• 4.3. TA’LIM JARAYONINI MAZMUNAN ISLOX QILISH
  • 4.4. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA VA MA’RIFIY ISHLAR
  • PEDAGOG VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH




    Download 0,77 Mb.
    bet141/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    4.2. PEDAGOG VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH,

    QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH
    Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko‘zlovchi tizimi vujudga keltiriladi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasb sifatini qo‘llab-quvvatlash ta’minlanadi.
    Oliy ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlariga mos yuqori malakali o‘qituvchilar tayyorlash bo‘yicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun o‘qituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yuzasidan maxsus markazlar tashkil etiladi.

    4.3. TA’LIM JARAYONINI MAZMUNAN ISLOX QILISH
    Kadrlarni o‘qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida isloh qilinadi. Ta’lim oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi.
    Pedagog kadrlarning obro‘-e’tibori, mas’uliyati va kasb ko‘nikmasini oshirish yuzasidan sobitqadam davlat siyosati olib boriladi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakl va uslublari, o‘quv, shu jumladan differensiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi.

    4.4. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA VA MA’RIFIY ISHLAR
    Yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib boriladi.
    O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan o‘zaro puxta hamkorlik qiladilar. (O‘zR 09.04.2007 y. O‘RQ-87-son Qonuni taxriridagi xat boshi)


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    PEDAGOG VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH

    Download 0,77 Mb.