|
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/2-SONBog'liq TDPU IA 2-son.qisqa variantTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/2-SON
212
kichiklikdagi shahar ramzlari va nomlari tushirilgan sumkachalar, hamyonchalar,
turli do‗ppilar, oyoq kiyim turlari (tapochka, tufli, etik), buyumlarga g‗iloflar, xona
interyerini bezatish uchun dasturxon va joynamozlarni, chik yostiqchalar, milliy
qo‗g‗irchoqlar, zargarlik buyumlari bilan ham aralashgan taqinchoqlargacha
tayyorladi. Liboslarning yeng va etak qismi, turli ramziy belgichalar bilan bezatiladi.
Bu buyumlarda oldingi naqsh an‘analari (islimiy va girix naqshlar, stilizatsiyali
tasvirlar) ga qo‗shimcha holda turli shriftdagi yozuvlar, hayvonlar tasviri, hatto
portretgacha tasvirlar uchraydi. Masalan, Samarqand zamonaviy kashtachiligida
Registon tasviri tushirilgan naqshlar liboslar va buyumlarda uchraydi. Ranglari ham
rang-barang, yorqindir. Gul, barg, hayvonlar, turli shakllar tasviri uchraydi. Matolar
rangi ham turlichadir. Bu o‗sha buyumlarni suvenir sifatida haridorgirligini oshiradi.
Zamonaviy kashta buyumlarning bunday boyishiga sabab, xalqaro va Respublika
miqyosidagi ko‗rgazmalarning o‗tkazilishi, chet eldan turli ashyolarning kirib kelishi,
hunarmandlarga yaratlayotgan imkoniyatlardandir. Maqolamiz boshida aytib
o‗tganimizdek, o‗zbek kelinlarining sepida bu san‘at qo‗llanilgan bo‗lsa, endilikda
kelinlar sepidan bu buyumlar chiqib keta boshladi. Ammo zamonaviy kiyinish
madaniyatida kashta bilan bezatilgan liboslarni turli yoshdagi xotin-qizlar kiyishi,
buyumlarni ishlatishi urfga aylandi. Chunki, millat ichida o‗z merosini qadrlash,
ardoqlash, asrash kuzatildi. Qoleversa, suvenir sifatida sayyohlarni jalb qilib
kelmoqda.
Biz ushbu maqolani yozish davomida Olga Suxareva, Elmira Gul, Akbar
Xakimov, Djuraeva Taxmina kabi san‘atshunos va izlanuvchilar ma‘lumotlari va
xulosalarini o‗rgandik. Ularga qo‗shimcha qilgan holda aytish mumkinki, kashtadagi
bezaklar xalqning urf-odatlari, fikrlashi, diniy tushunchalari bilan bog‗liq holda
shakillandi va rivojlandi. Kashtado‗zlar odatda kashtaning bir qismini chala tashlab,
tikmasdan qoldirganlar. Bu ham ularning o‗y- hayollari bilan bog‗liq. Bu bir kam
dunyoda yagona olloh kamu ko‗stsiz degan tushunchalar yoki baxt va
xursandchilkning davomli bo‗lishini istaganliklaridandir.
Temur va temuriylar davrida kashtachilik buyumlari islimiy naqshlar bilan
boyidi va keng miqyosda tayyorlandi. XIX asrga kelib har bir o‗zbek xonadoni
maishiy buyumiga aylandi.
Mustaqillik davriga kelib esa bu buyumlar turi nihoyatda kengaydi va
zamonaviylik kasb etdi. Kelinlar sepida sanoqligina buyumlar namoyon bo‗lsada,
boshqa turdagi buyumlarga kashtalar ishlandi. Ya‘ni insonlarning kundalik liboslari:
koftalar, kostyumlarga, sharflar, ro‗molchalar, ko‗ylaklar yeng-u-yoqasiga, etagiga,
oyoq kiyimlar, mobil telefon uchun g‗iloflar, do‗ppilarda, hamyonchalar shular
jumlasidandir. Nafaqat mato yoki ko‗nga balki, zargarlik buyumlariga ham kashta
bezaklari ta‘siri sezildi. Namuna ranglari serjilo, kompozitsiyalari murakkab,
naqshlarda islimi va girix, hayvonlar tasviri, yozuvlar, ramziy belgi va shakllar turli
|
| |