Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarni shakllantirish taʼlimining asosiy tamoyillari




Download 113.26 Kb.
bet4/7
Sana11.05.2023
Hajmi113.26 Kb.
#58391
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
muqaddas1
Презентация1, barchin ijtimoiy , 5-Amaliy mashg’ulot, 6-Amaliy Mashg\'ulot, 1 самостоятельный., Умида Мой город., Mavjuda essey 1, Boronova ijt mus tal 2, Faxriddin akt1, 1Elementar piramida, Sevara yvt, 2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir (1), 2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir, Maftuna Fiziologiya1
1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarni shakllantirish taʼlimining asosiy tamoyillari
Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning umumiy asosiy tamoyillari. Bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda quyidagi didaktik tamoyillarga asoslaniladi:
1. Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo‘lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya’ni biz ilmiylik to‘g‘risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda, berilayotgan bilim mazmuni ilmiylik asosida tuzilgan bo‘lishiga e’tibor qaratishimiz kerak.
2. Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili. Bu tamoyil berilgan nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog‘lanishini butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematik nazariyadan bevosita har xil mashq va masalalarni yechishga o‘tish yo‘li bilan bu tamoyil keng suratda amalga oshiriladi.Haqiqatan ham yosh bolalarga har kuni ko‘zi bilan ko‘rib yurgan xonada, ko‘chada, uydagi narsalar bilan bog‘langan holda mashg‘ulot o‘tish, ya’ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushinib olishiga, o‘zlashtirishiga yordam beradi.
3. Ko‘rsatmalilik tamoyili. Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqdir. Matematikani o‘qitishdan asosiy maqsad – mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o‘qitish aniq fakt va obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o‘rganishi shu aniq fakt va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak.
Ko‘rgazmalilik o‘quv materialini o‘zlashtirishni osonlashtiradi va bilimning mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, doira haqida gapirganimizda bolaning har biriga doirachalardan berib qo‘yib bolalar ikki qo‘llari orasida ushlab ko‘rishlari kerak. Uning dumaloq ekanini, tekis ekanini qo‘l uchidagi bolaning hamma analizatorlari qatnashgan holda eslarida yaxshiroq qol adi.
4.Bilimlarni o‘zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik tamoyili. Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bog‘lanishlar g‘oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo‘lib qolmay, bir-biri bilan bog‘langan holda oson misollardan boshlanib asta-sekin murakkablashtirib borilishi lozim. Puxta o‘zlashtirish esa matematikada, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir. Matematik tushunchalar o‘zaro shu qadar bog‘langanki, majburiy minimumning biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar o‘z bilimlarini hayotda foydalana olmay qoladilar va matematik bilim olishni davom ettirish qiyinroq bo‘ladi. Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni bilish, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashning ham ahamiyati juda katta. Ayniqsa, matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, dasturning biror qismini yaxshi o‘zlashtirmasdan va malakani yaxshi mustahkamlamasdan turib, muvaffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas.
5. Individual yondashish tamoyili. Bu tamoyil bolalarning yosh xususiyatlarini, ya’ni qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak, degan.
Tarbiyachi ta’lim faoliyatlarga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o‘rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o‘zlashtira oladigan darajada bo‘lishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o‘rganiladi. Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish bilan tanishtirish shunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: bolalar birinchi ta’lim faoliyatida buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini o‘zlashtiradilar; ikkinchi ta`lim faoliyatida bolalarning teng ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘at faollashtiriladi; tarbiyachi uchinchi ta`lim faoliyatida bolalarga buyumlarni teng to‘rt qismga bo‘lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning qismgamunosabatini ko‘rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik shakllarni ikki va to‘rt qismga bo‘lishning har xil usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rganishadi. Shunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha (uch-olti) ta’lim faoliyatlarida amalga oshiriladi.Bolalarning bilimlari bir ta`lim faoliyatidan ikkinchi ta`lim faoliyatiga o’tganda kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Dasturning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tishda o‘tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega. Yangi materialni o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi. Odatda, yangi mavzuni uch-besh mashg‘ulot davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi. Mavzuni oradan ikki hafta, ba’zan uch hafta o‘tgandan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir o‘rganilgan bo‘limi o‘quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo‘lib turishi kerak.Shu munosabat bilan bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga yoki har xil bo‘limning, ya’ni «Miqdor», «Sanoq», «Kattalik», «Shakl» va boshqa bo‘limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin. Hamma bo‘limlari bo‘yicha dasturni bolalar izchil o‘rganishini va ularda elementar matematik bilimlar tizimini shakllantirishni shunday qilib ta’minlash mumkin bo‘ladi. Matematika o‘qitishda ta`limiy faoliyatning har xil turidan foydalaniladi. Ta`limiy faoliyat turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialini o‘rganishga yoki o‘tilganlarni takrorlashga, bir qator ta’limiy faoliyatlarning nechtadan bo‘lganini yoki kimda o‘yinchoqlar borligini va o‘yinchoqlar qancha bo‘lganini topadilar.) Bolalar (o‘rta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida)buyumlarni va geometrik shakllarni har xil alomatlari bo‘yicha guruhlarga ajratishni, o‘yinchoqlar, shakllar, jadvallar to‘plamiga tayyorlov guruhlarida
«qancha» so‘zi bilan savollar o‘ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek«Qo‘shnilaringni top», «Men qaysi sonni o‘tkazib yubordim?», «Kim ko‘p bilsa, u uzoq sanaydi» kabi o‘yinlar o‘tkaziladi. Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning harakatlari hamma bolalarg ko‘rinib turishi muhim. Keyinroq bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma bolaga bir vaqtda beriladi. Bolalar o‘rinlarida yuzlari (yoki yon tomonlari) bilan qarab o‘tirishlari kerak. Chunki topshiriqlarning bajarilishini tekshirishda yoki yangi topshiriqlar berishda tarbiyachi bolalar e`tiborini namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Olti o‘rinli stollar mavjud bo‘lganda, uning atrofiga to‘rttadan ortiq bolani o‘tqazmaslik kerak. Zarur bo‘lsa, qo‘shimcha 1-2 ta stol qo‘yish kerak. Bolalarning bilim va ko‘nikmalari tekshiriladigan faoliyatlar tarbiyachi stol oldida tashkil qilinadi.Agar ta’limiy faoliyatning borishida yoki uning oxirida harakatli o‘yinlardan foydalaniladigan bo‘lsa, bu o‘yinlarni o‘tkazish uchun oldindan joy tayyorlab qo‘yish kerak. Ta’limiy faoliyatlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishda ko‘rsatmaqo‘llanmalarni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarnishakllantirishda ham, bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qo‘shni sonlar orasidagi bog‘lanishlar va munosabatlar, “teng”, “ortiq”, “kam”, “butun”, “qism”) borasida ham ko‘rsatmalilik boshlang‘ich davr bo‘lib xizmat qiladi. Hamma ta`limiy faoliyatlarida kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, o‘yinchoqlar, tabiiy materiallardan keng foydalaniladi. Hamma bolalar o‘yinchoqlar bilan o‘ynashlari uchun o‘yinchoqlar ko‘p miqdorda tanlanadi.Matematik bilimlar abstraksiyalash yo‘li bilan o‘zlashtirilishi sababliturli-tuman buyumlardan foydalaniladi. O‘rgatishning ma’lum bosqichida jadvallar, sxemalar (ol mani ikkita va to‘rtta teng qismga bo‘lish sxemasi)

Download 113.26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 113.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarni shakllantirish taʼlimining asosiy tamoyillari

Download 113.26 Kb.