• Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
  • Тошкент давлат иқтисодиёт университети ҳузуридаги фан доктори илмий даражасини берувчи




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/40
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #231049
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    16748166089025977daraja

    Tadqiqotning amaliy natijasi 
    quyidagilardan iborat: 
    mintaqa shahar va tumanlarining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
    darajasini baholash hamda ular orasidagi tafovutlarni aniqlashning takomillashtirilgan 
    usuli asoslab berilgan;
    mintaqa shahar va tumanlarini klasterlarga (sinflarga) ajratish va ularni barqaror 
    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash asoslab berilgan; 
    mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni 
    uzoq va qisqa muddatli ta’sirini hisoblash va bu orqali innovatsion taraqqiyot 
    sharoitida mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun aniq chora-
    tadbirlarni belgilash imkoniyati yaratilgan; 
    mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari va 
    istiqbollarini aniqlashning koʻp variantli ekonometrik modellar asosida oʻrta muddatli 
    davrga prognoz koʻrsatkichlari hisoblab chiqilgan. 
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi 
    dissertatsiyada qoʻllanilgan yondashuv, 
    xususan, miqdoriy usullarning maqsadga muvofiqligi, ma’lumotlarning rasmiy 
    manbalar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi davriy 
    hisobotlaridan olinganligi, keltirilgan tahlil va tajriba-sinov ishlari samaradorligi 
    tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan va qoʻllanilgan ekonometrik modellar va 
    statistika usullari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning 
    amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan 
    tasdiqlanganligi bilan belgilanadi.
     
    Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati.
    Tadqiqot natijalarining ilmiy 
    ahamiyati tadqiqot jarayonida olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan mintaqani 
    barqaror ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash hamda unga ta’sir etuvchi 
    omillarni uzoq va qisqa muddatli ta’sirini aniqlash boʻyicha ilmiy apparatni boyitish 
    hamda istiqboldagi strategik vazifalarni ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi 
    bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati dissertatsiyadagi statistik usullar va 
    ekonometrik modellar, taklif va xulosalardan mintaqani barqaror ijtimoiy–iqtisodiy 
    rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan istiqbolli mintaqaviy 



    dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarida “Ekonometrika asoslari”, 
    “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash”, “Statistika” kabi fanlarni oʻqitish jarayonida 
    va sohaga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanish mumkinligi bilan 
    belgilanadi.

    Download 1,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тошкент давлат иқтисодиёт университети ҳузуридаги фан доктори илмий даражасини берувчи

    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish