|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 140/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaTopshiriq. Chuchuk qalampirni nav belgilarini o‘zlashtirish, issiqxonalarda o‘stiriladigan navlarni ta’rifini berish va ularni aniqlashni o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Qalampir navlari ta’m sifatlariga ko‘ra achchiq va chuchuk xillarga bo‘linadi. Chuchuk navlar yaxshiroq o‘sgan, yo‘g‘on poyali tupdan iborat, mevalari tupda ko‘pincha yuqoriga yo‘nalgan, barglari tuxumsimon, yirik, kosacha barglari meva asosini o‘rab turmaydi, mevasi uchi to‘mtoq, mevasining diametri 3 sm dan ortiq, eti qalin (2-6 mm), meva bandi mevaga botib kirgan.
Issiqxonalarda yetishtiriladigan chuchuk qalampir navlari qo‘yidagi morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi:
tupining balandligi: baland bo‘yli – 1,5 m dan yuqori, o‘rta bo‘yli – 1-1,3 m, past bo‘yli – 1 m dan past.
bargining katta-kichikligi: mayda – 5-8 sm, yirik – 8-12 sm, juda yrik – 12 sm dan ortiq.
bargining rangi: och yashil, yashil, kul rang (xira) yashil.
mevasining tupdagi xolati: osilib turuvchi, kam osilib ham yuqoriga qaragan va yuqoriga ko‘tarilgan.
mevaning shakli: pomidorsimon, olmasimon, kvadrat, kesik-piramidasimon, kvadrat-bo‘rtgan, konussimon, silindrsimon, uzun qo‘zoqsimon, asosi keng qo‘zoqsimon, siqiq-qo‘zoqsimon, to‘g‘ri burchakli (37-rasm).
37-rasm. Chuchuk qalampir mevalarining shakli (A.I.Filov bo‘yicha):
1 – olmasimon; 2 – pomidorsimon; 3 – kvadrat-bo‘rtgan; 4 – kvadratsimon; 5 – kesik piramidasimon; 6 – to‘g‘ri burchakli; 7 – silindrsimon; 8 – konussimon; 9 – uzun qo‘zoqsimon; 10 – asosi keng qo‘zoqsimon; 11 – siqiq-qo‘zoqsimon.
mevaning katta-kichikligi: yirik – uzunligi 10 sm va eni 8 sm dan ortiq; o‘rtacha – uzunligi 7-10 sm va eni 5-6 sm; mayda – uzunligi 7 sm gacha va eni 5 sm gacha.
mevaning egilganligi: egilmagan, o‘rtasidan egilgan, uchidan egilgan.
mevaning egri-bugriligi chuchuk qalampirda tasvirlanib u quyidagicha bo‘lishi mumkin: kuchli, bir oz, faqat meva asosida va egri-bugri emas.
meva bandining botiqligi: chuqur, kam botgan va botmagan.
texnik yetilgan mevalarning rangi: to‘q yashil, yashil, och yashil va sarg‘ish.
urug‘lik bo‘lib yetilgan qalampir mevasining rangi: to‘q qizil, och qizil, to‘q sariq, sariq.
etining qalinligi: juda qalin (6 mm dan qalin), qalin (3-6 mm) o‘rtacha (2-3 mm) va yupqa (2 mm gacha).
|
| |