Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet105/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Kashnich. Bu ham bir yillik o‘tli o‘simlik. Uni barglari tarkibida 140-160 mg% vitamin S mavjud. Lekin ayrim ma’lumotlarda esa 200-240 mg%, 10-12 mg% gacha karotin (provitamin A), 145 mg% gacha rutin (vitamin R), V (V1, V2) vitaminlar guruhi va boshqalar mavjud. Kashnich barglari ko‘pchilik makro va mikroelementlarni mineral tuzlariga boy. Uni barglarida 0,1-0,2% (quruq vazniga ko‘ra) efir moylar, ular juda yoqimli xidga va yaralarni bitishida antiseptik xususiyatga ega. Halq tabobatida zardobni chiqaruvchi antiseptik vosita sifatida, ovqatni hazm qilish bezlari faoliyatini ko‘chaytirish uchun, qo‘zg‘atuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Urug‘lari shamollashda va oshqozon xastaliklarida, ko‘katini esa – singani oldini olish va davolashda qo‘llaydilar.
Kashnichni tezpisharligi ukropga yaqin. Shuning uchun uni ukrop kabi ekib yetishtiradilar, urug‘ini ekish va hosilini yig‘ishtirish ham ukrop muddatlariga to‘g‘ri keladi. Urug‘i ukrop kabi yoppasiga, sochma yoki ko‘p qatorli lentasimon usulda eqiladi. U ukrop kabi asosiy yoki zichlovchi ekin sifatida yetishtiriladi. Kashnich urug‘larini o‘nuvchanligi yaxshirok bo‘lganligi uchun bir sutka davomida ivitiladi. Urug‘ni ekish me’yori ukropga nisbatan kamroq – o‘zi mustaqil ekil-ganda 1 m2 ga 12 g sarflanadi. Kashnichni xosildorligi, ukropnikidan biroz yuqori. U mustaqil eqilganda 1 m2 dan 5-6 kg xosil beradi.
Petrushka. Petrushka – ikki yillik o‘simlik. Petrushkani ikki: bargli va ildizli turlari mavjud. Birinchi yilda yetishtirilganda, silliq, yaltiroq, qir-qilgan to‘p barglarni va ildiz tizimini shakllantiradi. Ildizli turida qo‘l-rang-oq, yo‘g‘onlashgan ildizmeva, bargli turida esa tarqalgan ingichka ildiz shakllanadi. Ikkinchi yil yetishtirilganda balandligi 100 sm gacha bo‘lgan gulli poya rivojlanadi. Gulto‘pi – murakkab soyabon, gullari mayda, sarg‘ish-yashil rangda, chetdan changlanuvchan. Mevalari (urug‘i) – qo‘shurug‘, ikki bo‘lakka ajraladigan. 1000 urug‘ni massasi – 0,8-1,8 g, urug‘dan foydalanish muddati – 2-3 yil.
Petrushka – sovuqqa bardosh beradigan o‘simlik. Katta yoshdagi o‘simliklar 7-9°S sovuqqa bardosh beraoladi. Urug‘ 3-4°S haroratda unib chiqaboshlaydi. Urug‘ini unib chiqishi uchun maqbul harorat 19-21°S. Unib chiqqandan so‘ng 5-6 kun davomida tinik quyoshli kunlarda maqbul xarorat – 14-16°S, bulutli kunlarda – 12-15°S va kechasi – 10-14°S, bu davrda maqbul tuproq harorati – 14-16°S hisob-lanadi. Keyingi davrlarda maqbul havo harorati tiniq quyoshli kunlarda – 16-18°S, bulutli kunlarda – 14-16°S va kechasi – 10-12°S, tuproqni maqbul harorati yetishtirish davrida – 13-16°S. Tezlashtirib o‘stirish uchun maqbul harorat – 12-20°S hisoblanadi.
