|
Tuzuvchi:
D.X.Kosimova O‘qituvchi
Taqrizchilar
|
bet | 2/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgTuzuvchi:
D.X.Kosimova O‘qituvchi
Taqrizchilar:
Sh.Samarova - O‘zDSMI “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, psi[ologiya fanlari nomzodi
M.Mahkamova - TDAI “Kasbiy ta`lim” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi
O‘quv-uslubiy majmua TDMRXOM o‘quv-uslubiy kengashining 2019 yil _26_dagi _1_- sonli qarori bilan tavsiya etilgan
MA`RUZA MATNI.
1-MAVZU. “KASBIY PEDAGOGIKA” FAN SIFATIDA
Reja:
“O’zbekiston Respublikasi umumiy va kasbiy ta`lim tizimi islohatlari.
Kasbiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.
“Kasbiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari.
“O’zbekiston Respublikasi umumiy va kasbiy ta`lim tizimi islohatlari
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan bo‘lib, yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir mutaxassis kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda, turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.1
Shu o‘rinda birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlash o‘rinlidir: «Ayniqsa o‘sib kelayotgan avlod taqdiriga hech kim befarq qaray olmaydi. Bunda oliy o‘quv yurtlarining ahamiyati kattadir. Yoshlarni qay usulda o‘qitish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo‘lishiga qayg‘urish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi saviyasini jahon andozalari darajasiga yetkazish, xalq xo‘jaligida mutaxassisliklarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni ilmiy tahlil asosida aniqlash, xorijiy mamlakatlar tajribasidan oqilona foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridandir».1
Tub islohotlarni amalga oshirish, bozor munosabatlarini shakllantirish ko‘p jihatdan iqtisodiy ta’limga bog‘liqdir. Kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmasdan turib, chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Mustaqillikning o‘tgan 22 yillik davri davomida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, inqiroz holatidan chiqarildi va uning ko‘pgina sohalarida barqaror o‘sishga erishildi. Bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirildi, hozirgi kunda esa iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni har taraflama erkinlashtirish amalga oshirilmoqda. Eng muhimi shu davr ichida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllanib, kishilarimiz ongiga singib bormoqda.2
Bugungi kunda xalqning boy zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «.. bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqlingini barchamiz anglab yetmoqdamiz»1.
Ma’lumki, iqtisodiy ta’limga juda yuqori bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarida, fikrimizning dalili sifatida, Respublikamizda eng nufuzli universitetlari qatorida bo‘lgan va jahonning ko‘pgina obro‘li oliy o‘quv yurtlari bilan diplomatik aloqada bo‘lib kelayotgan Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida iqtisodiy ta’limga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-nazariy anjumanlarning amalda ko‘rsatilishi dalil bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash tizimini zamon talablari darajasida qayta tashkil etish maqsadida iqtisodiy ta’limning halqaro andozalaridan samarali foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, dunyoning rivojlangan va bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan mamlakatlarning deyarli barchasi yangi mexanizmning keskin o‘zgarishlariga moslasha oladigan va har qanday sharoitda raqobatlasha oladigan iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash borasida zamonaviy iqtisodiy ta’lim tizimiga egadirlar2.
Jamiyat taraqqiyoti darajasi, axborotlarni haddan tashqari ko‘pligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, umuman olganda hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda anglay oladigan, ayni shu vaziyat uchun to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassislar qilib tayyorlash uchun faqat an’anaviy uslublarga tayanib dars o‘tish yetarli emas.
Hozirgi paytda tayyor bilimlarni o‘zlashtirish asosiy maqsad bo‘lmay, eng asosiysi talaba-yoshlarlarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish obektiv zaruriyatga aylandi.
Ma’lumki iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar o‘z navbatida mutaxassislar malakasi va mahoratini yuqori bo‘lishini, mutaxassislarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga moslashuvchan, o‘z malakasini oshirishga intiluvchan bo‘lishni talab edi. Buning uchun iqtisodchi mutaxassislarni mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni taqqoslash, tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish lozim. Shu o‘rinda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrni bildirgan edilar: «Biz hayotimizning turli jabhalarida, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida tub islohotlarni amalga oshirib, yangilanish sari borar ekanmiz, ushbu islohotlarning turmush tarzimizni ijobiy tomonga o‘zgartirishi, ma’naviy yuksalishimizga ko‘mak berishi hamda milliy g‘urur va iftixorimizni kuchaytirishi ko‘p jihatdan har tomonlama yetuk kadrlarga bog‘liq ekanini unutmasligimiz lozim. Respublikamizning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan ravnaq topishida, bu sohalardagi muammolarni hal qilishimizda ham milliy kadrlar bosh omillardan biri bo‘ladi».1
Bugungi kunda Respublikamizda ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida iqtisodiy ta’limning asosiy vazifasi sifatida jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, iqtisodiyotimizni buyuk davlat darajasiga ko‘taradigan mutaxassislarni tayyorlash va bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy yondoshuvni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tatbiq qilish sifatlarini tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim.2
Kasb ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
1. Ta’lim islohotlari natijasida gimnaziya, litsey, kollej va boshqa turdagi yangi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi;
2. Oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiy ta’limni tashkil qilish, alohida bo‘lim va fakultetlarning tashkil etilishi;
3. Iqtisodiy ta’limning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;
4. Iqtisodiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar.
Kasbiy ta’lim fani bizga, ya’ni O‘zbekiston mustaqilligining birinchi yillaridan kirib keldi. Chunki, qo‘llanayotgan tajribalar kasbiy ta’limning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Talabalarimizga kasbiy ta’lim, kasbiy tarbiya berish muammolari ko‘zga tashlanib qoldi.
Har bir insonning hayoti asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, u albatta har bir odamdan iqtisodiy fikrlashga o‘rganishni talab qiladi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab yanada kuchayadi. Shuning uchun ham iqtisodchilarga yoshlikdan boshlab iqtisodiy fikrlashni o‘rganishlari uchun, mamlakatimizda o‘rta umumta’lim maktabidan boshlab, iqtisodiy bilim asoslarini o‘rganishga kirishildi2.
Oliy o‘quv yurtining talabalari, ayniqsa iqtisodiy yo‘nalishdagi o‘quv yurtining talabalari esa iqtisodiy fikrlashni o‘rganibgina qolmay, keng doiradagi iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o‘zgarishlar kelajakda qanday natijalarga olib kelishini ko‘z o‘ngida keltira bilishni o‘rganishi zarur.
Shunday qilib, bugungi kunda siyosatning asosiy muammolari bu iqtisodiy muammolar bo‘lib, ularni tushunmay turib, bu muammolarni yechish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab yoki berilgan maslahatlarning qaysi biri diqqatga sazovar ekanligini ajratib bo‘lmaydi. Buning uchun esa bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassis kadrlar iqtisodiyot fanini chuqur bilishlari va amaliyot jarayonida qo‘llashlari davr talabidir.
|
| |