• Texnikaviy ob’yektlarni loyihalash marshrutlariga misollar.
  • ALTda loyihalash rejimlari.
  • Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali




    Download 12,65 Mb.
    bet23/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    f41 = f21f32f43
    Ob’yektlar sinteziga misollar. Ob’yektni sintez qilishda uning strukturasining f21 variantlari ko‘rilmoqda, strukturaning har bir varianti f32 optimallash qadamlarining bajarilishi bilan optimallashmoqda, optimallashning har bir qadami esa – analizning f43 variantlarini talab qiluvchi ob’yektni baholashdadir; f41 = f21=f32=f43=40 bo‘lsin. U holda f41=6,4·104 analiz variantlari – ob’yekt matematik modeli tenglamalarining yechimi talab qilinadi. Agar tenglamalar tizimining tartibi yetarli darajada yuqori bo‘lsa zamonaviy EHMlarning kuchi bunday masalani yechishga yetmasligi mumkin.
    Texnikaviy ob’yektlarni loyihalash marshrutlariga misollar.

    Ob’yektni loyihalash marshruti – bosqichlar va (yoki) ushbu ob’yektni loyihalashda foydalaniladigan loyihaviy protseduralar ketma-ketligidir. Ma’lum klassga taalluqli ko‘p ob’yektlarni loyihalashda qo‘llaniladigan marshrut –namunaviy marshrut deyiladi.


     Loyihalash namunaviy marshrutlariga misollar.

    Nooriginal detallar uchun texnologik rejalashtirish original detallar uchun texnologik rejalashtirishdan farq qiladi. Nooriginal detallar uchun texnologik jarayon ko‘rilayotgan detallar klassi uchun oldin yaratilgan namunaviy umumlashgan teqnologik jarayonni konkretlashtirish va moslashtirish yo‘li bilan loyihalanadi. Original detallar uchun texnologik jarayonning pasayuvchi loyihalashi bajariladi; u loyihalashning printsipial sxema, marshrut va operatsion texnologiya, uskuna va asboblarni loyihalash va sonli – dasturaviy boshqariladigan dastgohlar uchun boshqaruvchi sintez qilish bosqichlaridan tarkib topadi.


    ALTda loyihalash rejimlari. Qandaydir marshrutni bajarishda inson ishtiroki va EHMdan foydalanishning tavsifi va ishtirok etish darajasi bo‘yicha loyihalashning bir qancha rejimlarini farqlashadi.
    Avtomatik rejim yechimga inson aralashmasidan EHMda formal algoritmlar bo‘yicha loyihalash bajarilganda qo‘llanadi.
    Qo‘l (avtomatlashtirilmagan) rejim marshrut EHM yordamisiz bajarilishi bilan tavsiflanadi.
    Avtomatlashtirilgan loyihalash agar marshrutdagi loyihaviy protseduralarning bir qismini inson qo‘lda, qolgan qismini esa EHMdan foydalanib bajarsa, bunday loyihalash qisman avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Bunday rejim loyihalash past darajada avtomatlashtirilganini aks ettiradi.
    Dialogli (interaktiv) rejim ancha takomillashgan rejim bo‘lib, unda marshrutdagi hamma protseduralar EHM yordamida bajariladi, inson ishtiroki esa loyihaviy protseduralar yoki operatsiyalar natijalarini operativ baholashda, davom ettirish yo‘llarini tanlashda va loyihalash borishini korrektirovka qilishda namoyon bo‘ladi. Agar dialog initsiatori inson bo’lsa, unga EHMdagi avtomatik hisoblarni istalgan paytda uzish imkoni berilgan bo‘lsa, bunday dialog aktiv deyiladi. Agar hisoblashni uzish EHMda bajarilayotgan, oldindan nazarda tutilgan ma’lum momentlarda dastur buyruqlari bo‘yicha amalga oshirilsa, ya’ni loyihalovchi dialog initsiatori bo‘la olmasa, u holda dialog passiv deyiladi.
    ALT rivoji, xususan, loyihalashning avtomatlashtirilishi darajasining ortishi yo‘nalishida bormoqda. Lekin ALT bilan dialog rejimida ishlashda zarurat solmoqda, chunki murakkab tizimlarni loyihalash jarayonini to‘lig‘icha formallashtirib bo‘lmayapti va ba’zi hollarda inson ishtiroki qaror qabul qilishni tezlashtirish imkonini bermoqda.

    Download 12,65 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali

    Download 12,65 Mb.