• Loyihalovchi nimtizimlar.
  • Xizmat ko‘rsatuvchi nimtizimlar.
  • ALT tarkibi va strukturasi




    Download 12,65 Mb.
    bet4/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    ALT tarkibi va strukturasi
    Nimtizimlar ALTning tarkibiy strukturaviy qismi bo‘lib, loyihalovchi tashkilotning tashkiliy strukturasi bilan chambarchas bog‘lanadi; ularda ixtisoslashgan vositalar kompleksi yordamida ALTning funktsional tugal masalalar ketma-ketligi yechiladi.
    Vazifasi bo‘yicha nimtizimlarni loyihalovchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga ajratishadi.
    Loyihalovchi nimtizimlar. Ular ob’yektga yo‘nalgan bo‘ladi va loyihalashning ma’lum bosqichini yoki o‘zaro bevosita bog‘langan loyihalash masalalarining bir guruhini amalga oshiradi.
    * Loyihalovchi nimtizimlarga misollar: buyumlarni eskiz loyihalash, korpus detallarini loyihalash, mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash.
    Xizmat ko‘rsatuvchi nimtizimlar. Bunday nimtizimlar umumiy tizimga ishlatiladi va loyihalovchi nimtizimlar o‘z funktsiyalarini bajarishda ularni qo‘llab-quvvatlashni hamda ularda olingan natijalarni shakllantirish, uzatish va chiqarishni ta’minlaydi.
    * Xizmat ko‘rsatuvchi nimtizimlarga misollar: avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki, hujjatlashtirish nimtizimlari, grafik kiritish-chiqarish nimtizimi.
    ALTning tizimiy birligi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan modullarning mavjudligi hamda o‘zaro bog‘lanishni amalga oshiruvchi interfeyslar tizimi kompleksi bilan ta’minlanadi; modullar loyihalanadigan ob’yektni butunligicha belgilaydi. Loyihalovchi nimtizimlar ichidagi tizimiy birlik ushbu nimtizimda loyihaviy yechimi olinishi kerak bo‘lgan ob’yekt qismining yagona informatsion modeli mavjudligi bilan ta’minlanadi.
    Amaliy masalalarda loyihalanadigan ob’yekt modellarini shakllantirish va ulardan foydalanish avtomatlashtirilgan loyihalash tizim (yoki nimtizim)lari vositalari kompleksi (ALTVK) bilan amalga oshiriladi.
    ALTVK tizimining strukturaviy qismlari bo‘lib turli vositalar komplekslari hamda tashkiliy ta’minlash komponentlari xizmat qiladi. Vositalar kompleksi – ALTning mos loyihalovchi va (yoki) xizmat ko‘rsatuvchi nimtizimlaridan foydalaniladigan, tirajlash uchun mo‘ljallangan va ma’lum klass (tur, rukum) ob’yektlarini loyihalashga yo‘nalgan va (yoki) unifikatsiyalashgan protseduralarni bajarishga mo‘ljallangan komponentlar va (yoki) vositalar kompleksi majmuidir.
    Vositalar kompleksi tayyorlanadigan, tirajlanadigan va ALT tarkibida qo‘llaniladigan sanoat buyumlariga kiradi va spetsifikatsiyalanadigan buyumlar kabi hujjatlantiriladi.
    ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari (1.1-rasm). Vositalar kompleksini ikki turga: bir turdagi ta’minlash vositalari kompleksiga (texnikaviy, dasturaviy, informatsion) va kombinatsiyalashgan vositalar kompleksiga ajratishadi.
    Bir turdagi ta’minot vositalari komplekslari bir turdagi ta’minlash komplekslaridan va (yoki) komponentlaridan tarkib topadi; kombinatsiyalashgan vositalar komplekslari esa – har xil turdagi ta’minlash komplekslari va komponentlari majmuidan tashkil bo‘ladi. Vazifasi ishlab-chiqarish-texnikaviy bo‘lgan mahsulotlarga taalluqli kombinatsiyalashgan ALTVKlar ikki turga bo‘linadi:
    − dasturaviy-metodik kompleks (DMK);
    − dasturaviy-texnikaviy kompleks (DTK).
    Dasturaviy metodik kompleks loyihalash ob’yekti (ob’yektning bir yoki bir necha qismi yoki bir butun ob’yekt) bo‘yicha tugal loyiha yechimini olish yoki unifikatsiyalashgan protseduralarni bajarish uchun zarur bo‘lgan dasturaviy, informatsion va metodik ta’minotlar (matematik va lingvistik ta’minotlar komponentlari bilan birga) komponentlarining o‘zaro bog‘langan majmuidan iborat.






    Download 12,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




    Download 12,65 Mb.