• Kurs ishi predmeti
  • 1.BOB.Maktabgacha talim tashkilotida matematik tasavvurlarni shakllantirish nazaryasi 1.1 Kichik guruhlarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mazmun va mohiyati
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 113.26 Kb.
    bet3/7
    Sana11.05.2023
    Hajmi113.26 Kb.
    #58391
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    muqaddas1
    Презентация1, barchin ijtimoiy , 5-Amaliy mashg’ulot, 6-Amaliy Mashg\'ulot, 1 самостоятельный., Умида Мой город., Mavjuda essey 1, Boronova ijt mus tal 2, Faxriddin akt1, 1Elementar piramida, Sevara yvt, 2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir (1), 2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir, Maftuna Fiziologiya1
    Kurs ishi maqsadi: mavzuni ilmiy- nazariy jihatdan asoslash va zamonaviy sharoitda yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyadan foydalanishning mavjud imkoniyatlari hamda pedagogik shart- sharoitlarini aniqlash.
    Kurs ishi ob'ekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya berishni takomillashtirishda pedagogik texnologiya metodi imkoniyatlaridan foydalanish jarayoni.
    Kurs ishi predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim ba tarbiya berishni takomillashtirishda pedagogik texnologiya metodidan foydalanishning mazmuni, omillari va pedagogik shart- sharoitlari.
    Kurs ishi vazifalari: mavzuga oid pedagogik, psixologik, falsafiy yo`nalishidagi manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish; ta’lim va tarbiya berishni tashkillashtirishda pedagogik texnologiyaning dolzarbligini asoslash;
    ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyadan loyihalash foydalanishning mavjud shart-sharoitlari va zamonaviy imkoniyatlarini tahlil qilish hamda pedagogik jihatdan tasniflash.
    1.BOB.Maktabgacha ta'lim tashkilotida matematik tasavvurlarni shakllantirish nazaryasi
    1.1 Kichik guruhlarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mazmun va mohiyati
    Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlaridan biri bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal shakllantirishga qaratilgan ta’limdir. Ma’lumki, har bir shaxs o‘zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyeitlariga kocra hayotda o‘z o‘mini topa olgan sharoitda rivojlanuvchi jamiyatni barpo etishi mumkin.Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktab yoshigacha bolgan bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida matematik tasavvurlarning muhimligini ko‘rsatish, fikrlashga o'rgatishdan iboratdir. Demak, zamonaviy maktabgacha ta’lim oldida bolalarga yoshligidan boshlab mustaqil, faol matematik tasawurlarni shakllantirish vazifasi turibdi.Matematik tashunchalarni shakllantirishning bir necha yo‘nalishlari belgilandi: falsafa bilimlarning haqqoniylik muammosini ko'rib chiqadi; mantiq tushunchani rivojlantiruvchi bilim tizimi sifatida o‘rganiladi, psixologiya har bir bolaning mustaqil fikrlash jarayonini nimaga, qaysi fikrlash jarayoni orqali namoyon boʻlishini, inson fikrlash jarayoni yordamida noma’lumni, yangilikm topadi, degan farazni ko‘rib chiqadi; pedagogika bolalardagi ijodiy faoliyatni shakllantirish yoilarini, yosh avlodni ijodiy mehnatga tayyorlashni tekshiradi. Matematik tasawurlarni shakllantirish muammosi psixologik nuqtayi nazardan quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
    1)tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo boiishi
    2)tasavvurlarni shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliy faoliyat usullarini shakllantirish.Bu muammoga L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, O.K.Tixomiirov, P. Y. Galperin, Y.I.Grudenov, Z.I.Kalmikov, Y.M.Kolyagin, V.A.Kruteskiy, A.M.Matyushkin, Z.I.Slekan, N.F.Talizina, L.M.Fridman vaboshqalaming ishlari bag'ishlangan.Psixologik, pedagogik tadqiqotlami ко'rib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, bolalarda matematik tasawurlarni shakllantirish tarbiyachi (pedagog) rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) rahbarligida ta’lim jarayonidaumumlashtirish, fikrlash, mantiqiy bog'lash bilimlari shakllanadi va bu pedagogik jarayonda o‘z aksini, albatta, topadi.Maktabgacha ta’lim jarayonida bunday sharoitlarning yaratilishi masalani yechishda o‘rganilayotgan bilimlarni mustahkamlash, masalani mustaqil yechish ko‘nikmasini shakllantiradi.

    Maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalarini sanoqqa o‘rgatishdagi bosh vazifalardan biri bir to‘plam elementlarini ikkinchi to‘plam elementlari bilan taqqoslash, solishtirish yo‘li orqali bolalarni to‘plamlarni taqqoslashga o‘rgatishdan iborat. Bu dastlabki bosqich kelgusida sanoq faoliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Bola miqdoriy taqqoslash usullarini egallaydi. Bola sanashni bilmaydi, shu sababli u oldin taqqoslanayotgan to‘plamlarning qaysinisi ko‘p, qaysinisi kam ekanini, yoki ular teng quvvatli ekanini aniqlashni o‘rganadi. Bolalarda kelgusida matematik tasavvurlarni rivojlantirish ko‘p jihatdan sanoqqa o‘rgatishning boshlang‘ich davriga bog‘liq.Ikkinchi kichik guruhda tarbiyachi bolalarda to‘plam alohida bir jinsli elementlar (buyumlar) majmui haqidagi tasavvurni rivojlantirishi kerak.O‘qitishni buyumlarning sifat va xossalarini ajratishga oid mashqlardan boshlash kerak. Masalan, bir qancha o‘yinchoqlar ichidan xuddi tarbiyachi qo‘lidagidek o‘yinchoqni topish taklif qilinadi, «Xuddi shunday kubchani (bayroqchani, sharni) ber». Shundan keyin har xil rangli (o‘lchamli, shakldagi) 2-3 ta buyum orasidan xuddi shu rangdagi (o‘lchamli, shakldagi) buyumni tanlash topshirig‘i beriladi.Navbatdagi bosqich berilgan belgi-alomatlari bo‘yicha buyumlarii tanlash va guruhlarga ajratishga oid mashqlardan iborat bo‘lishi kerak. Masalan: «Qizil rangli hamma kubchalarni mana bu qutiga sol, bu qutiga esa hamma kichik ayiqchalarni yig‘, mana bunisiga esa hamma katta ayiqchalarni yig‘». Bunday mashqlar natijasida bolalar har xil buyumlarning umumiy belgilari mavjud ekanini, shu bo‘yicha bir guruhga birlashtirish mumkinligini tushuna boshlaydilar: «Bular qo‘g‘irchoqlar», «Bular koptoklar», «Bular bayroqchalar» kabi.Tarbiyachi bolalarni guruhdagi buyumlarning biror qismi uchungina umumiy bo‘lgan belgilarni ko‘ra olishga o‘rgatadi. Masalan, bayroqchalar ko‘pligini, ammo ularning ba’zilari sariq, ba’zilari esa ko‘k ekanini ko‘rsatadi(Sariq bayroqchalar ko‘p, ko‘k bayroqchalar ham ko‘p»).Miqdor haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda bir jinsli (bir xil) buyumlardan guruhlar tuzish va guruhni alohida buyumlarga ajratshga doir har xil o‘yin mashqlar ma’lum o‘rin olishi kerak. Odatda, bu o‘yin-mashqlar darsda ma’lum izchillikda o‘tkaziladi.Birinchi ta’lim faoliyatida bir xil o‘lcham va rangli mutlaq; aynan o‘yinchoqlarning: sabzilar, archalar, jo‘jalarning majmualari tuziladi, bunda guruhda bolalar qancha bo‘lsa, o‘yinchoqlar ham shuncha bo‘lishi kerak. Tarbiyachi dastlab bolalarga bittadan o‘yinchoq ulashadi, o‘z harakatlarini ushbu so‘zlar bilan tushuntiradi: «Menda archalar juda ko‘p. Men bolalarning hammasiga bittadan archa berib chiqaman. Menda bitta ham archa qolmaydi...» Shundan keyin bolalarga murojaat qiladi: «Har biringizda nechtadan archa bor?» Shundan keyin tarbiyachi hamma o‘yinchoqni yig‘ib oladi, bunda u bitta ham yo‘q (bolada), juda ko‘p (tarbiyachida) so‘zlariga urg‘u beradi.Mashqni boshqa o‘yinchoqlar bilan yana bir marta takrorlash mumkin. Har gal tarbiyachi ko‘p, bitta, bittadan, bitta ham yo‘q, hech narsa yo‘q so‘zlarini ishlatadi; “Qancha?”, “Qanchadan?” savollarini qo‘yadi. Kichkintoylar buyumlarni va ular qanchadanligini (ko‘p, bitta) aytadilar. Ta’limiy faoliyatning borishida bolalar to‘plam alohida buyumlarga ajralishiga va alohida buyumlardan tuzilishi mumkinligiga ishonch hosil qiladilar. Ikkinchi