-rasm .Pekin karamini Xibinskaya navi 23-rasm




Download 16,04 Mb.
bet108/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

24-rasm .Pekin karamini Xibinskaya navi

23-rasm. Xitoy va pekin salatbob karamlari
Xitoy va pekin karamlari sovuqqa chidamli ekinlar hisoblanadi. Urug‘lar 3-4S unib chiqaboshlaydi, urug‘larni unib chiqishi uchun maqbul harorat 20-25S, o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi uchun – 15-22S. Katta yoshdagi xitoy karami pekin karamiga nisbatan ancha sovuqqa chidamli bo‘lib, -8S gacha sovuqqa bardosh beraoladi.
Salatbob pekin va xitoy barg karamlarini himoyalangan yerlarda tuproqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri urug‘ bilan, ham ko‘chat orqali ekib yetishtirish mumkin. Bu o‘sim-liklar ko‘chirib o‘tkazishni yaxshi ko‘taraolmaydi, shu bois ularni ko‘chati pikirovkasiz kassetalarda yetishtiriladi. Ularni juda tezpisharligini inobatga olib ko‘chatlarni boshqa karam turlariga qaraganda ancha yosh vaqtda o‘tkazish va uni kichikroq oziqlanish maydonida yetishtirish kerak. Ko‘chatlarni yetishtirish uchun uyasi 2,5-2,8 sm kattalikdagi kassetalardan foydalanish yaxshiroq. Ko‘chatlarni yoshi 20 kunlik bo‘lib, 3-4 dona haqiqiy barg shakllantirganda o‘tkaziladi. Ko‘chat-larni yetishtirishda 1:0,5-1,0 nisbatda issiqxona tuprog‘i va chirindidan tayyorlangan tuproqa ralashmasidan foydalanadilar va gul karamni yetishtirishdagi harorat va namlik tartibotlari saqlab turiladi.
Himoyalangan yerlarda salatbob pekin va xitoy barg karamlarini xuddi bargli salat singari yetishtiradilar. Ularni ekish muddatlari ham salat bilan bir xil. Bu karamlarni urug‘lari tez unib chiqadi, shu bois ularni ham ivitib ham quruq holda ekadilar. Himoyalangan yerlarda ularni hosili urug‘ eqilgandan so‘ng 35-40 kun o‘tgach va ko‘chat o‘tkazilgandan keyin 15-20 kun o‘tgach yig‘ishtirshga tayyor bo‘ladi. Pekin va xitoy barg karamlarini bargli salatdan farqi, ularni urug‘i ko‘proq me’yorda (0,6-0,8 g/m2) eqilishidadir. Urug‘ni ekish chuqurligi – 1-1,5 sm.
Bu karamlarni urug‘ini ekish va ko‘chatlarini o‘tkazish muddatlari ularni issiqlikka va yorug‘ kun uzunligi talablariga bog‘lanib olib boriladi. Harorat +10S dan past va 24S dan yuqori, hamda uzo‘n kun gulpoya chiqishini tezlashtiradi, hosildorlik va mahsulot sifatini pasaytiradi. O‘simliklarni yaxshi o‘sishi va eng ko‘p hosil berishi harorat 15-20S bo‘lganda va qisqa yorug‘ kunda (13 soatlik) ta’minlanadi.
Egatlar orasini yumshatish va yaganalash urug‘lar unib chiqqandan keyin 10-12 kun o‘tgach o‘tkaziladi. Oziqlantirish yaganalashdan keyin yoki ko‘chat o‘tkazilgandan so‘ng 10-12 kun o‘tgach olib boriladi. Bunda gektariga 70-80 kg hisobida azotli o‘g‘itlar beriladi.
Salatli karamlarni issiqxonalardagi hosildorligi 1 m2 dan 6-8 kg va vaqtincha plyonkali tonnellar ostidan – 2-5 kg.

Download 16,04 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm .Pekin karamini Xibinskaya navi 23-rasm

Download 16,04 Mb.