|
Ziravor ko‘kat ekinlarni yetishtirish texnologiyasi
|
bet | 104/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaZiravor ko‘kat ekinlarni yetishtirish texnologiyasi
O‘zbekiston issiqxonalarida yetishtiriladigan ziravor ko‘kat ekinlardan keng tarqalganlari ukrop, kashnich va petrushka hisoblanadi.
Ukrop – bir yillik o‘t o‘simlik. Ovqatga yosh barglari va poyalari (5-10 bargli fazada) ishlatiladi, ulardan ko‘pchilik taomlarga dorivor tayyorlanadi, sabzavot salatlariga ham qo‘shiladi. Yosh ukropni quritadilar va tuzlaydilar. Gul tuplaridan (soyabonlari) sabzavotlarni konservalashda dorivor sifatida foydalaniladi. Ukrop urug‘i qaynatmasi ishtahani ochish uchun va uyqisizlikni oldini olish vositasi sifatida, barg va poyalarini damlamasi – qon bosimi xastaligini davolashda ishlatiladi.
Ukropni parhezlik qiymati unda uzgarmas xidli efir moylarini, turli xil vitaminlar va mineral tuzlarni mavjudligi bilan belgilanadi. 100 g ukrop bargi va poyasida 120 mg vitamin S, 5 mg karotin, hamda V, RR va R guruhidagi vitaminlar mavjud. Ukropda yengil singiydigan Fe, P, K, Ca tuzlari ham ko‘p.
Mahalliy – O‘zbekiston 243 va Orom, fransiyani – Annet, ukrainani – Xarkovskaya 85 navlari yetishtirilmoqda. Ba’zi issiqxonachilar tumanlashtirilmagan chet elning Gribovskiy, Armyanskiy269 va Superdukat OE navlaridan foydalanadilar.
Qishki issiqxonalarda ukropni bodring va pomidor orasiga zichlovchi ekin sifatida hamda yorug‘ karidor, yo‘laklarga joylashtirilgan yashiklarda yetishtiradilar, bahorgi issiqxonalarda – zichlovchi ekin sifatida, sof xolda kamroq eqiladi.
Ukrop uchun tuproqning maqbul namligi 70-80% EPN (eng past namlik), havoning maqbul nisbiy namligi esa 50-70%. Tuproqni me’yoridan ortiq nam-lanishi va haroratni 22-25°S gacha ko‘tarilishi, hamda havoning ortiqcha nisbiy namligi fuzariozni tarqalishiga olib keladi.
Ukrop o‘simliklarini bo‘yi 20 sm yetganda yig‘ishtiriladi. Ammo ukrop eng maksimal ko‘k massa va yoqimli xidni, yuqoridagi barg qo‘ltig‘larida (cho‘ziq yo‘g‘on) to‘p gullar paydo bo‘layotgan bosqichda beradi. Yig‘ishtirish vaqtida o‘simliklar ildizi bilan sug‘urib olinadi. Ukropni tuproq yuzidan yuqori qismini kesib yig‘ishtirish ham mumkin. Bunda sug‘orilgandan so‘ng u yana o‘saboshlaydi va uni ikkinchi marta o‘rib olish mumkin. Ukropni 0°S da 3-5 kun davomida saqlash mum-kin.
Ukropni hosildorligi bir ko‘chat yashigidan 200-400 g, issiqxonaning yo‘lak va karidorlarini 1 m2 dan – 1,0-1,5 kg, plyonkali issiqxonalarda esa yetishtirish muddatiga qarab – 1,5-2,5 kg. Zichlovchi ekin sifatida yetishtirilganda hosildor-lik ikki marta kam.
|
| |