|
Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети
|
bet | 4/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgFanni o’qitishdan maqsad – talabalarda o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limini tashkil etish va boshqarish, ushbu jarayonlarda ta`lim sifatini ta`minlash borasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish orqali ularning bo’lajak kasbiy-pedagogik faoliyati samaradorligini ta`minlashdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga O’zbekiston Respublikasida kasbiy ta`limni rivojlanish tarixi, ta`limning uzluksizligi va davomiyligi, uzluksiz ta`limning maqsadi, mazmuni, tuzilishi, uzluksiz kasbiy ta`lim tushunchalarini, o’rta maxsus kasbiy ta`limni tashkil etish va boshqarish to’g`risidagi asosiy normativ hujjatlar, o’rta maxsus, kasb ta`limi mazmuniga qoyiladigan talablar, kasb-hunar kollejlarini boshqarish tizimi, talabalarga pedagogik-psixologik bilimlarni umumkasbiy va maxsus fanlarni o’qitish jarayonida tadbiq etishni o’rgatishdan iborat.
Iqtisodiyot – bu shunday xo‘jalik tizimiki, u zarur hayotiy ne’matlarni yaratish yo‘li bilan odamlar va jamiyat ehtiyojini qondiradi, xo‘jalik yuritish faoliyatini yaxshilaydi, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlaydi. Demak, inson birinchi navbatda, moddiy talab-ehtiyojini qondirishga iqtisodiy faoliyat orqali erishadi, o‘z rizq-ro‘zini yaratadi. Bunga erishish uchun iqtisodchi mutaxassislarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish orqali ularni:
- jamiyat iqtisodiy qonunlarini o‘rgatuvchi bilimlar bilan qurollantirish;
- jamiyatning iqtisodiy siyosatini to‘g‘ri anglab yetadigan mutaxassis-shaxsni shakllantirish;
- ishlab chiqarishdagi faol iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish, mehnat qilishning ilg‘or shakl va metodlarini o‘rganib olishga yo‘llaydigan dastlabki malakalarni egallab olish.
«Bozor iqtisodiyoti islohotlarini amalga oshirishda qanday chora-tadbirlar ko‘rilishidan qat’iy nazar, malakali mutaxassislar yetishmas ekan, qo‘yilgan maqsadga erisha olmasligimiz mumkin. Malakali mutaxassislarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalari yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish vaqti keldi»1 – degan edi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Bu jarayonni amalga oshirishda xorijiy tajribalardan samarali foydalanish va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining dastlabki bosqichlarini amalga oshirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlarni tayyorlash muammolarini o‘rganish ushbu mavzuni dolzarbligini belgilaydi.
Bu kabi muammolarning oqilona hal etilishi esa har tomonlama bozor munosabatlari talablariga javob bera oladigan iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashga bog‘liqdir. Chunki, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mustaqil Respublikamiz oldidagi yangidan-yangi maqsad va vazifalarni to‘g‘ri anglay bilgan, bu borada o‘z fikr-mulohazasiga ega bo‘lgan, o‘zining yetarli darajada zamon talablariga mos keluvchi bilim va tajribasiga ega bo‘lgan iqtisodchi mutaxassislargina mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi mumkin. Biroq, yangi sharoitda samarali faoliyat yurita oladigan iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash borasidagi muammo va kamchiliklarning mavjudligi tufayli, yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan mutaxassislarni tayyorlashda bir qator muammolar yuzaga kelgan bo‘lib, ularning hal etilishi bevosita mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi.
«Kasb pedagogikasi» fanining asosiy tushunchalari, mazmuni kasbiy ta’limning turli tizimlarida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
- o‘qituvchilarning yangi va yanada murakkab tadbirlarni amalga oshirish maqsadida o‘z kasbiy mahoratini oshirishi;
- kasbiy-texnik ta’limning yangi konsepsiyalarini amalga oshirish vosita va yo‘llarini yaratishga e’tiborni qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash;
- pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqish;
- ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va metodlarini ishlab chiqish;
- rivojlanib boruvchi yangi pedagogik jarayonlarni loyihalash, ta’lim oluvchilarning barcha imkoniyatlari va qobiliyatlarini ishga solishi uchun sharoit yaratish, kasbiy mahoratni egallashi uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirishga erishishdan iborat.
|
| |