• Maqsadga qaratilganlik.
  • Tizimning tarkiblashganligi
  • Tashqi muhit.
  • Tizimlar tasnifi.
  • Tashkiliy tizim
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




    Download 1.79 Mb.
    bet5/109
    Sana18.01.2021
    Hajmi1.79 Mb.
    #13041
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
    Tizimlar namunasi


    Tizim

    Tizim elementlari

    Tizimning asosiy maqsadi

    Tashkilot

    Odamlar, jihozlar, materiallar, bino...

    Tovar ishlab chiqarish

    Kompyuter

    Elektron va elektromexanik element – lar, aloqa tarmoqlari va hokazo

    Ma’lumotlarni qayta ishlash

    Telekommunikatsiya tizimi

    Kompyuterlar, modellar, kabel, tarmoq; dasturiy ta’minot va hokazo

    Axborot uzatish

    Axborot tizimi

    Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta’minot, odamlar.

    Kasbiy axborot ishlab chiqarish

    tavsiflarni aniqlaydi. Umuman olganda, tizim uni tashkil etuvchi element-lardan boshqacharoq tavsiflarga ega bo‘libgina qolmay, balki uning barcha qismlaridan sifat jihatidan farqlanadi. Shuningdek, elementlar ega bo‘lmagan boshqa vazifalarni ham bajarish xususiyatiga ega.

    Tizim butunligining o‘ziga xosligi bilan aniqlanadigan yangi xususiyatlarning paydo bo‘lishi ba’zan emerjentlik (inglizcha «emergent» — yuzaga keluvchi, paydo bo‘luvchi) deb ataladi. Tizimlarni qismlarga, ayniqsa o‘zi tarkib topadigan elementlarga bo‘lganda bunday vazifalar yoki tavsiflar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi.

    Maqsadga qaratilganlik. Tizim umumiy xususiyatga ega, ya’ni u umumiy maqsadga erishishga harakat qilishga qaratilgan. Tizimning maqsadga yo‘naltirganligini ifodalovchi barcha elementlar uchun umumiy bo‘lgan o‘zaro aloqalarning maqsadli qoidalari maqsadning mavjudligini belgilaydi.

    Tizimning tarkiblashganligi — bu tizimning alohida elementlari va ularning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati o‘rtasidagi ichki aloqalarning doimiy tarkibidir. Tizim tarkibi – uning faoliyati samaradorligini ko‘p jihatdan belgilovchi muhim tavsiflardan biri sanaladi.

    Tizimning bo‘linishi – bu uning maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi ma’lum belgilar bo‘yicha ajratilgan elementlar yoki bir qator kenja tizimlardan tuzilganligini anglatadi. Kenja tizimlar bunday ajratilishning asosini tashkil etib, bunda elementlar o‘rtasidagi aloqalar ko‘proq, kenja tizimlar o‘rtasida esa kamroq bo‘ladi.

    Tizim tushunchasi shu ma’noda nisbiyki, tizim elementining o‘zi ham murakkab tizim bo‘lishi mumkin. Biror belgi bo‘yicha ajratilgan tizim o‘ziga nisbatan yuqori darajadagi tizim elementi bo‘lishi mumkin.

    Tashqi muhit. «Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o‘rganadi, undan tashqaridagi elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o‘z-o‘zidan emas, balki boshqa ko‘plab elementlar qurshovida mavjud bo‘ladi. Ayrim masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki ushbu masala nuqtai-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko‘rib chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo‘lgan elementlargina qiziqtiradi. Tashqi muhit - bu ko‘rilayotgan tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki ko‘rilayotgan masala sharoitida uning ta’siri ostida bo‘lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat elementlaridir. Chunki, real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki boshqalari yonida, bir-biriga bog‘lik holda ishlaydi. Tizimlarni tahlil va sintez qilish chog‘ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashkil aloqa. Tashqi aloqaga ega tizimlar ochiq deb, unga ega emaslari esa yopik aloqa deb ataladi.

    Tizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga o‘xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi.

    Tasniflash – bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar, ya’ni, kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta’minlan-ganligi va hokazo bo‘yicha amal-ga oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi bo‘yicha tasniflash qiziqtiradi. Tizimni mazkur belgiga ko‘ra tasniflash 1.1-rasmda keltirilgan.

    Sun’iy tizimlar – bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir.

    Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan tizimlar. .

    Aralash tizimlar tabiiy va sun’iy tizimlarni o‘z ichiga oladi.

    Ergonomik tizimlar – bu, «mashina–inson–operator» majmui.

    Biotexnik tizimlar – tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan tizimlardir.

    Tashkiliy tizimlar – bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanaladi.

    Tashkiliy tizim – boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maq-sadlar, boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag‘batlantirish qoidalari







    Download 1.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




    Download 1.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Download 1.79 Mb.