• Tashqi va ichki loyihalash.
  • Pasayuvchi va ko‘tariluvchi loyihalash




    Download 12,65 Mb.
    bet19/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    Pasayuvchi va ko‘tariluvchi loyihalash. Agar yuqori ierarxik darajalardagi masalalarni yechish pastroq ierarxik darajalardagi masalalarni yechishdan oldin kelsa, bunday loyihalash pasayuvchi deb ataladi. Agar quyi ierarxik darajalar bilan bog‘liq bo‘lgan bosqichlar bilan bajarilsa, bunday loyihalash ko‘tariluvchi deyiladi.
    Loyihalashning ushbu ikki turining har birida ham o‘zining afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Pasayuvchi loyihalashda tizim uning elementlari hali aniqlanmagan sharoitda ishlanadi, ya’ni uning imkoniyatlari va xossalari haqidagi ma’lumot taxminiy tavsifga ega. Ko‘tariluvchi loyihalashda aksincha elementlar tizimdan oldin loyihalanadi, natijada elementlarga bo‘lgan talablar taxminiy tavsifga ega bo‘ladi. Ikkala holda ham to‘liq boshlang‘ich informatsiya yo‘qligi tufayli optimal texnikaviy natijalarga erishishning potentsial imkoniyatidan chetga og‘ish bo‘ladi. Lekin loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuvda bunday og‘ishliklarning bo‘lishi muqarrar va murakkab ob’yektlarni loyihalashda blokli-ierarxik yondoshuvga boshqa muqobil yondoshuv mavjud emas. Shu sababli, blokli-ierarxik loyihalash natijalarining optimalligini texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar (ular, xususan, o‘z ichiga loyihalashga ketadigan moddiy va vaqt sarflarni oladi) nuqtai-nazaridan ko‘rish lozim.
    Tashqi va ichki loyihalash. Pasayuvchi loyihalashda k-ierarxik darajadagi elementlarni ishlash uchun TT ta’rifi ushbu darajadagi loyihaviy protseduralarga kiradi. Yuqori ierarxik darajadagi tizim yoki ko‘p qo‘llanishlarga mo‘ljallangan unifikatsiyalashgan elementlar tizimi uchun TT ishlash boshqacha bo‘ladi. Bu erda TT ishlash loyihalashning mustaqil bosqichi bo‘ladi va ko‘pincha tashqi loyihalash deb ataladi. TTning ta’riflari bo‘yicha ob’yektni loyihalash bosqichlari, undan farqli ravishda, ichki loyihalash deyiladi.
    Tashqi loyihalashning asosi – texnikaning zamonaviy holatini, texnologiyaning imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olish hamda ob’yektning hayotiy siklidan kam bo‘lmagan vaqt davomida ularning rivojlanishini to‘g‘ri prognoz (bashorat) qilishdir. Texnologik omillar bilan bir qatorda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni loyihalash va tayyorlashning narxi va muddatlarini ham hisobga olish zarur. Masalaning holati va ilmiy-texnikaviy progress istiqbollarini o‘rganish (tadqiqot qilish) asosida ekspertlar guruhi tizimga TTning birlamchi variantini shakllantirishadi. Shakllantirilgan TT bajarila olishini baholash va uni tuzatish bo‘yicha tavsiyalar ichki loyihalash protseduralari yordamida olinadi.

    Download 12,65 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pasayuvchi va ko‘tariluvchi loyihalash

    Download 12,65 Mb.