• 4.6. TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISH
  • IQTIDORLI BOLALAR VA ISTE’DODLI YOSHLAR




    Download 0,77 Mb.
    bet142/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    4.5. IQTIDORLI BOLALAR VA ISTE’DODLI YOSHLAR
    Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta’minlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni o‘rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi.
    Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobitqadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniqyo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

    4.6. TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISH
    Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq belgilanadi. Ta’limning normativ-huquqbazasi rivojlantiriladi. Moliya-xo‘jalik faoliyati olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi. Ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi.
    Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali ta’lim muassasalarining samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IQTIDORLI BOLALAR VA ISTE’DODLI YOSHLAR

    Download 0,77 Mb.