• Loyihalanayotgan ob’yektlar bayonlarining turlari va ular parametrlarining klassifikatsiyasi.
  • Loyihaviy yechimlar va protseduralarni unifikatsiyalash




    Download 12,65 Mb.
    bet20/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    Loyihaviy yechimlar va protseduralarni unifikatsiyalash. Ob’yektlarni unifikatsiyalashdan maqsad – odatda ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va buyum ekspluatatsiyasini yaxshilashdir. Namunaviy va unifikatsiyalangan loyihaviy yechimlardan foydalanish loyihalashni soddalashtirishga va tezlashtirishga ham olib keladi: masalan, namunaviy elementlar bir marta ishlanadi, lekin turli loyihalarda qayta-qayta ishlatiladi.
    Loyihalanayotgan ob’yektlar bayonlarining turlari va ular parametrlarining klassifikatsiyasi. Loyihalanayotgan ob’yektning natijaviy bayoni konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYaT) bo‘yicha shakllantirilgan sxemaviy, konstruktorlik va texnologik hujjatlarining to‘liq komplektidan iborat bo‘lib, ushbu ob’yektni tayyorlash va ekspluatatsiya qilish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallanadi. Ba’zi oraliq loyihaviy yechimlar ham THYaTga muvofiq shakllantiriladi. Lekin loyihalashning o‘zida foydalanishga mo‘ljallangan oraliq yechimlar uchun ularni ushbu loyihalash tizimida qabul qilingan maxsus shaklda ifoda etish xarakterlidir. Xususan, bayonlar turli til shaklini qabul qilishi va ALTning turli xotirani saqlovchi qurilmalarida joylashishi mumkin. Bu bayonlarda loyihalash ob’yektlarining matematik modellarining salohiyati katta, chunki avtomatlashtirilgan loyihalashda loyihaviy protseduralarni bajarish matematik modellar bilan ish ko‘rishga asoslangan.
    Texnikaviy ob’yektning matematik modeli (MM) – texnikaviy ob’yektning ba’zi xossalarini aks ettiruvchi matematik ob’yektlar (sonlar, o‘zgaruvchilar, matritsalar, ko‘pchiliklar va sh.k.) tizimi va ular orasidagi munosabatlardir. Loyihalashda ob’yektning muhandis nuqtai nazaridan ahamiyatli hisoblangan xossalarini aks ettiruvchi matematik modellardan foydalanishadi.
    Ob’yektning ma’lum ierarxik darajadagi, jumladan MMdagi, bayonlarida aks ettiriladigan xossalari orasida tizimlar, tizimlar elementlari va ob’yekt funktsiyasini bajarishi lozim bo‘lgan tashqi muhitlarni farqlashadi. Ushbu xossalarning miqdoriy ifodasi parametrlar deb nomlanuvchi kattaliklar yordamida amalga oshiriladi. Tizim, tizim elementlari va tashqi muhit xossalarini tavsiflovchi kattaliklar mos ravishda chiquvchi, ichki va tashqi parametrlar deb ataladi.

    Download 12,65 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyihaviy yechimlar va protseduralarni unifikatsiyalash

    Download 12,65 Mb.