|
Bosh piyoz (oddiy piyoz) ko‘k bargi
|
bet | 111/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaBosh piyoz (oddiy piyoz) ko‘k bargi. Bosh piyoz – ikki-uch yillik sabzavot o‘simligi. Ovqatga piyozni ko‘k barglari (patlari va poyalari), hamda piyozboshlari ishlatiladi. Himoyalangan yer inshootlarida (oddiy) bosh piyoz ko‘k bargini olish uchun yetishtiriladi. Piyozning achchiq (o‘tkir) mazasi va xidi unda katta miqdorda fitonsidlarni mavjudligi bilan bog‘liq. Undan tashqari, oddiy piyozda kaliy, kalsiy, fosfor, magniy tuzlari, organik kislotalar, S, A, V1, V2, V6, V9, RR vitaminlari mavjud.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida piyoz ikki yillik ekin sifatida yetishtiriladi. Birinchi yilda tovarbob piyozboshlar, ikkinchi yili ulardan urug‘ olinadi. Ko‘k bargini tezlashtirib o‘stirib olish uchun tovarbob piyozboshlar ichidan terib olingan notovar ko‘rinishidagi piyozboshlardan foydalanadilar.
Oddiy piyoz – qishga chidamli ekin va u O‘zbekistonda kech kuzgi ekin sifatida ham yetishtiriladi. Uni urug‘i 3-5S haroratda unib chiqaboshlaydi. O‘simliklar-ni o‘sishi va shakllanishi uchun maqbul harorat – 18-20S. Piyoz barglari -6S gacha past haroratga bardosh beraoladi.
Piyoz – yorug‘sevar, namga talabchan o‘simlik. Uni o‘numdor, yaxshi o‘g‘itlangan maydonlarda yetishtiradilar, Chunki u sust rivojlangan va yuza joylashadigan ildiz tizmiga ega.
Piyoz tuproq o‘numdorligiga yuqori talablarni qo‘yadi, Chunki barglari yaxshi rivojlangan bo‘lsada, u sust rivojlangan ildiz tizimiga ega. Piyoz o‘numdor, gumusga boy, yengil qumloq va qumoq chirindili tuproqlarda juda yuqori hosil beradi. Piyozni yetishtirish uchun nordonligi past va neytral reaksiyali tuproq eritmasi (pH=6,5÷7) eng maqbul hisoblanadi.
Mo‘tadil iqlimli mamlakatlarda, himoyalangan yer inshootlarida piyozbosh bargi butun yil davomida yetishtiriladi. Birinchi ko‘k barg hosilini martni birinchi dekadasida oladilar, buning uchun tayyorlab qo‘yilgan piyozboshlarni fevral boshida yerga ekadilar. Bu yerda ko‘k bargni olish uni mustaqil ekin sifatida yoki bodring, pomidor va boshqa katta oziqlanish maydonida yetishtiriladigan ekinlarga zichlashtirilgan ekin sifatida yetishtiradilar.
Piyozboshlar ekishdan oldin saralanadi, bu barglarni bir tekis o‘sib chiqishini ta’minlaydi. Piyozboshlarni yuqori qismini yelkasigacha kesish yoki uning yuqori qismi qizdirish orqali ularni tinim davridan chiqishini tezlatish mumkin. Piyozboshlarni bo‘yin qismini kesish uchun SOL-2,5 dastgohidan foyda-laniladi, uni bir soatdagi ish o‘numi 200 kg. Piyozboshlarni ichki qismini shikastlantirmaslik uchun ehtiyot bo‘lib kesiladi. Piyozboshlar kesilgandan so‘ng ularni 15 daqiqa davomida kaliy permanganat eritmasida (1 l suvga 0,2 g margansovka) saqlab turiladi.
Barglarni gavjum o‘sishini tezlatish uchun boshqa usullardan ham foydala-niladi. Piyozboshlar issiqxonalarga 1 m balandlikda to‘p qilib joylashtir-iladi va mo‘ntazam iliq suv bilan (40-50°S) namlab turiladi. Bunda piyozbosh-larni barchasi va uyum markazlaridagilarini ham yetarli namlanishi kuzatib boriladi. Namlangan piyozboshlarni ustidan namlangan qoplar yopiladi va uni tagida 3-4 kun saqlanadi, to‘p vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi, bu ildiz o‘sib chiqaboshlashini tezlashtiradi.
Shundan so‘ng piyozboshlar savatlarga yoki yashiklarga solinib, 3-4 kun saqla-nadi va vaqti-vaqti bilan silkitib turiladi. Piyozboshlarni omborxonalarda haroratni sutka davomida 40-45°S ga yetkazib qizdirish ham ijobiy natija bera-di.
Piyozboshlarni ekishda ular bo‘yingacha ko‘miladi, ammo shunday qilish kerakki, uni tepa qismi tuproq yuzidan baland bo‘lishi kerak.
Eqilgandan so‘ng 18-20S haroratli iliq suv bilan egatlar orqali sug‘orila-di. Keyinchalik sug‘orishlar mutazam olib boriladi, tuproq me’yorida namlanishi uchun odatda har 4-5 kunda sug‘oriladi.
Piyozboshlarni tezlashtirib o‘stirish uchun issiqxonaning barcha bo‘sh joyla-ridan foydalanish mumkin. Bu holda piyozboshlar tuproq bilan yarim to‘ldirilgan ko‘chat yashiklariga o‘tkaziladi. Piyozboshlar zich eqiladi va ustiga biroz tuproq sochiladi. Shundan so‘ng yashiklarni bir-birini ustiga qo‘yib 12-14 kun saqlanadi. Piyozboshlar o‘sib ko‘qaraboshlashi bilan yashiklarni bir qator qilib tarqatib chiqiladi.
Piyoz ko‘k bargini tezlashtirib o‘stirish 25-35 kun davom etadi. Bu davrda ma’lum harorat tartibotini saqlab turish zarur. Birinchi 7-8 kunda inshoot ichidagi harorat 10-12S bo‘lishi kerak. Bu vaqtda ildiz hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng harorat kunduzi 18-22S gacha va kechasi 15-18S gacha ko‘tariladi, bunday tartibotni buto‘n o‘suv davrigacha saqlaydilar.
Piyozboshlar ildiz olgandan so‘ng o‘simliklar mineral o‘g‘itlarning suyuq eritmasi bilan (10 l suvga 35-40 g ammiakli selitra, 35-40 g superfosfat va 15-20 g xlorli kaliy hisobida) oziqlantirish maqsadga muvofiq. Bu miqdordagi eritmani egatlarni 4-5 m2 maydoniga sarflaydilar.
Barglarni saralab olishga 3-4 kun qolganda sug‘orish to‘xtatiladi. Nam tup-roqdan barglarni saralab olish uni ifloslanishiga olib keladi. Ko‘k piyoz bargini balandligi 20-30 sm yetganda, ya’ni eqilgandan keyin 3-4 hafta o‘tgach kavlab olinadi. Kavlab olingandan so‘ng piyoz saralanadi va standart, nostandart va yetilmaganlarga ajratiladi. Ularni yashiklarga ildizlarini bir tomonga qara-tib yotqizib joylashtiriladi, yetilmaganlari qayta o‘tkaziladi.
Ko‘k bargini olish uchun yetishtiriladigan piyozni hosildorligi yetishtirish sharoiti va tezlashtirib o‘stirish muddatlariga, piyozboshlarni kattaligi va ekish qalinligiga bog‘liq bo‘lib, 1 m2 dan – 6-8 kg ga yetadi.
|
| |