|
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/2-SONBog'liq TDPU IA 2-son.qisqa variantTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/2-SON
211
kashta buyumlari tikadi. Shahrisabz so‗zanalarining ayrim namunalarida arab yozuvli
naqshlar uchraydi. Buxoro joypush va joynamozlari chetlariga Qur‘oni karim
oyatlari, Hadisi Sharif namunalari bilan birga pok tilak, ezgu niyatlar, go‗zal she‘riy
bitiklar yozib bezatilgan[6;].
XX asr boshlarida Samarqand kashtachiligida o‗zgarishlarni ko‗rish mumkin.
Har bir namunadagi naqshlar betakror. Biri-birini takrorlamas va oq fonli kashtalar
urfga kirgandi. Kashtalardagi palak naqshi (Bu Toshkent kashtachiligidagi palak
emas) ingichka, yeg‗iluvchan daraxt va gul, meva ramzli - islimiy naqshlardan iborat
bo‗lib, bu naqshlardan foydalanish hozirda ham davom etib kelmoqda.
Samarqand kashtalari gulida ham asosiy o‗rinni moviy yaproq gulchambaridan
ko‗k rangli qismlari bo‗lgan katta to‗pgul egallaydi. Ba‘zi kashtalarda markazdagi
maydonlarda islimiy naqshlari bo‗lgan kompozitsiya aks ettirilgan [1;].
Nafaqat gul, barg, meva balki samarqandliklarning kundalik hayotidagi
zargarlik buyumlari, uy-ro‗zg‗or, samovar kabi buyumlar shakllari ham naqshli
tarzda kashtalarga kiritilgan.
Bu ramziy tasvirlar xalqning dunyoni bilishi tushunchasidan kelib chiqib paydo
bo‗lgan. Xalq hayotidagi kasalliklar, befarzandlik , omadsiz ishlar kabi hodisalarni
sirli, turli yovuz ruhlar va jodu kuchlari bilan bog‗laganlar. Kashtachilikdagi ramziy
tasvirlarni yovuz kuchlardan himoya qilish vositasi deb ham qarashgan. Shuning
uchun kashta buyumlarini uyning turli joylariga ilishgan. Xalqning ishonishicha,
inson tug‗ilgandan so‗ng dastlabki 40 kunni ―chilla‖ vaqti deyishgan (tojikcha
―chilla‖ – ―qirq‖). Qirq kunda chaqaloq himoyasiz bo‗lib, yovuz kuchlarning
yomonligiga mubtalo bo‗ladi,-deb tushunishgan. Shu sababli barcha matoli
anjomlarni kashtalar bilan bezatganlar. Bundan tashqari olov, o‗tkir tig‗li buyumlarni
ham yovuz kuchlardan himoya qiladi,- deb tushunishgan [7;].
Buni bola yotadigan beshik yostig‗i tagiga pichoq qo‗yilishidan bilsak bo‗ladi.
Turmushga chiqayotgan qizlarning sepida zargarlik buyumlaridan ―ko‗z tumor‖ lar
qilinishi shart bo‗lgan. Kelinlarning uy ro‗zg‗or buyumlari ichida ruyidjo, joypush,
bolinpo‗sh, takiyapo‗sh, yastiqpo‗shlar o‗rin olgan. Samarqandda kelinni kuyovning
uyiga otda olib kelishgan , otdan tushgach esa uning ustiga to‗rt tomondan to‗rt kishi
kashtali so‗zana, ya‘ni yopinchiq bilan kuyovning uyiga olib kirganlar. Ana shu
yopinchiqda ham kashtachilik bezaklaridan foydalanilgan. To‗ydan keyin kelin bu
anjomni sandiq ustida yig‗ilgan ko‗rpa yostiq ustiga yopinchiq sifatida yopib, buni
―bolinpo‗sh‖ deb ataganlar [3;].
Tarixiy taraqqiyotni, rivojlanishni boshidan o‗tkazgan kashtachilik san‘ati
mustaqillik davrida oldingidanda yuksaldi. Barcha jihatlarda o‗zgarishlar bo‗lgani
kabi, kashtachilik buyumlari turlari keskin oshdi. Masalan, qadimda oyna xalta, tuz
xalta, shona xalta kabi buyumlar mavjud bo‗lgan bo‗lsa, endilikda kundalik
hayotimizda ishlatiladigan buyumlar: mobil telefonlar uchun g‗iloflar, turli katta
|
| |