|
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/2-SONBog'liq TDPU IA 2-son.qisqa variantTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/2-SON
209
yigitlik ramzi, makka novdasi yosh qizlar, tovus qushi – baxt ramzidir. Bu
kashtalarda onaxon va xotin-qizlarimizning orzu va istaklari, pok niyati va havaslari
namoyon.
―Bezak san‘atida kashtachilik – eng yorqin va qiziqarli san‘atdir. Musulmon
olamida, jumladan, O‗rta Osiyoda islom dini qonuniyatlariga binoan odam tasvirini
ifodalash ta‘qiqlanganligi sababli, kashtachilik san‘ati namunalari naqsh bezaklari
bilan yuksak cho‗qqiga ko‗tarildi.
Sharq ayollari o‗z ijodlarida kashtachilik san‘atida yuksak yutuqlarni qo‗lga
kiritdi. Asrlar davomida kashta naqshlariga mohir ustalar tomonidan turli usullar
o‗ylab topildi, turli belgi va ramzlar bilan boyitildi.
Kashtachilikda katta bezakli kashtalar (devor va pardalar, joy po‗shlar,
joynamoz,) mayda kashta buyumlari (ayol va erkak buyumlari, bolalar buyumlari,
beshik anjomlari, kelin sarposi bo‗lgan bo‗xjama, yostiq qoshlarda) namoyon bo‗ldi ‖
[1;].
O‗zbekiston - boshqa xalqlarga o‗xshamagan qobiliyatli insonlarning, qobiliyat
egalari va ustalar, ko‗p asrlik tarix shundan dalolat beradiki, xalqning durdona ijodi
o‗z ildizlarini, betakror etnik madaniyatini unutishga izn bermaydi. Bu zaminda
ko‗plab buyuk ustalar va yuzlab hunarmandlar o‗z mehnati bilan dunyoda shuhrat
qozondilar. Asrlar davomida go‗zal naqshli kashtalarga xalq mehr berdi. Bu ijod
ayollar tomonidan amalga oshirildi. Onalardan qizlarga ajobtovur kashta tikish,
naqshlar va usullar bilan o‗tib keldi. Qiz bolalar bolaligidan mazkur san‘atni
o‗rganib, kelajakda yaxshi usta bo‗lish uchun intilganlar.Har bir oilada o‗z kuchi
bilan bezakli kashtalar tikilgan. Oilada qiz farzand bo‗lsa ona uning yoshligidan
kelinlik sarposi uchun kashtalar tikkan. Agar to‗y muddatigacha bu kashtalar
bitmagan bo‗lsa, qo‗shni va qarindosh ayollardan yordam olingan [2;].
Shuni ta‘kidlash kerakki, o‗zbek xalq amaliy san‘tida turli tuman naqshlarning
yuksalishida ayollarning hissasi katta. Erkak hunarmandlar ijodida, binolar
bezaklarida girix naqshlarining qurilishi asosiy o‗rin egallalagan bo‗lib, erkin tasviriy
motivlar kamdan kam kuzatiladi. Ammo ayol hunarmand ustalar bu borada erkin ijod
qilishgan. Ular o‗z asarlarida individual xususiyatlarni kengaytirib, erkin naqsh
motivlarini tasvirlaydilar. Dunyo haqidagi tasavvurlarini, orzu-niyatlarini kashta
naqshlarida aks ettirganlar[3;].
Odamlar - kashtalar o‗zbek xonadolarini devorlarini bezaydi deb o‗ylashi bilan
bir qatorda, tinchlik, xotirjamlik olib keladi va oilani yomon ko‗zlardan saqlaydi
degan tushunchada ham bo‗lishgan. Kelinlar sarposidan turli kashtali buyumlar o‗rin
olgan. So‗zana, gulko‗rpa, palak, joypo‗sh, kirpech v.x.o. Kashtadagi bezak va
naqshlardan kelinning qaysi hududdan ekanligini bilib olganlar. Toshkent,
Samarqand, Jizzax, Surhondaryo kabi O‗zbekiston viloyatlarida kashtachilik
buyumlari turlicha, bir-biriga o‗hshamagan bezaklari bor[2;].
|
| |