O‘zbekistonda mavsumdan tashqari vaqtlarda petrushka ko‘kati tezlashtirib o‘stirish va urug‘ bilan ekish uslublari orqali yetishtiriladi. Tezlashtirib o‘stirladigan ekinda ildizli navlardan tumanlashtirilgan mahalliy Nulufar va fransuzlarni Gigant De Italiya, Kamila (Dark Grin), Novas va rossiyani Saxarnaya navlaridan foydalaniladi. Urug‘ bilan eqiladigan ekinda tumanlashtirilgan rossiyaning bargli Saxarnaya yoki tumanlashtirilmagan Obыknovennaya listovaya navlaridan foydalanadilar.
Petrushka barglarini tezlashtirib o‘stirish dekabr – fevral oylarida olib boriladi. O‘stirish davomiyligi 35-40 kun. Ko‘katni uzluksiz chiqishini ta’-minlash uchun tezlashtirib o‘stirishga mo‘ljallangan ildizmevalar qish davomida birnecha muddatlarda eqiladi. Tezlashtirib o‘stiriladigan ildizmevalar ochiq yerda yetishtiriladi. Oktabr oxirida ular kovlab olinadi va saqlashga qo‘yiladi. Tezlashtirib o‘stirishga ildizmevalar omborxonalardan olinadi.
Ba’zan urug‘larni ekish oldidan 35-50S iliq suvda 4-5 sutka davomida kaliy permanganat yoki borat kislotasi eritmasida (1 l suvga 0,1-0,2 g preparat) 18-24 soat davomida ivitadilar. Ekish oldidan urug‘larni ekishga tayyorlash maysalarni paydo bo‘lishini 7-8 kunga tezlashtiradi.
Tayyorlangan urug‘larni o‘ncha chuqur bo‘lmagan nam tuproqli egatlarga ekadilar. Eqilgandan so‘ng tuproq yuzi chirindi bilan mulchalanadi. Bahor vaqtida urug‘ eqilganda keyin egatlar yorug‘lik o‘tkazadigan plyonka bilan yopiladi, uni urug‘ unib chiqishi bilan tezda olib tashlaydilar.
Shimolga yaqin mamlakatlarda petrushkani ko‘chat orqali yetishtiradilar. U ildiz tizimini shikastlanishini ko‘taraolmaydi. Shuning uchun ko‘chatlarni 444 sm torf chirindili tuvakchalarga 2-3 donadan urug‘larni ekish yo‘li bilan yetish-tiriladi.
Urug‘ sentabrda, keng pollardagi ko‘p qatorli (qatorlar orasi 10-15 sm), egatlarga eqiladi va ular orasida yo‘llar qoldiriladi. Ekish chuqurligi 0,5-1 sm, 1 m2 yuzaga urug‘ni ekish me’yori 1,5-2 g, qatordagi o‘simliklar orasidagi masofa yagana qilinganidan so‘ng 2-3 sm ni tashqil qiladi.
Petrushka o‘rtacha issiqlikni (15-17°S), havoning past nisbiy namligini (60-70%) va o‘rtacha tuproq namligini (60-70% NV) talab qiladi. Petrushka chirib ketmasligi uchun, kam-kam, to‘yintirib sug‘oriladi. Dekabr-yanvarda, yorug‘lik yetarli bo‘lmay namlik me’yoridan oshib ketganda u juda qiynaladi.
Petrushkani ko‘p marotaba kesib olish yo‘li bilan yig‘ishtiradilar. Birinchi kesish urug‘ eqilganidan 2,5-3 oy o‘tgach o‘tkaziladi. Qishki va bahorgi vaqtlarda o‘rimlar orasidagi vaqt 50-60, erta bahorda esa 30-40 kunni tashqil qiladi. Yetishtirish mavsvumida (sentabrdan maygacha) 5-7 marotaba kesiladi va 1 m2 dan 8-10 kg ko‘kat olish mumkin.

Download 16,04 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.