|
KASB-HUNAR TA’LIMI SIFATINI NAZORAT
|
bet | 143/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org4.7. KASB-HUNAR TA’LIMI SIFATINI NAZORAT
QILISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH
Ta’lim boshqaruvi organlariga bog‘liq bo‘lmagan, kasb-hunar ta’limi sifatini attestatsiyadan o‘tkazuvchi davlat xizmati tashkil etiladi. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol talablariga monand davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi. o‘quv yurtlari faoliyatini, professor-pedagog kadrlar sifatini hamda ta’lim oluvchilarning bilimini reyting asosida baholash tizimi tadbiqetiladi. Kadrlarni tayyorlash sifatini nazorat qilishning davlat va jamoat shakllari rivojlantiriladi. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyalash tizimi takomillashtiriladi.
4.8. TA’LIM TIZIMINI MOLIYALASH
Ta’limni va kadrlar tayyorlashni moliyalash tizimi takomillashtiriladi, uning ko‘p variantli (byudjetdan ajratiladigan va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etiladi, ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashi rivojlantiriladi, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish rag‘batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to‘lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta’lim kreditlari berish mexanizmi shakllantiriladi. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda donorlar va homiylarning mavqei kuchayib boradi.
Pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, tadbirkorlik, maslahat, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy hamda ustavda belgilab qo‘yilgan vazifalarga muvofiqboshqa tarzdagi faoliyat hisobidan ta’lim muassasalarining daromadlari ko‘payishi ta’minlanadi.
4.9. MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI
Har bir mintaqaning demografik va jo‘g‘rofiy xususiyatlaridan kelib chiqib, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari tarmog‘i barpo etiladi. Ta’lim oluvchilarni oiladan ajralmagan holda o‘qishga imkon qadar ko‘proqqamrab olinadi.
Mavjud ta’lim muassasalarini kapital ta’mirlash va yangi ta’lim muassasalari qurish, ularni normativ talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalarning darajasini hisobga olgan holda jihozlanishini ta’minlash choralari ko‘riladi.
o‘quv-tarbiya muassasalarini zarur uskunalar, inventarlar, ashyolar, ta’limning texnikaviy, dasturiy va didaktik vositalari bilan jihozlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish qo‘llab-quvvatlanadi. Barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi.
|
| |