|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 138/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaIshni bajarish tartibi. Poliz ekinlari ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasi, bodring ko‘chatini yetishtirish texnologiyasi bilan bir xil. Bu muddatlarda ko‘chat o‘tkazilganda qishki issiqxonalardan qovunni birinchi mevalari aprelni oxirgi kunlarida, tarvuzniki esa may boshida olinadi; quyosh bilan istiladigan plyonkali issiqxonalardan qovun may boshida va tarvuz may o‘rtalarida olinadi.
Issiqxonalarda poliz o‘simliklarini qatorli usulda joy-lashtiriladi. Oynavand issiqxonalarda ularni qator oralarini 1,4-1,6 m va qatordagi o‘simliklar orasidagi masofani ekin turi va naviga qarab 30-70 sm, ya’ni 1 m2 maydonda qovun o‘simligi 1,5-2 donani, tarvuz o‘simligi esa 0,5-1 donani tashkil qiladi. O‘suv davri ancha qisqa bo‘lgan va isitish sharoiti yomonroq bo‘lgan plyonkali issiqxonalarda o‘simliklar zichroq, 1 m2 ga 2-3 dona joylashtiriladi, ekish shakllari 7070 sm, 8040-45 sm. Birin-chi sug‘orishni har qator oralar bo‘ylab, so‘ng qator oralatib sug‘oriladi, ya’ni o‘tkazilgan o‘simliklar qo‘shqatorli lentasimon (70+70 va 80+80 sm) joylashtirish shaklini egallaydi.
Ko‘chatni o‘tkazish uchun issiqxona tuprog‘i yaxshi ishlangan bo‘lishi kerak. Poliz ekinlariga mineral o‘g‘itlar solinmaydi, lekin organik moddalar va g‘ovaklashtiruvchi materiallar bilan yaxshi boyitilgan tuproqlardan foydalaniladi.
Ko‘chat asosiy ekiladigan joyga o‘tkazish vaqtida ikki-uch, lekin to‘rttadan oshmagan chinbargga ega bo‘lishi kerak. Ko‘chatlarni o‘tkazishdan 5-7 kun oldin ular chiniqtiriladi. Ko‘chatlar tuproq harorati 14°S dan past bo‘lmaganda olib ekiladi.
Ekishdan oldin issiqxona tuprog‘i qabul qilingan joylashtirish shakli bo‘yicha markerlanadi. Ko‘chat ekiladigan joylarda uyalar ochiladi, ularni tubiga tuproq bilan aralashtirilgan chirindi solinadi. Uyalar suv bilan namlanadi (har uyaga 1,5-2 l suv) suv shimilishi bilan uyalarni tubiga kubikli ko‘chatlar o‘rnatiladi va uni tuproq yuzidan 1,5-2 sm baland qilib tuproq bilan to‘ldiriladi, shunda o‘simliklar atrofi do‘ngroq bo‘ladi. Ko‘chatlar o‘tkazilgandan so‘ng egatlar orqali suv beriladi.
O‘simliklarni kasalliklar bilan zararlanishini kamaytirish va yuqori sifatli mevalar olish uchun poliz ekinlarini issiqxonalarda tik bag‘azda o‘stiriladi.
Tik bag‘az kanopni har bir o‘simlikka bog‘lanadi, kelgusida poyalar muntazam kanop atrofida o‘rab turiladi. Qovunni tezpishar Roxat navi va tarvuzni O‘rinboy navlari o‘simliklariga shakl bermaydilar. Tumanlashtirilgan tezipshar navlarining ikki pastki yon shoxlari (birinchi tartibli palaklar) olib tashlanadi. Chunki ularda urg‘ochi gullar ko‘pincha kechroq hosil bo‘ladi, keyingi uchinchi-to‘rtinchi yon shoxlarni (palaklarni) tuproq yuziga yoyib qo‘yiladi va har birida ona gullari paydo bo‘lgandan keyin chilpiladi. 6-7 bo‘g‘imdan so‘ng onalik gullari hosil bo‘lmagan shoxlari olib tashlanadi. Asosiy novda chilpilmaydi. Bag‘azni o‘rta va yuqori pog‘onalaridagi birinchi tartibli yon novdalar onalik gullari yuqorisidan ikki-uch barg qoldirilib chilpiladi. Naychalarni me’yorlashtirish birinchi mevalarni shakllanishini tezlashtiradi va ularning tovarlik hamda ta’m sifatini yaxshilaydi.
Bir o‘simlikda 0,8-1,2 kg li 4-5 ta mevani qoldirilsa o‘simlik me’yorida yuqlangan hisoblanadi.
Mevlarni to‘r qopchalarga solib bag‘azning yuqoridagi gorizontal simiga yoki issiqxona sinchlariga bog‘lab qo‘yiladi. Tuproq yuzasida yoyilib yotgan shoxlarda shakllangan mevalar tagiga plyonka bo‘lakchalari solib qo‘yiladi.
Issiqxonalarda yetishtiriladigan poliz ekinlarini parvarishlash, maqbul haroratni (kunduzi – 26-28°S, kechasi – 18-20°S), havoning nisbiy namligini (60-70%) saqlab turishdan iborat. Unga isitish va shamollatishni boshqarish yo‘li bilan erishiladi, shuningdek sug‘orish va oziqlantirish, tuproqni yumshatish va kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini olib borishdan iborat. Sug‘orishlar avval mo‘tadil, so‘ng to‘yintirib o‘tkaziladi. O‘suv davrida egat orqali sug‘oriladi.
Issiqxonada qovun mavsumda 8-10 marta, tavruzni 1-2 marta kamroq sug‘oriladi. Issiqxonalardagi tuproq ikki-uch marta yumshatiladi. Mevalar shakllanguncha bir-ikki marta oziqlantiriladi. Oziqaning tarkibi va me’yori: 1 m2 maydondagi qovunga 15 g ammiakli selitra, 30 g ammofos va 10 g kaliy tuzi; tarvuzga – tegishlicha 10, 30 va 30 g. Oziqlantirish tuproqni navbatdagi yumshatish va sug‘orish bilan qo‘shib o‘tkaziladi. O‘g‘it qo‘lda sochiladi va tuproqqa aralashtirib yuboriladi.
Poliz ekinlarini mevalari bir vaqtda yetilmaydi, shuning uchun 3-4 marta terishga to‘g‘ri keladi. Issiqxonalarda ularni hosildorligi 1 m2 dan 4-5 kg ni tashkil qiladi.
|
| |