|
Kasb pedagogikasining tarix sahifalari. Malakaviy bilim berishda asosiy rivojlanish tizimining tendensiyalari
|
bet | 8/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgKasb pedagogikasining tarix sahifalari. Malakaviy bilim berishda asosiy rivojlanish tizimining tendensiyalari
Mustaqil Respublikamiz amaliyotida qo‘llanayotgan qomusimizda belgilab berilgan qonunlarimizdan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo‘lgan ma’naviyat qirralari; iymon, e’tiqod, mehr, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat, do‘stlik, muruvvatlilik, qanoatlilik va sabr-toqatlilik, saxiylik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni shakllantirish zarurdir.
Asrlar davomida inson aql-zakovati ila bunyod etilgan boy ma’naviyatimiz tufayli xalqimiz mag‘rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og‘zaki, yozma ijodiyot, hadisi sharif, xalq kitoblari, pandnomalarida avlod-avloddan o‘tib kelayotgan iymon-e’tiqod sirlarining nazariy va maliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.
Demak,
barkamol inson uchun zarur bo‘lgan ijobiy fazilatlar mohiyati, mazmunini to‘g‘ri tushunish hamda tahlil qilib munosabat bildirish;
jamoada yashash, mehnat qilish malakalari egallash;
barkamol inson modulini tasavvur etish, uning ma’naviyatidagi zaruriy sifatlarni shakllantirish, shakl va yo‘llarini izlash.
Pedagogikaning uzoq yillar va bir necha avlodlar tajribasida yig‘gan ma’lumotlarni insoniyat tarixi hamma jabhalarida avlodlarni o‘qitish va malakaviy pedagogik bilimlar berish dunyo tarixida o‘zining alohida o‘rniga ega.
Quldorlik tizimida aqliy va jismoniy mehnat orasida farq bo‘lib, jismoniy mehnat qullar zimmasida edi. Quldorning asosiy ish faoliyati aqliy mehnat bo‘lib, ular asosan falsafa va siyosatni tashkil etgan. Bu esa o‘z vaqtida malakaviy mehnat bilimining g‘oyaviy rivojlanishiga ta’sir etadi.
O‘rta asr davomida diniy hukmronlik bo‘lib, unda kasblar xudo tomonidan berilgan, egallangan hunarga u urf-odatlar, ilohiyot va sirli deb qaralgan. Bu esa jamiyatda egallanayotgan hunarga munosabatni belgilaydi.
Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi, fan rivoji, madaniyati va texnikaning rivojlanishi bilan XV-XVII asrlarda malakaviy o‘qitishning muammolari, shakllari, ularni tashkil etish va samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqishlar oshib bordi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida sotsial-iqtisodchilar ta’siri ostida G‘arbiy Yevropa pedagogikasida mehnat maktabini isloh qilish boshlandi. Uning asosiy yo‘lboshchisi Georg Kershensheyner hisoblanadi.
AQShda malakaviy pedagogikaning rivojlanishi mehnat va ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish sifatini oshirish, raqobatbardoshligini ko‘tarish bilan bog‘liqdir. Bu harakatlarni ilmiy tashkilotchisi AQShlik muhandis F.U.Teylordir. Uning ishlab chiqqan metodlari «Teylorizm» nomi bilan bizgacha yetib kelgan.
XX asr pedagoglari malakaviy pedagogikaning asosiy vazifasi deb – ishlab chiqarish talabiga javob beruvchi, malakaviy va politexnik bilimlarni, mehnat va o‘qitishni o‘zida mujassamlashtirish texnologik shakllarni, malaka va ko‘nikmalarini oshirish va tarbiyalash deb tushunadilar.
Malakaviy pedagogikaning yangi rivojlanish bosqichi 50-yillarda xalq ta’limi tizimida hayot va maktab orasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qonundan boshlanadi.
70-80 yillarda malakaviy pedagogikaning rivojlanishi qiyin sotsial, siyosiy sharoitda kechdi. Uning rivojlanishiga sotsial iqtisodiy faktlar ta’sir ko‘rsatib, pedagogik fanlar davlatning va siyosatning qattiq chegaralangan qarorlari ostiga tushib, fanning ko‘p qirralari yechilishi ruxsat etilmay, umumiy malakaviy bilim berish qattiq tazyiq ostida qoldi. Bu esa o‘z vaqtida iqtisodiy qiyinchiliklarga olib keldi. Bir tomondan jamoa ish faoliyatining pasayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarishdagi ishchilarni malakasini oshirish va real yangiliklarni berishga to‘sqinlik qildi.
Bugungi kunga kelib, malakali bilim tizimining rivojlanish tendensiyasi bilimni regionlashtirish, integratsiyalash, standartlashtirish, demokratlashtirish va boshqalarning to‘xtovsiz rivojlanishini amalga oshiradi.
|
| |