• Fazoviy o‘zgaruvchilarga misollar.
  • Loyihalanayotgan ob’yektlar parametrlariga misollar




    Download 12,65 Mb.
    bet21/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    Loyihalanayotgan ob’yektlar parametrlariga misollar.

    Porshenli kompressorlar uchun:


    chiquvchi parametrlar – kompressor unumdorligi, dvigatel quvvati, yonishning maksimal bosimi, sikllar soni, yonilg‘i sarfi;
    ichki parametrlar – klapanlardan oqib o‘tish koeffitsienti, ishqalanish koeffitsientlari, ichki bo‘shliqlarning geometrik o‘lchamlari;
    tashqi parametrlar – atrof-muhit harorati, so‘rishning birinchi bosqichida gaz bosimi, chiqarish tizimidagi qarshilik.
    Elektron kuchaytirgichlar uchun:
    chiquvchi parametrlar – o‘rta chastotalarda kirish qarshiligi, yoyilib ketish quvvati;
    ichki parametrlar – rezistorlar qarshiligi, kondensatorlar sig‘imi, tranzistorlar parametrlari;
    tashqi parametrlar – yuk sig‘imi va qarshiligi, ta’minlash manbalari kuchlanishlari.
    Optik pribor uchun:
    chiquvchi parametrlar – sferik abberatsiya, koma, asttimatizm, tizimning fokus masofasi;
    ichki parametrlar – linzalar sirtlarining radiuslari va ular orasidagi masofa;
    tashqi parametrlar – atrof-muhit harorati va sh.k.
    Chiquvchi, ichki va tashqi parametrlar sonini m, n, l orqali, bu parametrlarning vektorlarini esa mos ravishda Y=(y1, y2, ..., ym), H=(h1, h2, ..., hn), Q=(q1, q2, ..., ql) deb belgilaymiz. Tizimning xossalari ichki va tashqi parametrlarga bog‘liq, ya’ni
    Y = F (H, Q). (1.1)
    (1.1) bog‘lanishlar tizimi ob’yektning matematik modeliga misol bo‘ladi. Bunday MM mavjudligi X va Q vektorlarning ma’lum qiymatlari bo‘yicha chiquvchi parametrlarni osonlik bilan baholash imkonini beradi. Lekin (1.1) bog‘lanishning mavjudligi uning ishlab chiquvchiga ma’lumligini va V vektorga nisbatan xuddi shunday ochiq ko‘rinishda taqdim qilinishi mumkinligini bildirmaydi. Odatda, (1.1) ko‘rinishdagi matematik modelni faqat juda sodda ob’yektlar uchungina olish mumkin bo‘ladi. Loyihalanayotgan ob’yektdagi jarayonlarning matematik bayonining fazaviy o‘zgarishlar vektori V ishtirok etadigan tenglamalar tizimining modeli beriladigan holat tipik bo‘ladi:
    LV(Z)=(Z). (1.2)
    bu erda: L – qandaydir operator,
    Z – mustaqil o‘zgaruvchilar vektori; umumiy vektori; umumiy holda vaqt va fazaviy koordinatalarni o‘z ichiga oladi;
    (Z) – mustaqil o‘zgaruvchilarning berilgan funktsiyasi.
    Fazoviy o‘zgaruvchilar ob’yektning fizikaviy yoki informatsion holatini tavsiflaydi, ularning vaqtda o‘zgarishi esa ob’yektdagi o‘zgaruvchi jarayonlarni ifodalaydi.
    Fazoviy o‘zgaruvchilarga misollar. Fazoviy o‘zgaruvchilarga mexanik tizimlar bayonlaridagi kuchlar va tezliklar, gidravlik va pnevmatik tizimlar bayonlaridagi bosimlar va ishchi jism sarflari va h.k. kiradi.
    Loyihalanayotgan ob’yektlar modellari parametrlarining xususiyatlari:
    1. k-ierarxik daraja modellaridagi ichki parametrlar (elementlarning parametrlari) pastroq (k+1)-ierarxik daraja modellarida chiquvchi parametr bo‘ladi. Masalan, elektron kuchaytirgich uchun yuqori ko‘rilgan misolda tranzistor parametrlari kuchaytirgichni loyihalashda ichki, tranzistorning o‘zini loyihalashda esa chiquvchi parametr bo‘ladi.
    2. Nimtizimlar birining modelida (bayonlar aspektining birida) ishtirok etayotgan chiquvchi parametrlar yoki fazoviy o‘zgaruvchilar boshqa nimtizimlar (boshqa aspektlar) bayonlarida ko‘pincha tashqi parametrlar bo‘ladi. Masalan, elektron priborlari korpuslarining maksimal harorati kuchaytirgichning elektr modellarida tashqi parametrlarga, o‘sha ob’yektning issiqlik modellarida esa chiquvchi parametrlarga kiradi.
    3. Ob’yekt chiquvchi parametrlarining ko‘p qismi V(Z) bog‘lanishlarning funktsionallari hisoblanadi, ya’ni ularni aniqlash uchun berilgan X va Q larda (1.2) tenglamalar tizimini yechish lozim va olingan natijalar bo‘yicha Y ni hisoblash zarur. Yoyilib ketish quvvati, tebranish amplitudasi, signal tarqalishi tutilishining davomiyligi va sh.k.lar chiquvchi parametrlar-funktsionallarga misol bo‘ladi.
    TT larda chiquvchi parametrlarga mos keladigan ishchanlik qobiliyatiga misollar:
    (1.3) ko‘rinishda – elektron qurilmada yoyilib ketish quvvati, truboprovodda bosim yo‘qolishi, dvigatelda yonilg‘i sarfi;
    (1.4) ko‘rinishda – FIK, dvigatel quvvati, kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti;
    (1.5) ko‘rinishda – optik tizimning fokus masofasi, tanlash xususiyatiga asoslangan kuchaytirgichning rezonans chastotasi.

    Download 12,65 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyihalanayotgan ob’yektlar parametrlariga misollar

    Download 12,65 Mb.