|
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/2-SONBog'liq TDPU IA 2-son.qisqa variantTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/2-SON
210
Bundan tashqari bu san‘atning rivojiga xalqning turmush tarzi,
shug‗ullanadigan mashg‗ulotlari, yashash iqlimi ham ta‘sir qilgan. Kashtachilik
san‘ati bilan asosan o‗zbek ayollari shug‗ullanar ekan naqshlarni cheksiz hayol kabi
yangi motivlar bilan boyitdi. Bu naqshlarda ezgulik, muhabbat, oila himoyasi, yomon
ko‗zlardan asrash, hayotga intilish va uning bardavomligi, urf odatlarga sadoqat kabi
tushunchalarni anglash mumkin.
Bu borada sharqshunos olima Olga Suxoreva shunday deydi:- ―O‗rta Osiyo
ayollari xaqli ravishda jahon bezak san‘atida o‗z kashtalari bilan badiiy did,
ustakorlik va ijdoiy tasvirlash badiiy qimmati bilan o‗rin oldilar‖. Samarqand
kashtalarida juda kup islimiy naqshlar uchraydi. Hatto, Buxoro va Nurota
kashtachiligidan ham bu qadar ko‗p emas. Olimlarning fikricha naqsh san‘atini
o‗rganishda ham Samarqand kashtachiligi juda ahamiyatlidir.
Samarqand dunyo madaniyati tarixiga Amir Temur davrida yorqin shahar
sifatida kirib keldi. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san‘at yuksak
darajada rivojlangani bois, bu davr haqli ravishda ―Temuriylar renessansi‖ deb
ataladi. Ayni shu vaqtda davlat amaliy san‘atning kuchli homiysi bo‗lgan.
Kulolchilik, koshinkorlik, kandakorlik, zargarlik, gilamdo‗zlik, kashtachilik sohalari
rivojlangan.
Samarqandning kashtachiligi, undagi yorqin ranglar,o‗ziga xos shakllari bilan
asosiy e‘tiborni tortadi. Unga qo‗shni bo‗lgan hududlar – Buxoro, Nurato, Shahrisabz
kabi mintaqalarga qaraganda Samarqand maktabida o‗z usuli, tasvirlarning mahobatli
yechimga bo‗ysundirilishi, ranglarning jiddiyligi, qisqa va aniqlik, shakllardagi
kuchli dinamikligi bilan ajralib turadi[1;].
Samarqandda kashtaga gul tikuvchi ko‗plab mohir ustalar faoliyat yuritganlar
va ular ba‘zan ko‗chirib, ba‘zan esa yangi ijodiy namuna yaratganlar. Butun umrini
shu kasbga bag‗ishlagan ustalar mavjud bo‗lgan.
Urgut kashtachiligida – issiq ranglar yorqin tarzda qora ranglardan yo‗l-yo‗l
ichiga naqshlar tikilgan. 1980-yillarda kashtachilik bilan shug‗ulanib kelgan Urgutlik
Sabohat Rahmatullayeva ijod namunalari bo‗lgan joynamoz, tokchapo‗sh ( parda
o‗rnida ishlatilgan) kabi namunalarda to‗rt tomoni yo‗l ichiga qora rangli ip bilan
quyuq islimiy naqshli, turli bezaklarn qizil fondan foydalangan [4;].
Nurota kashtachiligida esa zaminni oq, sarg‗ish matoga rangli iplardan anor
novdasi, guli, mevasi va kichik barglari mayda jimjimador qilib tikilgan. ―Bu
kashtalar xuddi tabiatning tug‗ilish ramzi va hayotni madh etuvchi ovoz kabidir.
Bunday usulning yorqin qiyofalari Nurota, Buxoro, Samarqand so‗zanalarida
gavdalanadi‖ [5;] .
Nurota kashtalari guldastalar bilan bezatilgan. Nurota kashtalari gulli
motivlarning boyligi yoki rang-barangligi bilan ajralib turadi. Sepni tikayotgan yosh
kashtado‗z sochiq, kuyovdasturxon, devor choyshab, yostiqjild, ro‗molcha kabi
|
| |