Madaniyat arabcha so‘z bo‘lib, u jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo‘lga kiritilgan yutuqlari majmuidir. Madaniyat shaxs kamolatiga ikki xil jihatdan ta’sir qilib, ular quyidagilardan iborat:
Moddiy, ya’ni texnika, ishlab chiqarish tajribasi, moddiy boyliklar.
Ma’naviy, ya’ni fan, adabiyot maorif, san’at, din, umuminsoniy va milliy ruhiy qadriyatlar.
Ana shu moddiy va ma’naviy madaniyatning o‘zaro aloqasi o‘zaro ta’siri natijasida aqlan yetuk, axloqan barkamol, jismonan sog‘lom, dunyoqarashi keng, yaxlit shakllangan, ya’ni komil inson shakllanadi.
Malakaviy tayyorgarlikda asosiy didaktik bosqichlar quyidagilardan iborat:
1. O‘quv yurtining bitiruvchisi quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak:
bitiruvchining egallaydigan ish o‘rni;
bitiruvchining dunyoqarash sifati;
bitiruvchining standart talablariga javob beradigan bilimi;
bitiruvchining ish o‘rnida qo‘llaydigan bilim, ko‘nikma va malakalari;
bitiruvchining mutaxassis sifatida shakllanishi va ijodiy ish olib borishi kabilar.
O‘quv materialini mazmun jihatidan tanlashi.
O‘quv materialini tanlash albatta uning mantiqiy ketma-ketligi, mazmunan bitiruvchining fikrlash doirasini va g‘oyalarini ishlab chiqish, ilmiy farazni rivojlantirish va shu bilan birga kelajakda fanga o‘z hissasini qo‘shishga undamog‘i kerak.
Tanlab olingan o‘quv materialini tizimli tasniflash.
O‘quv materialining asosiy qismi, uni mantiqiy fikrlash, tushunish va munozara qilishni talab etadi. Shu bilan birga uni o‘zlashtirish, o‘zining qobiliyatidan kelib chiqqan holda ijodiy yondoshish ham zarur.
3. Qabul qilinayotgan masalalarning yechimini tajriba va sinovlardan o‘tkazish.
Tanlangan materialning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini o‘quv metodi va shakllarini ko‘rib hal qilish mumkin emas. Buning uchun nazariy, amaliy va metodologik o‘zaro bog‘liqligi, didaktik va eksperimental metodlardan olingan yetarlicha ishonchli bo‘lgan tashxislari va amaliyotda bo‘lgan dalolatnomalarni o‘zaro bog‘lab hal qilish kerak bo‘ladi.
|