• Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari.
  • Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali




    Download 12,65 Mb.
    bet18/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    Loyihalash aspektlari. Ierarxik darajalarni tug‘diruvchi ob’yekt xossalari aks ettirilishining mufassalligi darajasi bo‘yicha bayonlarni ajratishdan tashqari turli aspektlar bo‘yicha bayonlar dekompozitsiyasidan ham foydalanishadi. Funktsional, konstruktorlik va texnologik aspektlar yirik aspektlarga kiradi. Ushbu aspektlarga taalluqli bayonnomalarni o‘zgartirish yoki olish bilan bog‘liq masalalarni yechish mos ravishda funktsional, konstruktorlik va texnologik loyihalash deb ataladi.
    Funktsional aspekt ob’yektda ro‘y beradigan fizikaviy va informatsion jarayonlarning xarakteri va ishlashining asosiy printsiplarini aks ettiradi va printsipial, funktsional, strukturaviy, kinematik sxemalarda va ularga ilova qilinadigan hujjatlarda o‘z ifodasini topadi.
    Konstruktorlik aspekt funktsional loyihalash natijalarini amalga oshiradi, ya’ni ob’yektlarning geometrik shakllarini va ularning fazoda o‘zaro joylashishini ta’minlaydi.
    Texnologik aspekt konstruktorlik loyihalash natijalarini amalga oshirish bilan, ya’ni ob’yektlarni tayyorlash metodlari va vositalarini bayon qilish bilan bog‘liq.
    Ob’yekt xossalarini differentsiyalabroq (tabaqalashtiribroq), ya’ni undan bir qator nimtizimlar va shunga mos aspektlar sonini ajratib bayon qilish mumkin. Masalan, funktsional aspektni bayon qilinayotgan hodisalarning fizikaviy asoslariga ko‘ra elektrik, mexanik, gidravlik, kimyoviy va sh.k. aspektlarga bo‘lish mumkin. Bunda elektromexanik tizim bayonida elektrik va mexanik nimtizimlarning bayonlari, yadroviy reaktor bayonlarida – gazodinamik, issiqlik, fizika-neyronli nimtizimlarning, optika – elektron pribori bayonlarida – elektrik va optik nimtizimlarning bayonlari paydo bo‘ladi.
    Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari. Loyihalash vaqtida rivojlanuvchi jarayon sifatida davr (стадия)larga, bosqich (этап)larga, loyihaviy protseduralarga va operatsiyalarga ajraladi.
    Murakkab tizimlarni loyihalashda loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar, eskiz, texnikaviy, ishchi loyihalash, sinash va tadbiq qilish davrlari ajratiladi.
    Loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar davrlarida jamiyatning yangi buyumlari olishga ehtiyojini, sanoatning ushbu va qo‘shni sohalaridagi ilmiy-texnikaviy yutuqlarni, mavjud resurslarni o‘rganish asosida texnikaviy ob’yektning vazifasi va uni qurishning asosiy printsiplari aniqlanadi va uni loyihalash uchun texnikaviy topshiriq (TT) shakllantiriladi. Bu davrlar ilmiy-tadqiqot ishi (ITI) davri deb ham ataladi.
    Eskiz loyihasi davrida (boshqachasiga tajriba-konstruktorlik ishi (TKI) davrida) bo‘lajak ob’yekt funktsiya qila olishini belgilaydigan asosiy printsiplar va qoidalarning to‘g‘riligi va amalga oshirila olishi tekshiriladi.
    Texnikaviy loyiha davrida loyihaning hamma qismlari har tomonlama ishlab chiqiladi, texnikaviy yechimlar konkretlashtiriladi va detallashtiriladi.
    Ishchi loyiha davrida buyumni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan hamma hujjatlar tayyorlanadi (shakllantiriladi). So‘ngra tajriba qilish uchun mo‘ljallangan namuna yoki bir nechta namunalar tayyorlanadi va sinaladi. Sinov natijalari bo‘yicha loyihaviy hujjatlarga zarur bo‘lgan tuzatishlar kiritiladi va faqat shundan keyin tanlangan korxonada ishlab chiqarishga tadbiq qilish boshlanadi.
    Loyihalash bosqichi – bitta yoki bir nechta ierarxik darajalar va aspektlarga taalluqli ob’yektning talab qilingan hamma bayonlarini shakllantirishni o‘z ichiga olgan loyihalash jarayonining bir qismidir. Ko‘pincha bosqich nomi mos ierarxik darajalar va aspektlar nomi bilan bir xil bo‘ladi. Masalan, texnologik jarayonlarni loyihalashni texnologik jarayonning printsipial sxemalarini ishlab chiqish, marshrut texnologiyasini va operatsion texnologiyani ishlab chiqish va dasturaviy-boshqariladigan texnologik jihoz uchun mashinali olib yuruvchilarda boshqaruvchi informatsiyani olish bosqichlariga bo‘lishadi. Katta integral sxema (KIS)larni loyihalashda komponentlarni loyihalash, sxematexnik, funktsional-mantiqiy va topologik loyihalash bosqichlarni ajratishadi. Birinchi uchta bosqich o‘xshash nomga ega bo‘lgan funktsional aspektli uch ierarxik darajali masalalarni yechish bilan bog‘liq. Topologik loyihalash bosqichi KISni loyihalashdagi konstruktorlik aspektdagi hamma ierarxik darajalarga taalluqli bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi.
    Loyihalash bosqichining tarkibiy qismlarini loyihaviy protseduralar deb atashadi. Loyihaviy protsedura – bosqichning bir qismi bo‘lib, uning bajarilishi loyihaviy yechimni olish bilan tugaydi. Har bir loyihaviy protseduraga ushbu protsedura doirasida yechiladigan loyihalashning qandaydir masalasi mos keladi. Loyihaviy protsedura tarkibiga kiruvchi loyihalash jarayonining maydaroq tarkibiy qismi loyihaviy operatsiyalar deb ataladi. Buyum chizmasini shakllantirish, kuchaytirgich parametrlarini hisoblash, elektr dvigatelini qurish uchun namunaviy konstruktsiyasini tanlash – loyihaviy protseduralarga, namunaviy grafikaviy tasvirni (tishli ilashma, chizma ramkasi va sh.k.) chizish, kuchaytirgichning statik holatini bayon qiluvchi algebraik tenglamalar tizimini yechish, elektr dvigatelning navbatdagi variantini qurishning effektiv ko‘rsatkichlarini hisoblash – loyihaviy operatsiyalarga misol bo‘la oladi.
    Shunday qilib, daraja va aspekt tushunchalari loyihalanayotgan ob’yekt haqida tushunchalarni strukturlashga, bosqich tushunchasi esa – loyihalash jarayonini strukturlashga taalluqli.

    Download 12,65 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali

    Download 12,65 Mb.