mashg‘ulot ham shunga o‘xshash o‘tkaziladi. Dastlab oldingi ta’lim faoliyatida foydalanilgan o‘yinchoq turlarining biri bilan ish tashkil qilinadi, keyin esa o‘yinchoq yoki buyumlarning yangi xili olinadi, ular bir xil bo‘lishi shart emas: ular turlicha o‘lchamli va har xil rangli bo‘lishi mumkin. O‘yinchoqlar guruhlarga ajratiladi, masalan, bir savatga sariq koptoklar, ikkinchi savatga qizil koptoklar yig‘iladi; katta baliqchalar katta idishga, kichik baliqchalar kichik idishga solinadi.Ta’lim faoliyatining borishini tarbiyachi umumlashtiradi. Masalan: «Savatda (yoki to‘r xaltada) koptoklar ko‘p», ammo «katta to‘r xaltada katta koptoklar ko‘p, kichik to‘r xaltada kichik koptoklar ko‘p» yoki «Ariqda ko‘p baliq so‘zib yuribdi», yoki «Qizil yoki sariq qayiqchalar ko‘p». Bu xil mashqlarni kamida to‘rt marta o‘tkazish tavsiya qilinadi. Bolalar to‘plam alohida elementlardan iborat ekanini bilib olganlaridan keyin, ular bir xil buyumlar guruhlarini mustaqil ajratishni, tevarak-atrofdan alohida (bitta) buyumlarni va buyumlar majmuini (ko‘p) mustaqil topishni o‘rganadilar.Xonada qanday buyumlar ko‘p, qaysi buyumlar bittaligini ayta olish uchun kichkintoylar murakkab fazoviy-miqdoriy tahlilni amalga oshiradilar, ya’ni qandaydir bir buyumni ajratadilar. So‘ngra unga diqqat bilan qarab qanday buyumlar boryo‘qligini qarab, bir xil buyumlarni yagona to‘plamga xayolan birlashtirishlari kerak.Kichkintoylarning «bitta» va «ko‘p» tushunchalarini mustahkamlash uchun ko‘rsatilgan miqdordagi buyumlarni har xil rangli ikkita qatorga joylashtirishni taklif qilish mumkin.Tarbiyachi quyidagicha topshiriq beradi: «Chapdagi ko‘k qatorga bitta jo‘ja, o‘ngdagi yashil qatorga ko‘p jo‘ja qo‘ying». Qatorlarning o‘rnini almashtirib yoki har qaysi qatorga joylashtirish kerak bo‘lgan buyumlar soni haqidagi ko‘rsatmani o‘zgartirb, tarbiyachi bolalarni buyumlar miqdorini oldin qatorlar rangi bilan, keyin esa ularning fazoviy joylashuvlari bilan bog‘lashni o‘rgatadi.Shuningdek, kichkintoylar buyumlarning chapda, o‘ngda, yuqorida, pastda bir-biriga nisbatan qanday joylashganliklarini aniqlashni ham o‘rganadilar.Topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan keyin tarbiyachi bolalardan har qaysi qatorda qanchadan o‘yinchoq (bitta yoki ko‘p) borligini so‘raydi. Bu xil ishga kamida ikki-uch mashg‘ulot ajratiladi.Tarbiyachi «Topshiriq» o‘yinini tashkil qilishi mumkin, bu o‘yinda bolalar to‘plamni aniqlashni, buyumlarni mustaqil tanlashni o‘rganadilar. Bu o‘yin uchun buyumlar birlik va ko‘plikda berilmog‘i lozim, masalan, birinchi stolga bitta, ikkinchi syulga ko‘p o‘rdakcha qo‘yish mumkin. Bolalar tarbiyachining topshirig‘iga ko‘ra oldin ko‘p, keyin esa bitta o‘rdakchani olib kelishadi. Topshiriqni qiyinlashtirish ham mumkin: bir stolning o‘ziga bitta archa va ko‘p qo‘ziqorin qo‘yish mumkin. Bu galda bolalar o‘yinchoqlarni olib kelmaydilar. balki stolga yaqin kelib, unda nimalarni ko‘rayotganlarini gapirib berishadi.O‘yinchoq guruhlarini tobora har xil joyga, ya’ni: stollarga, deraza tokchalariga, gilamga joylashtirish mumkin. Topshiriqni bajarishda oldin bolalarning e’tiborini xonaning alohida joylariga (deraza tokchasi, gilamning o‘ng tomonidagi burchak va b.) qaratish kerak, shundan keyin ularning o‘zlari ham yaxshi mo‘ljal ola boshlaydilar.

    Download 113.26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 113.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 113.26 Kb.