• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • “Innovatsion taraqqiyot sharoitida mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning nazariy-uslubiy asoslari”
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/40
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #231049
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
    Bog'liq
    16748166089025977daraja

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. 
    Tadqiqot natijalari jami 5 ta, jumladan, 
    2 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan 
    oʻtkazilgan.
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. 
    Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 
    15 ta ilmiy ish, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya 
    komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya 
    etilgan ilmiy nashrlarda 3 ta maqola, (2 ta respublika va 1 ta xorijiy jurnallarda) nashr 
    etilgan.
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
    Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, 
    xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Ishning umumiy 
    hajmi 101 betni tashkil etdi. 
    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
    Kirish 
    qismida tadqiqotning dolzarbligi asoslangan, maqsadi va vazifalari, 
    obyekti va predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining 
    ustuvor yoʻnalishlariga mosligi keltirilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy 
    natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib 
    berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va 
    dissertatsiya tuzilishi boʻyicha ma’lumotlar keltirilgan.
    Tadqiqotning 
    “Innovatsion taraqqiyot sharoitida mintaqani barqaror 
    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning nazariy-uslubiy asoslari”
    , deb 
    nomlangan birinchi bobida innovatsion taraqqiyot sharoitida mintaqalarning barqaror 
    ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishini baholash va prognozlashning nazariy asoslari hamda 
    uslubiy yondashuvlar, mintaqalarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining oʻrta 
    muddatga moʻljallangan prognozlash usullari oʻrganilgan.
    Ma’lumki bir yoki bir nechta kirishni chiqishga aylantiradigan harakatlar ketma-
    ketligi jarayonni ifodalaydi. Barcha ish faoliyati jarayonlar natijasida amalga 
    oshiriladi. Shu asnoda prognozlash ham bundan mustasno emas. Prognozlash 
    jarayonidagi harakatlar ketma-ketligi quyidagilardan iborat (1-rasm).


    11 

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish