni hisoblaydilar. Buning uchun quyidagi aralashmalar tarkibi nisbatlaridan birortasini tanlaydilar: 1) chim tuproq – 70%, chirindi – 25%, qum – 5%; 2) chim tuproq – 60%, chirindi – 35% va qum – 5%. Umumiy tuproq aralashmasiga talabni 100% deb olib, ayrim komponentlarga talabni m3 da aniqlaydilar. (6, 7, 8 ustunlar).


    Tuproq aralashmasi komponetlariga tonna hisobidagini talabini umumiy talab qilinadigan u yoki bu komponet hajmi uni hajmiy vazniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. U mazkur mashg’ulot uslubiy ko’rsatmasida keltirilgan.
    2.O’g’itlarning turlari va ularni berish usullari.
    Himoyalangan yerlarda yuqori unumdor tuproq aralashmalarini qo’llash, ekinlarni o’sishi va rivojlanishiga qarab oziqlantirish zarurligini boshqarishni mustasno etmaydi.
    Bu o’simliklarni barcha mineral elementlardan iborat oziqa bilan zarur nisbatlarda ta’minlashga va tuproq eritmasi kontsentratsiyasi va uni reaktsiyasini maqbul darajada ushlab turishga imkon beradi. SHu bois tuproq aralashmasida yetishtirishda agrokimyoviy tahlillar asosida mineral makro va mikro o’g’itlar qo’llaniladi. Kichik xo’jaliklarda organik o’g’itlar ham beriladi.
    Solinadigan o’g’itlarni miqdori ekinlarni xususiyatlari, yoshi, inshootlardagi aniq mikroiqlim sharoitlari va boshqa omillar hisobga olinib aniqlanadi. Tuproq aralashmasiga o’g’itlarni solish nafaqat o’simliklarni oziqa bilan ta’minlaydi, balki tuproqda oziq elementlarni singishini kuchaytiradi, unda hayot jarayonlari energiyasini oshiradi, tuproqning o’zidagi xususiyatlarni o’zgartiradi. Himoyalangan yerlarda qo’llaniladigan organik va mineral o’g’itlarni turlari ham, juda xilma-xildir.
    Himoyalangan yerlarda qo’llaniladigan organik o’g’itlarni asosiy turi, har xil turdagi hayvonlarning go’ngi va chirindi hisoblanadi. Bndan tashqari u yerda parranda tezagi va sanoat korxonalarining chiqindilaridan ham foydalaniladi. Ularni tarkibi, oziqalik ahamiyati va xususiyatlari bilan o’quvchilar “Agrokimyo” o’quv fanini o’tganlarida tanishganlar.
    Issiqxona sabzavotchiligida uzluksiz almashtirmay foydalaniladigan tuproqlarda mineral o’g’itlar ma’lum talablarga javob berishi kerak. Ular yuqori to’yingan bo’lishi, ballastsiz (qoldiqsiz), tarkibida zararli chiqindilar (xlor, ftor, natriy, mishyak, bauret) bo’lmasligi kerak. Agar o’g’itlar suvda oson va tez eriydigan bo’lsa, ularni solishda avtomatlashtirilgan yomg’irlatish tizimlaridan foydalanish mumkin. To’yingan tuproq qorishmasi muvozanatini buzmaslik uchun tuproqqa u yoki bu bir o’g’itni uzoq muddat solishdan chetlashish (qochish) lozim. Tuproqlar tarkibida tuzlar yuqori bo’lganda suvda erimaydigan, ammo o’simliklar singdirishi oson bo’ladigan murakkab o’g’itlarni qo’llash lozim.
    Azotli o’g’itlardan himoyalangan yerlarda asosan ildiz va ildizdan tashqari oziqlantirishda muhim hisoblangan mochevina hamda selitradan foydalaniladi. Azotli o’g’itlarni boshqa turlari bu yerda kamroq qo’llaniladi, chunki ular ayrim nojo’ya ta’sir ham ko’rsatishi mumkin.



    Download 16,04 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarni xo’jalikdagi himoyalangan yerlar uchun tuproq aralashmalariga talabni hisoblashni bajarishga o’rgatish

    Download 16,04 Mb.