5
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Jahonda globallashuv
jarayonini tobora kuchayib borishi hamda dunyoning nobarqarorligi, ayniqsa,
“COVID-19” pandemiyasining keyingi tarqalishi bilan bogʻliq
muammolar jahon
iqtisodiyotining istiqbolli rivojlanishida noaniqliklar saqlanib qolishiga olib
kelmoqda. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining prognozlariga koʻra, “global iqtisodiy
oʻsish 2021 yildagi 6,0 foizdan 2022 yilda 3,2 foizga, 2023 yilda esa 2,7 foizgacha
sekinlashishi kutilmoqda”
1
. Bu, oʻz navbatida, aholi jon boshiga daromadlar boʻyicha
mamlakatlar hududlari oʻrtasidagi tafovutni kamaytirish
va barqaror ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi nomutanosibliklarni bartaraf etishga qaratilgan
samarali mintaqaviy siyosat yuritishni taqozo etmoqda.
Jahonda innovatsion taraqqiyot sharoitida mamlakatlar va mintaqalarni barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
xususiyatlarini
va
tendensiyalarini
aniqlash,
mintaqalarning oʻziga xos jihatlarini e’tiborga olib, zamonaviy yondashuvlar asosida
prognozlashga qaratilgan keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan,
mintaqalar barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda ijtimoiy, iqtisodiy
va innovatsion omillarning oʻziga xos xususiyatlarini
inobatga olgan holda mazkur
omillarning
ta’sirini
baholash
hamda
prognozlashtirish
uslubiyotini
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yangi Oʻzbekiston strategiyasi, avvolo, barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlashga
qaratilganini ta’kidlash lozim. Makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy oʻsish maqsadlari
va tarkibiy islohotlar oʻrtasidagi muvofiqlikni ta’minlash, shuningdek, tashqi va ichki
omillar ta’sirida yuzaga keladigan iqtisodiy sikillarni boshqarishning zamonaviy
prognozlashtirish modellariga asoslangan samarali tizimi
va mexanizmlarini joriy
etish jarayoni yanada koʻproq e’tiborni talab qilmoqda. “Iqtisodiyotni rivojlantirish
uchun viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy –
iqtisodiy
rivojlantirish, ularni salohiyatidan samarali va optimal foydalanish zarur.
Ayni paytda hududlarning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishini muayyan mezonlar
asosida baholashga davriy va uzluksiz tus bermogʻimiz darkor”
2
. Shuning uchun ham
hududlar salohiyatidan samarali foydalanish, mintaqalarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini obyektiv baholash va prognozlash hozirgi kunning dolzarb
masalalaridan biri sanaladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son
“2022 - 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning
taraqqiyot strategiyasi
toʻgʻrisida”gi, 2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022 - 2026 yillarda Oʻzbekiston
Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2020
yil 29 oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlari, 2020 yil 1 maydagi PQ-4702-son “Hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi,
2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-son “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi,
qarorlari,
1
International Monetary Fund (2022).
World Economic Outlook: Countering the Cost-of-Living Crisis
. Washington,
DC. October. pp. 15-18. (
https://www.imf.org/-/media/Files/Publications/WEO/2022/October/English/text.ashx
)
2
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2021, 131-170 b.
6
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 154-son
“2022 - 2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2022 yil 21 fevraldagi 83-son “2030 yilgacha boʻlgan davrda
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni
jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2019 yil 15
iyuldagi 585-son “Xorazm viloyatining ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini
oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi, qarorlari
va mintaqalarni kompleks
rivojlantirishga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni
amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.