• Ma’naviyat
  • Ma’naviy va madaniy shakllanish jarayoni. Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlar




    Download 0,77 Mb.
    bet6/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    Ma’naviy va madaniy shakllanish jarayoni. Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlar
    Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Haqiqatan ham inson ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, jamiyatimiz turmush tarzida, mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishib bo‘lmaydi. Islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni izga tushirib olish yo‘lida ko‘zlangan maqsad asosan amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma’naviy parokandalik davriga barham berildi. Birinchi Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” kitobida ta’kidlaganidek: “Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljitishda hal qiluvchi ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”1.
    Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat va davlat o‘zini ustqurmalariga munosabati turli ma’rifiy madaniy g‘oyalar tushunchalar anglagan vatanparvarlik tuyg‘usi bilan millat, xalq manfaatlari, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ravnaqi uchun mas’uliyatli ilmiy bilim, mehnat va kasb hunar ko‘nikmalarini o‘zida mujassam etgan ma’naviy madaniyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan manfaatdordir. Bunday shaxsni shakllantirishda asrlar davomida xalqimizning ma’naviy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlar muhim rol o‘ynaydi.
    Ma’lumki, uzluksiz ta’lim oldiga qo‘yilgan eng muhim maqsad - umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g‘oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish va shular asosida yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdan iborat.
    Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar demokratik ta’lim tizimiga asoslangan bo‘lib, unda olg‘a surilayotgan g‘oyalar quyidagilardan iborat:
    • Shaxsning ma’naviy madaniyatini hozirgi davrda insoniyat erishgan barcha yutuqlar asosida qurish lozim;


    • Ma’naviy madaniyatni shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo‘lishiga erishmoq lozim;


    • Ma’naviy madaniyatni shakllantirishda milliylikdan yiroq va unga zid unsurlardan vos kechmoq zarurdir.


    Ma’naviyat tushunchasi faqat inson zotiga xos bo‘lib, tabiatning gultoji, takomili hisoblangan inson mohiyatining ajralmas qismidir.


    Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lib, u biologik mohiyat bilan bir qatorda ijtimoiy mohiyatga ham ega. Biologik mohiyatiga uning boshqa mavjudotlardan biologik tur sifatida ajralib turuvchi tik yurishi, tanasi yung bilan qoplanamaganligi, bosh va qo‘llarining shakl-shamoyili, fikrlay olish qobiliyati hamda boshqa bir qator biologik ko‘rsatkichlari kiradi.
    Qur’oni Karimning “Baqara” surasida, insonni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi sifatlar to‘g‘risida quyidagi oyatlar mavjud: “Va u zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: “Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!”
    Ular aytdilar: “Ey pok parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta, Sen o‘zing ilmu hikmat sohibisan”. (Alloh): Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir”, dedi”.1
    Bu oyatlarning bizga Odamzod Tangrining Yerdagi xalifasi ekani va hatto begunoh farishtalar ham unga ta’zim qilishlari ma’lum bo‘lib turibdi.
    Binobarin, ma’naviyatga quyidagi falsafiy ta’rifni bersa bo‘ladi. Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko‘nikma va malaka darajalaridan o‘tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir.
    Ma’naviyatga berilgan ushbu ta’rif obektiv mavjud bo‘lgan murakkab bir ijtimoiy hodisani mushohada va idrok qilish, uning eng muhim xususiyatlarini his qilish hamda ma’naviyat mavzusida chop etilgan qator adabiyotlarni tahlil qilish natijasida vujudga kelgan. Quyida ma’naviyat tushunchasiga berilgan bir qator ta’riflar orasidan kitob sahifalarida tez-tez uchrab turadiganlaridan bir nechtasi keltirilgan.
    1. “Ma’naviyat – insonning zot belgisi, uning faoliyatining tarkibiy qismi, ongi, aql – zakovatining mahsuli”1.
    2. “Ma’naviyat – inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo‘lib, kishilar uning vositasida o‘zlarini anglaydilar, jamiyat, tabiat, o‘z turmush tarzlari, amaliy faoliyatlari muammolarini hal etadilar”.
    3. “Ma’naviyat – inson qalbida, ko‘ngil ko‘zgusida aks etgan haqiqat nuridir”.
    4. “Ma’naviyat – millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ichki (aqliy) intellektual va sobit hissiy dunyosidir”.
    Bu ta’riflar umuman noto‘g‘ri bo‘lmay, ular murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lgan ma’naviyatning u yoki bu xususiyatlarini yoki ahamiyatini ifodalaydi, xolos. Bu esa baholash kategoriyasi hisoblanadi.
    Barcha fikrlarni bir chetga surib, eng jozibali uchinchi raqamli “Haqiqat nuri” degan ta’rifga e’tiborimizni qarataylik. Darhaqiqat, ma’naviyat – haqiqat nuri. Bu mutlaqo to‘g‘ri. Ammo nurning o‘zi nima? Bizningcha, “nur” – bilim. Bilim, ya’ni nur esa, inson qalbiga haqiqatdan, haq taoladan kelganidan keyin, kishi qalbida unib-o‘sadi va bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Shundan keyingina u shu’la tarqata boshlaydi. Inson ruhi va tafakkuridagi haqiqat nuri harakatining ana shu oxirgi bosqichini, ya’ni nur shu’lasini biz “ma’naviyat” deb atadik.
    Inson boshqa mavjudotlardan o‘zining ijtimoiy mohiyati bilan ajralib turishi ma’lum. Ijtimoiy mohiyat negizini bilimlar tashkil qilib, ular foydali va foydasiz turlarga ajraladi. Darhaqiqat, yolg‘on gapirish, o‘g‘irlik qilish, boshqalarni haqoratlash va bo‘lak razil ishlarni qilishni ham bilish kerak. Hamma ham uning uddasidan chiqavermaydi. Ammo, ular foydasiz, balki ijtimoiy hayot uchun zararli bilimlardir. Jamiyat rivoji uchun faqat foydali bilim (hikmat)lar kerak. Foydali bilimlarni egallashdan maqsad, avvalo o‘ziga, so‘ng yaqin kishilariga va butun jamiyatga naf keltirishdir. Muayyan bir foydali ishni kishi hayotida ko‘p marotaba bajaraverishi natijasida, bu faoliyat uning ruhiga singib, ma’naviyatga aylanadi. Insonning ruhiga singib, ma’naviyatiga aylangan harakatlar majmuini uning hayot tarzi deyiladi.



    Download 0,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’naviy va madaniy shakllanish jarayoni. Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlar

    Download 0,77 Mb.