13
keskin farqlarni keltirib chiqarmasdan balki mintaqani barqaror ijtimoiy–iqtisodiy
rivojlanish darajasini obyektiv baholashga xizmat qiladi.
Asosiy komponentli tahlil qilishga Xorazm viloyati shahar va tumanlari
boʻyicha yigʻilgan ijtimoiy–iqtisodiy koʻrsatkichlarni muvofiqliligini tekshirish
uchun “Barlettning sferiklik testi” (toʻplamning korrelyatsion matritsasidagi
oʻzgaruvchilarning bogʻliq emasligi haqidagi nol gipotezani tekshirish uchun) va
“Kaiser-Meer-Olkinning TMOʻ (tanlanma muvofiqlik oʻlchovi) indikatori”
(oʻzgaruvchilarni tahlil uchun qanchalik mos kelish oʻlchovi) qoʻllanilgan.
Barlettning sferiklik testi natijasiga koʻra ahamiyatlilik darajasi(Sig) 0,00 ga
teng va u 0,05 (oʻrnatilgan qiymat) dan kichik, ya’ni oʻzgaruvchilarning bogʻliq
emasligi haqidagi nol gipoteza rad qilindi. Shuningdek, KMO koʻrsatkichining
qiymati 0,725 va u 0,5 dan ortiq. Bu ham tanlangan koʻrsatkichlarning tahlil uchun
yetarlicha muvofiq ekanligini ifodalaydi. Bundan xulosa shuki, tanlangan
koʻrsatkichlar “asosiy komponentli tahlil” qilish uchun muvofiq.
Koʻrsatkichlarning korrelyatsion matritsasi uchun xos son qiymatlari va ularga
mos keluvchi asosiy komponentlar oʻrtasidagi bogʻliqlikka koʻra asosiy uchta
komponentdan foydalaniladi. Chunki asosiy komponentga mos keluvchi xos son
qiymati 1,0 kichik boʻlsa ushbu komponent oʻzgaruvchilarni dispersiyasining juda
kichik qismini ifodalaydi. 1-komponentga mos keluvchi xos son qiymati 6,343 ni, 2-
komponentga va 3-komponentga mos keluvchi xos son qiymatlari mos ravishda
2,685 va 1,703 ni tashkil etgan. Shuningdek, 1-komponent oʻzgaruvchilarning
umumiy dispersiyasidagi 52,861% ulushini, 2-komponent 22,376%, 3-komponent
14,193% ulushini uchala komponent jami 89,43%, qolgan 9 ta komponent esa
10,57% ulushni ifodalamoqda. Olingan natijalarni yanada aniqroq ifodalash uchun
“varimax rotation (oʻzgaruvchilarning umumiy dispersiyasidagi ulushini maksimal
darajada oshirishga asoslangan)” usulini qoʻllagan holda uchta asosiy komponentga
ega boʻlamiz (1-jadval).
1-jadvalga koʻra, 1-komponent uchun xos son qiymati 4,991ga teng boʻlib
oʻzgaruvchilarning umumiy dispersiyasidagi 41,593% ulushini tashkil etmoqda. 1-
komponent bilan yuqori korrelyatsion bogʻliqlikka ega boʻlgan iqtisodiy
koʻrsatkichlarni koʻrish mumkin. Bu esa, 1-komponent orqali mintaqani iqtisodiy
rivojlanish darajasini hisoblash mumkinligini izohlaydi. 2-komponent uchun xos son
qiymati 3,509 ga, 3-komponent uchun 2,231 ga teng boʻlib ular mos ravishda
oʻzgaruvchilarning umumiy dispersiyasidagi 29,243% va 18,594% ulushini tashkil
etadi. Ushbu komponentlar bilan yuqori korrelyatsion bogʻliqlik esa ijtimoiy
koʻrsatkichlarga toʻgʻri kelmoqda va bu orqali mintaqani ijtimoiy rivojlanish
darajasini hisoblash mumkin.