8
mintaqa shahar va tumanlarini “barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish”
kompozit indeksini “yuqori (23,12% - 25,74%)”, “o‘rta (21,62% - 22,46%)”, “past
(16,36% - 17,18%)” intervallar yordamida baholash taklif etilgan;
mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari
asosida
“Klasterli tahlil (Cluster analysis)” bo‘yicha o‘xshashlik darajasini “Evkilid
metrikasi” yordamida (Urganch sh.), (Xiva sh.), (Urganch, Bog‘ot, Hazorasp, Shovot,
Xonqa, Xiva, Qo‘shko‘pir), (Gurlan,
Yangibozor, Yangiariq), (Tuproqqal’a)
klasterlariga
ajratish taklif qilingan;
mintaqa aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti, aholi jon boshiga
asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, ishsizlik darajasi omillarining aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmiga qisqa muddatli (+1,21%; +2,3%; -1,15%)
va uzoq muddatli (+3,9%; +6,9%; -2,6%) ustuvorlik
darajasini aniqlashni ARDL
modeli asosida hisoblash taklif qilingan;
mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichlarining
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.