• Himoyalangan yerlarda yorug’lik tartiboti.
  • QUYIDAGI SAVOLLARGA BERILGAN TO’G’RI




    Download 16,04 Mb.
    bet123/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    QUYIDAGI SAVOLLARGA BERILGAN TO’G’RI
    JAVOBNI TOPING!!!





    Savol

    Javob

    1.

    Antropogen omillarga nimalar kiradi

    yetishtirish texnologiyasi, fizik va kimyoviy ta’sir

    2.

    Ifloslangan oynalar yorug’likni o’tkazilishi necha foiz kamaytiradi

    30 sm

    3.

    Himoyalangan yerlarda ildiz joylashgan muhit hajmi qalinligi.

    50%

    4.

    Ilitilgan yer qanday guruhlarga bo’linadi

    4


    6-Amaliy mashg’ulot mavzusi:

    Himoyalangan yerlarda yorug’lik tartiboti.

    Ishdan maqsad. Issiqxona ekinlarini yorug’likka talabi turlicha bo’lib u yetishtirish usullarini o’ganish.

    TOPSHIRIQ.

    1.YOrug’likni ahamiyati va issiqxona sabzavot o’simliklarini unga talabi.
    2.Ekin o’stiriladigan inshootlarda yorug’likni yaxshilash uslublari


    TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR:
    YOrug’likni ahamiyati va issiqxona sabzavot o’simliklarini unga talabi.
    Issiqxona ekinlarini yorug’likka talabi turlicha bo’lib u yetishtirish usullariga bog’liq. Bu belgilarga ko’ra himoyalangan yerdagi sabzavot o’simliklari quyidagi uch guruhga bo’linadi: 1) yorug’likka juda talabchan (minimal yorug’lik 5-6 ming lyuks va minimal yorug’likni davomiyligi ko’rsatilgan yorug’likni jadalligida sutkasiga 8-10 soat) – urug’ va ko’chat bilan yetishtiriladigan barcha ekinlar; 2) kam talabchan (sutkada 5-6 soat davomida 0,5-2 ming lyuks) – yetiltirish, tezlashtirib o’stirish va konser-vatsiya (o’sishdan to’xtab turish) qilinadigan barcha ekinlar, faqat uchinchi guruhga kiruvchi o’simliklardan tashqari; 3) yorug’liksiz yetishtiriladigan – tezlashtirib o’stirishga mo’ljallangan tsikoriy salati, rovoch va yetiltirib olinadigan sarsabil, romen-salati, porey-piyozi, gul va bryussel karamlari.
    Eng minimal yorug’likda pomidorni o’sishi, gullashi va hosil berishi uchun – 5 ming lk, bodring uchun – 2,4 ming lk ni tashkil qiladi. Rediska, ismaloq, ukrop 4 ming lk yorug’likda o’sadi, piyoz bargini olish uchun – 1-2 ming lk kerak. Ko’chatlik fazada o’simliklar yorug’likka ayniqsa talabchandir. 25 kunlik bodring ko’chatlarini o’sishi va rivojlanishi uchun zarur minimal FFR (fotosintetik faol radiatsiya) – 3,9 ming lk, yoki 0,054 kal/sm2min, 35 yoshlik ko’chatlar uchun – 3,3 ming lk, yoki 0,046 kal/sm2min, 35 kunlik pomidor ko’chati uchun – 6,0 ming lk, yoki 0,084 kal/sm2min, 50 yoshli uchun – 3,8 ming lk, yoki 0,053 kal/sm2min tashkil qiladi.
    YOrug’likni yetishmovchiligi o’simlik poyalarini bo’yiga cho’zilib va kelgusida bukilib egilib ketishiga olib keladi. Bunda ko’chatlar ochiq yerga ko’chirib o’tkazganda yetib qoladi. Past yorug’lik hosilni kamayishiga, mevalarni shakllanishini ushlab turishga va ularni tovarlik sifatini pasayishiga, mahsulot tarkibida qand va vitaminlarni kamayishiga olib keladi.
    O’simliklarni yorug’likdan unumliroq foydalanishi uchun har bir ekin uchun maqbul oziqlanish maydoni, o’simliklarga shakl berish usullarini, ekinlarni bag’azga olish usullarini tanlash zarur. Ekin o’stiriladigan inshootlarda yorug’lik sharoitlari yildagi davrlarga, inshootlarni konstruktsiyasiga (tuzilishiga), iqlim sharoitlarga va boshqalarga qarab o’zgaradi.
    Quyosh yog’dusini davomiyligi (soat soni) faqat 2-3 marotaba ko’payishiga qaramasdan yozda tushadigan energiya miqdori qishdagiga qaraganda taxminan 10 marta kamroqdir. To’la bulutli vaqtlarda yer yuziga 20% gacha yorug’lik energiyasi yetib keladi. Quyosh radiatsiyasini spektral tarkibi mavsum va sutka davomida, ertalab, kechasi va qishda o’zgarib boradi, quyosh (nad gorizontom) ufqdan past turganda qizil va infraqizil, kunni yarmida va yozda – ultrabinafsha nurlari ko’proq bo’ladi.
    O’zbekiston iqlimi serquyoshli va qisqa kunliroq bo’lishiga qaramasdan, quyosh yog’dusining davomiyligi Rossiyaning o’rta qismiga nisbatan yil davomida 1,5-2,0 marta, qish davrlarida – 3-4 marta, quyosh radiatsiyasining kattaligi esa 8-10 marta ko’proqdir.
    YOrug’lik eng tanqis bo’ladigan oylar dekabr va yanvar hisoblanadi. Bu ikki oyda fiziologik faol radiatsiyaning gorizontal yuzaga tushadigan miqdori bo’yicha yevro-osiyo (materiki) qit’asi 8 ta yorug’lik mintaqalariga (0...7) bo’linadi. O’rta Osiyo va Zakav-kaziya yettinchi, Qrim va SHimoliy Kavkaz, Amur oldi va Uzoq SHarq – oltinchi, yorug’lik mintaqalariga mansub. yettinchi yorug’-lik mintaqasida bodring va pomidor qishi bilan hosil berishi mumkin. Bodring ko’chatlarini oltinchi va yettinchi mintaqalarda hamda pomidorni yettinchi mintaqada elektr yordamida qo’shimcha yorug’likni qo’llamasdan tabiiy quyosh radiatsiyasi hisobiga yetishtirish mumkin. Boshqa mintaqalarda yorug’likka talabchan sabzavot o’simliklarini issiqxonalarda oktyabr-dekabr oylarida FFR yetishmasligi tufayli ko’chat usulisiz yetishtirish mumkin emas.



    Download 16,04 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    QUYIDAGI SAVOLLARGA BERILGAN TO’G’RI

    Download 16,04 Mb.