|
Тошкент давлат иқтисодиёт университети
|
bet | 3/5 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #156652 |
Bog'liq MM-86,87 guruhi-2 (1)Banklar orasida korrespondentlik munosabatlari o‘rnatilgan hollarda qoplanmagan akkreditiv ijrochi bankda unga emitent bankning ijrochi bankdagi hisobvarag‘idan butun akkreditiv summasini chiqarib olish xuquqini berish yo‘li bilan ochilishi mumkin. - Banklar orasida korrespondentlik munosabatlari o‘rnatilgan hollarda qoplanmagan akkreditiv ijrochi bankda unga emitent bankning ijrochi bankdagi hisobvarag‘idan butun akkreditiv summasini chiqarib olish xuquqini berish yo‘li bilan ochilishi mumkin.
- Har bir akkreditivda u qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan shakldaligi aniq ko‘rsatilishi kerak.
- Agar shunday ko‘rsatma bo‘lmasa, akkreditiv qaytarib olinadigan deb hisoblanadi.
Qaytarib olinmaydigan akkreditiv uning asosida pul oladigan mahsulot yetkazib beruvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Akkreditiv faqat bitta mahsulot yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilish uchun ochilishi mumkin.
Akkreditiv amal qiladigan muddat va hisob-kitob qilish tartibi to‘lovchi bilan mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Shartnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur • akkreditiv bo‘yicha pul olish uchun mahsulot yetkazib beruvchi taqdim etadigan xujjatlarning to‘liq ruyxati va aniq tavsifi: • tovar jo‘natilgandan keyin xujjatlarni taqdim etish muddati hamda ularni rasmiylashtirishga doir talablar; • boshqa zarur xujjatlar va shartlar.
Emitent kafolatlangan akkreditivlarni xaridor bilan kelishuvga ko‘ra va boshqa bank bilan o‘rnatilgan korrespondentlik munosabatlari shartlariga muvofiq ochadi.
Mahsulot yetkazib beruvchining banki bunday akkreditivlarni belgilangan tartibda ijro etadi. Akkreditiv ochmoqchi bo‘lgan to‘lovchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka (emitent bankka) akkreditiv uchun elektron ariza beradi.
|
| |