|
Kasbiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari
|
bet | 3/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgKasbiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari
Kasb ta’limi uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilib borildi, biroq ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy mahoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat kasbiy mahoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘z bilimini takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimidagi islohatlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Kasb mahorati deyilganda bitiruvchining yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasida o‘z aksini topadi. Kasbiy mahorat ishchi kuchlarining yuqori darajada moslashuvchanligini va yangiliklarni tez o‘zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida o‘ta olishi, faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi.
Bugungi kunda Respublikamizda ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogika fanining asosiy vazifasi sifatida jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, iqtisodiyotimizni buyuk davlat darajasiga ko‘taradigan mutaxassislarni tayyorlash va bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy yondoshuvni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tadbiq qilish sifatlarini tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim. Kasb ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
1. Ta’lim islohatlari natijasida gimnaziya, litsey, kollej va boshqa turdagi yangi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi;
2. Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish, alohida bo‘lim va fakultetlarning tashkil etilishi;
3. Kasbbq pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;
4. Kasb ta’limi muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar.
Kasb pedagogikasi talabalarni ta’limi, tarbiyasi, o‘qishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, ta’lim-tarbiya, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash mezonlarini ishlab chiqadi, kasb ta’limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimini asoslaydi. Ushbu fan insonni kasbiy faoliyatga tayyorlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, malakali ishchi kuchini yangi talablar darajasiga moslab borishni ko‘zda tutadi.
“Kasbiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan bo‘lib, yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir mutaxassis kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda, turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.1
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy maqsadi – yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini barpo etish strategiyasi hamda asosiy yo‘nalishlarini uning komponentlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish vazifalarini hisobga olgan holda ishlab chiqishdan iboratdir. Bu masalani ilmiy-pedagogik jihatdan to‘g‘ri hal etish, hozirgi kundagi tadqiqot ishlarining mavzusi va tadqiqotchilarning mashaqqatli mehnati tufayli amalga oshiriladigan muammodir.
Shuning uchun iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida hamda ta’lim tizimini o‘rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilgan yutuqlarni atroflicha tahlil etish, mavjud muammo va kamchiliklarni batamom bartaraf etish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish usullarini ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish orqali ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalalari ilgari suriladi. Bunda, asosiy e’tibor O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi jarayonini jadal sur’atlarda rivojlantirish, buning uchun mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi.
|
| |