27
XULOSA
Dissertatsiya ishida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi ilmiy
xulosa, taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
1.
Bugungi innovatsion taraqqiyot sharoitida dunyo
mamlakatlarini barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash zamonaviy innovatsion gʻoyalar,
ishlanmalar va ilm talab texnologiyalar asosida amalga oshirishni taqozo etmoqda.
2.
Jahon mamlakatlari iqtisodiyotida bilimlar zaxirasining oʻsishi YaIMga ijobiy
ta’sir qilishi va YaIMni oʻsishi esa yangi bilimlarni shakllantirish uchun
sarflanadigan resurslar sarfini oshishiga olib kelmoqda.
3.
Tahlil natijalarimizga tayangan holda aholi jon boshiga YaIM hajmining
koʻtarilishi bilan mamlakatlarning daromadlariga koʻra mos guruhlari boʻyicha GII
(Global innovatsion indeks) koʻrsatkichining oʻrtacha darajasi
ortib borayotganini
koʻrish mumkin. Bu esa, bir tomondan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlari (ITTKI) katta miqdordagi investitsiyalarni talab etishi bilan bogʻliq boʻlsa,
ikkinchi
tomondan,
innovatsiya
mamlakatning
barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining muhim omili ekanligini asoslaydi.
4.
Mintaqa shahar va tumanlar kesimida PCA (principal component analysis)
tahlil usulidan foydalangan holda “barqaror ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish”
kompozit indeksi ishlab chiqildi. Mazkur indeks yordamida
Xorazm viloyati shahar
va tumanlarining barqaror ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish darajasi baholandi hamda
ular orasidagi tafovutlar aniqlandi.
5.
Mintaqa shahar va tumanlarini “Klasterli tahlil (Cluster analysis)” boʻyicha
“Yevkilid metrikasi” yordamida klasterlarga (sinflarga) ajratildi va ularni barqaror
ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
6.
Tahlil natijalarimizga koʻra aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaHM hajmi
va aholi jon boshiga ishlab
chiqarilgan sanoat mahsuloti, aholi jon boshiga asosiy
kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar, ishsizlik darajasi koʻrsatkichlari
bilan uzoq
va qisqa muddatli bogʻliqlik mavjudligi aniqlandi.
Hisoblangan qisqa muddatli ta’sirining empirik natijalari esa shuni koʻrsatadiki,
aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulot hajmini 1% ga oshishi aholi jon
boshiga toʻgʻri keladigan YaHM hajmini 1,21% ga, aholi jon boshiga asosiy
kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmini 1% ga koʻtarilishi aholi jon boshiga
toʻgʻri keladigan YaHM hajmini 2,3%
ga oshishiga shuningdek, ishsizlik darajasini
1% ga koʻtarilishi esa aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaHM hajmini 1,15% ga
kamayishiga sabab boʻlishi mumkin.
Hisoblangan uzoq muddatli ta’sirining empirik natijalari shuni koʻrsatadiki,
aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulot hajmini 1% ga oshishi aholi jon
boshiga toʻgʻri keladigan YaHM hajmini 3,9% ga, aholi jon boshiga asosiy kapitalga
oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmini 1% ga koʻtarilishi aholi jon boshiga toʻgʻri
keladigan YaHM hajmini 6,9% ga oshishiga shuningdek, ishsizlik darajasini 1% ga
koʻtarilishi esa aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaHM hajmini 2,6% ga
kamayishiga sabab boʻlishi mumkin.
7.
Olib borilgan tadqiqot natijalari davomida mintaqa
innovatsion taraqiyot
darajasini oʻzida aks ettiruvchi muhim koʻrsatkichlar hisoblangan ilmiy tadqiqot va
28
tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlar (
hamda ilmiy tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik ishlarini
bajargan xodimlar soni
bilan aholi
jon boshiga toʻgʻri keladigan YaHM hajmi oʻrtasida oʻzaro uchyoqlama ijobiy ta’sir
mavjudligi VAR (Vector Autoregressive Models) modeli yordamida asoslandi.
8.
Mintaqa aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaHM hajmini prognozlashga
asoslangan ekonometrik modellarning solishtirma natijalari shakllantirildi.
Qiyosiy
natijalarga koʻra “ARIMA” modeli boʻyicha mintaqa aholi jon boshiga toʻgʻri
keladigan YaHM hajmi 2026-yilga kelib 2022-yilga nisbatan 39,3 foiz,
“Eksponensial tekislash usuli” boʻyicha 21,5 foiz, “Kompleks sonli ekonometrik
model” boʻyicha 14,4 foiz hamda “VAR (Vector Autoregressive Models)” model
boʻyicha esa 32,9 foiz oʻsish kutilmoqda. Prognoz
natijalariga tayangan holda
mintaqa aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaHM hajmining 2022-2026 yillar
mobaynida 14,4-39,3 foizgacha oʻsish imkoniyati mavjudligi aniqlandi.