12
Dissertatsiyaning
“Innovatsion taraqqiyot sharoitida mintaqani barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillari tahlili”
deb nomlangan ikkinchi
bobida, mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari asosida
mintaqaning “barqaror ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish” kompozit indeksi ishlab
chiqilgan hamda mazkur koʻrsatkichlar asosida “Klasterli tahlil (Cluster analysis)”
boʻyicha “Yevkilid metrikasi” yordamida mintaqa shahar va tumanlarini klasterlarga
(sinflarga) ajratish usuli tadqiq qilingan.
Tadqiqot ishida mintaqa shahar va tumanlar kesimida “barqaror ijtimoiy–
iqtisodiy rivojlantirish” kompozit indeksini ishlab chiqishda PCA (principal
component analysis) tahlil usuli qoʻllanilgan.
“Asosiy komponentli tahlil (Principal components analysis)” usuli koʻp
oʻlchovli statistik tahlil usullardan biridir. Mazkur tahlil usuli katta hajmdagi
oʻzgaruvchilar toʻplamini “asosiy komponentlar” deb ataladigan kichikroq “sun’iy”
oʻzgaruvchilar toʻplamiga haqiqiy oʻzgaruvchilardagi dispersiyaning katta qismini
hisobga olish orqali ifodalashga asoslanadi.
Yuqoridagi statistik tahlil usulidan foydalangan holda mintaqani “barqaror
ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish” kompozit indeksini hisoblash uchun quyidagi
ijtimoiy–iqtisodiy koʻrsatkichlar tanlab olindi: